|
O’qituvchining innovatsion faoliyati reja
|
bet | 7/12 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 28,52 Kb. | | #144529 |
Bog'liq 113050 Маъруза № 3 (O’QITUVCHINING INNOVATSION FAOLIYATI)Tayanch yo’nalishlar - ta’lim, fan va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvi, ularning o’zaro aloqalarida yangi tamoyillarga o’tish. Shunday qilib, innovatsion faoliyat omillari nazariyasi tahlili uning eng muhim yo’nalishi gumanistik aksiologiya ekan degan xulosaga olib keladi. Innovatsion faoliyatga aksiologik yondashuv insonning o’zini yangilik yaratish jarayoniga baxshida qilishi, uning tomonidan yaratilgan pedagogik qadriyatlar jamini anglatadi. Aksiologiya insonga oliy qadriyat va ijtimoiy taraqqiyotning birdan-bir maqsadi sifatida qaraydi.
O’QITUVCHINING INNOVATSION FAOLIYATI TUZILMASI
O’qituvchining innovatsion faoliyatiga yaratuvchilik jarayoni va ijodiy faoliyat natijasi sifatida qaraladi. V.A. Slastenin o’qituvchining innovatsion faoliyatini tuzishda unga akmeologik jihatdan yondashadi.
Akmeologiya (akme) - yunoncha oliy nuqta, o’tkir, gullagan, yetuk, eng yaxshi davr degan ma’nolarni bildiradi. B.G. Anan’ev, N.V. Kuz’mina, A.A. Derkach va boshqalar kasbiy faoliyatning samarasini oshirish bilan yo’g’rilgan inson hayotining eng ijodiy davrlari, yetuklik bosqichlari to’g’risida fikr yuritadilar. Ular yetuk insonlarning professionalizmi, shaxs rivojlanishining gullagan davridagi psixik qonuniyatlari, professionalizmga yetishdagi balandliklardan o’ta olish masalalari bilan shug’ullanganlar. V.A. Slastenin akmeologiyaning yuksak professiona-lizmga, mutaxassisning uzoq ijodiy umr ko’rishiga olib keladigan sub’ektiv va ob’ektiv omillarini asoslab berdi. Ob’ektiv omillarga olingan ta’limning sifatini, sub’ektiv omillari esa insonning iste’dodi va qobiliyatini, ishlab chiqarish vazifalarini samarali hal qila olishidagi mas’uliyati, mutaxassislarga yondashuvini kiritadi.
Yuksak professionalizmga erishishning omillari sifatida quyidagilar ko’rsatiladi:
iste’dod nishonalari;
uquvlilik;
qobiliyat;
iste’dod;
oila tarbiyasi sharoiti;
o’quv yurti;
o’z xatti-harakati.
Akmeologiya ilmiy nuqtai nazardan professionalizm va ijod munosabatida olib qaraladi. Bunda quyidagi kategoriyalar farqlanadi:
ijodiy individuallik;
o’zining o’sish va takomillashish jarayoni;
o’z imkoniyatlarini amalga oshirish sifatidagi kreativ tajribasi.
|
| |