|
Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari
|
bet | 1/11 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 55,58 Kb. | | #110713 |
Bog'liq Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari-fayllar.org
Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari
“Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari” mavzusini o‘qitishda Case texnologiyasidan foydalanish
Mundarija:
Kirish…………………………………………………………..…………………..3
Asosiy qism
I Bob Ma’lumotlar ombori va ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi(MOBT) tushunchalari o’rtasidagi farq
1.1 Ma'lumotlar ombori va Ma'lumotlar omborini boshqarish tizimi(MOBT)…………………………………………………………..…………11
1.2 Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari………………………………….20
2.1 Keys texnologiyalarini ishlab chiqish. Sase-study metodining g’oyalari........25
“Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari” mavzusini o‘qitishda Case texnologiyasidan foydalanish……………………………………………………..29
Xulosa…………………………………………………………………………….30
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………31
Kirish
Kurs ishining dolzarbligi: O'zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturida, uning amalga oshirilayotgan uchinchi bosqichida har tomonlama barkamol mutaxassislarni tayyorlashga aloxida e'tibor berilgan. Bozor iqtisodiy sharoitida kadrlarni mustaqil ijodiy fikrlash qobilyatini rivojlantirish ta'limning asosiy sifat ko'rsatkichlaridan biri bo'lib hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov takidlaganlaridek: “Agar bolalar fikrlashga o'rganmasa, ta'lim samarasi past bo'lishi muqarrar. Albatta bilim ham kerak. Ammo bilim o'z yo'liga, mustaqil fikrlash ham katta boylikdir”. Talabalarni ana shu boylikning egasi qilib tayyorlash ta'lim tizimining asosiy vazifasini tashkil qiladi. Chunki, bozor iqtisodiyoti sharoitida mustaqil - ijodiy fikrlash qobilyatiga ega bo'lgan shaxsgina o'ziga ham, jamiyatga ham foydali bo'ladi-o'z muammolarini o'zi hal qilish qobilyatiga ega bo'ladi. Pedagogika talabalar guruhi bilan ishlashda yuqori natijaga erishish yo'llarini doimo izlab kelgan va o'z vosita, usul va shakllarini hamma vaqt takomillashtirib kelgan. Ko'zlangan maqsadga erishish imkoniyatini beruvchi, qandaydir usul yoki usullar majmuasini topish ilinjida bo'ldi. Buning natijasida turli uslubiyotlar paydo bo'ldi. Pedagogik tajriba to'planishi bilan yangi, samaraliroq uslubiyotlar yaratila bordi. Ammo, yangi uslubiyotlarni yaratish borasidagi amaliy ishlar natijasi, o'sib borayotgan talablarga hamma vaqt ham javob bermas edi. O'qitishdagi doimiylik, rejalashtirilgan natijalarga erishish kafolati kabi muammolar o'z yechimini kutar edi.
|
| |