• Reproduktiv.
  • Local-modellashtirish.
  • Tizimli-modellashtirilgan faoliyat.
  • Ilmiy-bilish faoliyati.
  • O’qituvchining innovatsion faoliyati reja




    Download 28,52 Kb.
    bet4/12
    Sana24.01.2024
    Hajmi28,52 Kb.
    #144529
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    113050 Маъруза № 3 (O’QITUVCHINING INNOVATSION FAOLIYATI)

    Loyihalash malakasi – bu ilmiy izlanishni yoki o‘quv-tarbiya jarayonini modellashtirishning intellektual malakalaridir. o‘qituvchining loyihalash malakasi Z.F.Esarova tomonidan tadqiq etilgan.
    Oliy maktab o‘qituvchisi faoliyatini tavsiflash va baholash uchun quyidagi sathlardan foydalaniladi.
    Reproduktiv. Bunda o‘qituvchi faqat o‘zining axborotlarini loyihalashtiradi, lekin auditoriyadagi talabalarning saviyalarini hisobga olmaydi;
    Moslashuvchan. Bu sathda o‘qituvchi o‘quv axborotlarini auditoriyadagi talabalarning saviyalariga mos qilib modellashtiradi;
    Local-modellashtirish. Bu sathda o‘qituvchi axborotlarni bayon qilibgina qolmaydi, balki ayrim masalalar bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmalar tizimini modellashtira olishi lozim;
    Tizimli-modellashtirilgan bilim. Bu sathda konkret fanni o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan o‘z faoliyati va talabalar faoliyati tizimini modellashtiradi;
    Tizimli-modellashtirilgan faoliyat. Bu sathda o‘qituvchi talabalar bilan birga barcha o‘quv-tarbiya ishlari tizimini modellashtira oladi.
    Tashkilotchilik faoliyati. Bunday faoliyat ilmiy izlanish va o‘quv-tarbiya jarayonini aniq rejalashtirish va tashkil etish malakasida ko‘rinadi. Bu o‘qituvchi, talaba va boshqa olimlarning o‘zaro aloqador faoliyatidir. Tashkilotchilik faoliyati o‘zini, o‘zining vaqtini; talabalarning individual, guruh, kollektiv ishini; birgalikdagi tadqiqotlarini amalga oshirish uchun kadrlarni tanlab olish va ularning vazifalarini belgilab berishni tashkil etish malakasida namoyon bo‘ladi.
    Tashkilotchilik faoliyatining asosiy vazifasi shu faoliyat ishtirokchilarining xatti-harakatlarini integratsiyalashdir.
    Ilmiy-bilish faoliyati. Bu faoliyat atrof-olamni va o‘zini chuqur va har tomonlama bilish malakasida ko‘rinadi.
    o‘qituvchi o‘z tadqiqotlari, talabalar va aspirantlarning ilmiy faoliyati jarayoni va natijalarini tahlil qiladi.
    Kommunikativlik faoliyati. Bu faoliyat safdoshlari va talabalar bilan maqbul o‘zaro aloqalarni belgilash malakasini ko‘zda tutadi.
    Kommunikativlik faoliyati asosida o‘qituvchining o‘z-o‘zini boshqarish qobiliyati yotadi. Tadqiqotchilar pedagogik vazifani pedagogik jarayonning asosiy birligini namoyon etadigan o‘ziga xos tizim sifatida izohlaydilar. V.A.Slastenin pedagogik vazifa deganda, bilish, voqelikni yangilash (o‘zgartirish) maqsadi bo‘lgan o‘ylangan pedagogik vaziyatni tushunadi.

    Download 28,52 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 28,52 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’qituvchining innovatsion faoliyati reja

    Download 28,52 Kb.