• Pedagogik qobiliyat
  • O’qituvchining innovatsion faoliyati reja




    Download 28,52 Kb.
    bet1/12
    Sana24.01.2024
    Hajmi28,52 Kb.
    #144529
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    113050 Маъруза № 3 (O’QITUVCHINING INNOVATSION FAOLIYATI)


    O’QITUVCHINING INNOVATSION FAOLIYATI


    REJA:
    1. Kadrlar tayyorlash milliy Dasturida o‘qituvchi shaxsiga qo‘yilayotgan zamonaviy talablar.
    2. Pedagogik faoliyat va uning tarkibiy tuzilmasi.
    3. O‘qituvchining pedagogik qobiliyatlari.
    4. O‘qituvchining kasbiy imidji.
    5. O’qituvchi innovatsion faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari.
    6. O’qituvchining innovatsion faoliyatini shakllantirish shartlari.
    7. Хulosa.
    8. Foydalanilgan adabiyotlar

    Maktab o‘qituvchisining samarali faoliyati uning chuqur va rang-barang kasbiy bilimlari, dars berish metodikasini egallanganligi, o‘z mehnatining psixologik asoslarini hisobga olishi bilan bog‘langan. Bu vazifalarning hal qilinishida pedagog shaxsiga muhim ahamiyat beriladi.


    O‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan talablar: jamiyat rivojlanishining siyosiy, sotsial va iqtisodiy yo‘nalishlarini to‘g‘ri baholay olishi; muayyan taraqqiyot davrida jamiyat uchun zarur bo‘lgan bo‘lg‘usi mutaxassisni shakllantirish standartlarini egallagan bo‘lishi; pedagogik faoliyatni sevishi; o‘z sohasi bo‘yicha maxsus bilimlarga ega bo‘lishi; zakovatli bo‘lishi; pedagogik tuyg‘u; yuksak etuklik; umumiy madaniyat va axloqning yuksak darajasi; pedagogik texnologiyalarni mahorat bilan egallagan bo‘lishi.
    Pedagog shaxsiga qo‘yiladigan qo‘shimcha talablar: kirishib keta olish, san’atkorlik, quvnoqlik, yaxshi did va boshqalar.
    Yuqorida sanab o‘tilganlar, pedagog shaxsiga xos bo‘lgan tug‘ma xislatlar emas, balki ular pedagogning o‘z ustida muntazam va betinim mehnati, ulkan xizmatlari natijasida yuzaga keltiriladi.


    Pedagogik qobiliyat
    O‘qituvchining kasbiy faoliyati favqulodda umumiy va xususiy qobiliyatlarni talab qiladi.
    Kasbiy-pedagogik faoliyatning muvaffaqiyati xususiy pedagogik qobiliyatlarga bog‘liq bo‘ladi. Pedagogik qobiliyatlarning quyidagi guruhlari farqlanadi: ob’ektga (talabaga) nisbatan sezgirlik; kommunikativlik – insonlarga yuz tutish, xayrixohlik, muomalalik; perseptiv qobiliyatlar – kasbiy etuklik, empatiya, pedagogik tuyg‘u; shaxs dinamikasi – irodaga ta’sir eta olish va mantiqiy ishontira olish qobiliyati; hissiy barqarorlik - o‘zini boshqara olish; kreativlik – ijodiy ish qobiliyati. Pedagogning xususiy qobiliyatlariga bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallash faoliyati va shaxsni tarbiyalash qobiliyati ham tegishlidir.

    Download 28,52 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 28,52 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’qituvchining innovatsion faoliyati reja

    Download 28,52 Kb.