Siyosiy-huquqiy sohadagi (10 ta) ustuvor halqaro reytinglar va ularga O’zbekistonning integratsiyalashuvi. Reja




Download 1.09 Mb.
bet1/2
Sana28.03.2023
Hajmi1.09 Mb.
#47194
  1   2
Bog'liq
Siyosiy-huquqiy sohadagi (10 ta) ustuvor halqaro reytinglar va u
366-Article Text-842-1-10-2022.11.17, 15-MAVZU TOPSHIRIQ-PPHYS26MBK-(10-bet) (2), Nazirov Sh.A. Kompyuter grafikasi va dizayn, Типы устройство и принцип работы локомотива 3, 99 Buyruq 28.08.2023 (4), KARIMOVA SHOIRAXON uslubiy qo\'llanma, 14-maruza, Mavzu.turkiston assr da boshqaruv tizimi.docx 1230, Elektr yuritma asoslari labaratoriya, Chiqindilar muammosi-fayllar.org, ATOVA ZUXRA SABIROVA, ABDUMAJIDOV ELYOR BAXTIYOR O’G’LI, Raximova Roxat Boy soatovna (1), Tort haqida malumotlar

Siyosiy-huquqiy sohadagi (10 ta) ustuvor halqaro reytinglar va ularga O’zbekistonning integratsiyalashuvi.


Reja:



  1. Siyosiy huquqiy sohadagi ustuvor xalqaro reytinglar.

  2. O'zbekistonning integratsiyalashuvi.

  3. Siyosiy huquqiy sohadagi ustuvor xalqaro reytinglar va ularga O'zbekistonning integratsiyalashuvi.

O`tgan yilning 12 iyun kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi T.Narbaeva rahbarligida Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo’yicha Respublika Kengashining ilk yig’ilishi videokonferentsaloqa shaklida bo’lib o’tdi.


Yig’ilishda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o’rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to’g’risida”gi Farmoni ijrosini tashkil qilish bilan bog’liq masalalar muhokama qilindi.
Ustuvor xalqaro reyting va indekslar, mamlakat hayotida o’ziga xos “kompas” vazifasini bajarib, shunga qarab amalga oshirilayotgan islohotlarning sifati va samaradorligini aniqlash, kelgusi qadamlarini prognozlashtirish imkoniyatini berishi ta’kidlandi.
Shu munosabat bilan hozirda xalqaro reytinglar va indekslarda O’zbekiston Respublikasining o’rnini mustahkamlash masalasiga davlat darajasida e’tibor qaratilib, bu borada huquqiy va institutsional asoslar shakllantirilmoqda.

Jumladan, so’nggi 3 yilda mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-xuquqiy sohalarga oid xalqaro reyting va indekslardagi mavqeini oshirish bo’yicha Davlatimiz rahbarining 13 ta farmon va qarori qabul qilingan.
O’zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o’rnini yaxshilash bo’yicha 7 ta chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanib, mutasaddi vazirlik va idoralar, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan birgalikda xalqaro reytinglarni hisoblash metodologiyalarining tahlili, ularda O’zbekistonga berilayotgan baholarga sabab bo’layotgan omillar o’rganib borilmoqda.
Xalqaro reyting va indekslarni yurituvchi xalqaro va xorijiy tashkilotlarning aksariyati bilan hamkorlik aloqalari o’rnatildi.
Yig’ilish davomida Kengash ishchi organlari tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy-huquqiy sohadagi reytinglar va indekslar bo’yicha amalga oshirilgan ishlari, mavjud muammolar, O’zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi o’rnini oshirishga to’sqinlik qilayotgan masalalar va kelgusida ijobiy natijalarga erishish bo’yicha takliflar to’g’risidagi axborotlari tinglandi. Mamlakatimizning xalqaro reytinglardagi joriy o’rni batafsil tahlildan o’tkazildi.

Shu bilan birga, Farmon bilan tegishli reyting va indekslarda samaradorlikning eng muhim ko’rsatkichlari (KPI)ga erishish uchun mas’ul etib belgilangan vazirlik va idoralarning faoliyati tanqidiy ko’rib chiqildi hamda kelgusi vazifalar belgilab olindi.


Xalqaro reytinglar va indekslarda O’zbekistonning o’rnini yaxshilash yo’nalishida mahalliy davlat hokimiyati organlarining oldida turgan dolzarb masalalar ko’rib chiqildi hamda ustuvor yo’nalishlar ko’rsatib o’tildi.
Yig’ilish yakuni bo’yicha mamlakatimizning ilmiy tadqiqot muassasalarining xalqaro reytinglar va indekslarda baholanadigan sohalarda mavjud muammolarni o’rganish, ularni bartaraf etish bo’yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish borasidagi rolini oshirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.



Download 1.09 Mb.
  1   2




Download 1.09 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Siyosiy-huquqiy sohadagi (10 ta) ustuvor halqaro reytinglar va ularga O’zbekistonning integratsiyalashuvi. Reja

Download 1.09 Mb.