• O‘qituvchi faoliyati turlari.
  • Nazariy faoliyat
  • Konstruktivlik komponenti
  • Kishining o‘z-o‘zini bilishi




    Download 28,52 Kb.
    bet3/12
    Sana24.01.2024
    Hajmi28,52 Kb.
    #144529
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    113050 Маъруза № 3 (O’QITUVCHINING INNOVATSION FAOLIYATI)

    2. Kishining o‘z-o‘zini bilishi. U o‘z bilimlarini, qobiliyatlarini o‘z xarakteri va o‘z shaxsining boshqa qirralarini hamda tashqaridan va uning atrofidagi kishilar unga nisbatan qanday baho berishi lozim bo‘lsa, shunday baho berishni ko‘zda tutadi.
    3. Muloqot vaziyatini to‘g‘ri baholay olish. Bu vaziyatni kuzatish, uning ko‘proq axborot beradigan belgilarini tanlash va unga diqqatni jalb qilish; yuzaga kelgan vaziyatning sotsial va psixologik mundarijasini to‘g‘ri idrok etish va baholash qobiliyatidir.
    O‘qituvchi faoliyati turlari. Oliy maktab o‘qituvchisining kasbiy faoliyati turli yo‘nalishlarda bo‘ladi. Ulardan eng muhimlari tubandagilar:
    O‘quv pedagogik faoliyat. Bu faoliyat jamiyat talablariga mos ravishda oliy maktabda o‘quv jarayonini tashkil etishga yo‘naltiriladi. Oliy maktabdagi o‘quv jarayoni uchun o‘quv va ilmiy-tadqiqot ishlarining uzviy bog‘liqligi, talabalar faolligi va mustaqil ishlari ijodiy potensial bo‘lgan shaxs ahamiyatini oshirish xarakterlidir.
    Oliy maktabdagi pedagogik faoliyatda nazariy va amaliy faoliyat qo‘shib olib boriladi.
    Nazariy faoliyat yangi qonuniyatlarni ochish bilan bog‘lanadi.
    Amaliy faoliyat muayyan vaziyatlarni yangilashga va pedagogik vazifalar tizimini hal qilishga yo‘nalgan bo‘ladi.
    O‘qituvchi konkret fanni boshqa o‘quv fanlari bilan o‘zaro bog‘lagan holda uning o‘qitilish maqsad va vazifalarini belgilaydi, talabaning o‘quv-bilish faoliyatini jonlantirishni ta’minlaydigan o‘qitishning mazmuni, zamonaviy shakl va metodlarini o‘ylab topadi.
    O‘qituvchi o‘quv-pedagogik faoliyatining o‘ziga xosligi uning ilmiy-tadqiqot ishlarida faol ishtirok etishidir.
    Oliy maktab o‘qituvchisining pedagogik faoliyati tavsifida olimlar, odatda, N.V.Kuzmina va Z.F. Esarova tadqiqotlariga tayanadilar. Ular quyidagi komponentlarni farqlaydilar: konstruktivlik; tashkilotchilik; ilmiy bilish; kommunikativlik.
    Konstruktivlik komponenti ilmiy-tadqiqot, o‘quv-tarbiya ishlarida loyihalash yoki o‘z konstruksiyalash malakalarida ko‘rinadi.

    Download 28,52 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 28,52 Kb.