|
ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi
|
bet | 4/4 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 241,5 Kb. | | #150423 |
Bog'liq Ma’lumotlarni berilgan shablon bo’yicha izlash va qayta ishlashma’lumotlar omborini boshqarish tizimi deb ataladi. Ma’lumotlar omborida axborotlar asosan matn va raqam ko‘rinishida saqlanadi.
Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi vazifasiga ma’lumotlar omborini boshqarishning quyidagi xususiyatlari kirishi mumkin:
Ma’lumotlar omboriga kirish: faydalanuvchining talabiga javoban axborot turidan qat’I nazar unga qulay ko‘rinishda javob berish.
Ma’lumotlarni modifikatsiyalash: berilgan axborotni foydalanuvchi talabiga mos holda (texnik imkoniyatlari hisobga olingan holda) o‘zgartirish.
Ishonchlilik darajasi: qurilmalar tasodifan to‘xtatilganda ma’lumotlar omborining qayta tiklanish qobiliyati.
Ma’lumotlarni himoyalash: ma’lumotlar omboridan ruxsatsiz (sanksiyasiz) foydalanishning cheklanganligi.
Ma’lumotlar omboridan tarmoqda foydalanish: ma’lumotlardan bir vaqtda bir necha kishining bir-biriga xalaqit bermasdan foydalanishi.
Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi o‘zining ma’lum ko‘rinishidagi ichki tuzilishiga, amalgam oshiruvchi amaliy dasturlarga ega bo‘lishi kerak. Bunday dasturlar ikki turga: integrallashgan (umumlashtirilgan) va paketli dasturlarga ajratiladi.
Integrallashgan dasturlar avtomatlashgan ishchi joylari yaratishning asosini tashkil etadi. Bunday tizimlar quyidagilarni amalgam oshirishni ta’minlaydi:
muammoli yo‘naltirilgan axborotlarni kiritishning qulayligi;
oldin kiritigan axborotlardan foydalanishning yengilligi;
mmmurakkab strukturali hujjatlarni qayta ishlash va shakllantirish;
shaxsiy kartotekalar, ishchi kalendarlar, yozuv daftarlari va boshqa vositalarni yaratishning mumkinligi.
Hozirgi kunda integrallashgan dasturlarga nisbatan paketli dasturlar ko‘proq foydalaniladi.
Keng tarqalgan paketli dasturlarga matnli axborotlarni qayta ishlash (Word), “Elektron jadvallar” va ma’lumotlar omborini qayta ishlash tizimlari misol bo‘ladi. Keng tarqalganligi bo‘yicha “Ishchi grafiklar” tizimi va kommunikatsiya tizimlari keyingi o‘rinda turadi.
|
| |