|
Keys bilan ishlash texnologiyasi
|
bet | 9/11 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 55,58 Kb. | | #110713 |
Bog'liq Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari-fayllar.orgKeys bilan ishlash texnologiyasi.
O’quv jarayonida keys bilan ishlash texnologiyasi:
Keys materiallari bilan talabalarning individual mustaqil ishi (muammoni identifikatsiyalash; muhim muqobil, taklif yoki tavsiya etiladigan amallarni ta'riflash).
Kichik guruhlarda muhim muammoni va uni hal qilishni moslashtirish bo'yicha ishlash.
Umumiy munozarada kichik guruhlar natijalarini taqdimot va ekspertiza qilish (o’quv guruhi doirasida).
Yaxshi keys quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Aniq qo’yilgan yaratish maqsadiga mos kelishi.
Mos ravishda murakkablik darajasiga ega bo'lishi.
U bilan ishlash vaqtiga dolzarb bo'lishi.
Juda tez eskirishi kerak emas.
Analitik fikrlashni rivojlantirish.
Tipik vaziyatlarni tasvirlash.
Munozarani keltirib chiqarish.
Bir necha qarorlarga ega bo'lish.
Muxandis pedagog har kuni o'z oldiga yoshlarni tarbiyalash, o’qitish yoki ta'lim berish maqsadlarini qo'yadi. Shuningdek, ta'lim printsiplariga amal qilgan holda, o'z faoliyati mazmunini, talaba talabalar faoliyatini shakllantiradi, buni amalga oshirish metod va vositalarini tanlaydi, uni talabalarga berish shakllarini takomillashtirishga intiladi. Pedagogik jarayonni yaratishga qaratilgan pedagogik faoliyatning eng umumiy va eng soddalashtirilgan algoritmi mana shundan iborat.
Bu ta'lim - tarbiya murakkab texnologiyasini yaratishga qarab qo’yilgan dastlabki bosqich hisoblanadi. Navbatdagi, nisbatan mas'uliyatli bosqich - boshqa bir komponentlarni yagona, bir butun va o'zaro mutanosib tizimga keltirishdan iboratdir. Buning uchun esa, o’qituvchi pedagogik loyihalash nazariyasini egallashi lozim bo'ladi.
2.2 “Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari” mavzusini o‘qitishda Case texnologiyasidan foydalanish
Pedagogik loyihalash mohiyati bo'lajak faoliyatining taxminiy variantlarini yaratish uchun uni oldindan ko'ra bilish, uning natijalarini ko'ra bilishdir. Bunda pedagogning asosiy e'tibori yaratilgan yangilik mexanizmi va u yoki bu harakat, jarayon va tizimlar davom ettirilishiga, qo’llanilishiga qaratilishi kerak.
Darhaqiqat, aslini olganda muxandis-pedagog nimani loyihalaydi? U loyihalash ob'ektlarini aniqlashdan ish boshlaydi. Bu ob'ektlarning biri haqida biz aytib o'tgan edik - bu pedagogik jarayondir.
Bu o'z navbatida undan kelib chiqadigan pedagogik vaziyatlarga bo'linadi. Bular uning tarkibiy qismlaridir. Ular jarayonning bir holatidan ikkinchi holatiga o'tishi bilan tavsiflanadi. Pedagogik jarayonning o'zi ancha murakkab qurilmaning, ya'ni pedagogik tizimning bir qismidir. «Mayda» vaziyatlar jarayon tarkibiga kiradi, jarayon esa tizimga kiradi. («Matryoshkalar»).
Masalan, biz ta'lim tizimida ishlaymiz yoki kasb-hunar ta'limi tizimida ishlaymiz. Har ikki holatda ham «tizim» atamasi umumiy belgilariga ega. Ularni ochishga harakat qilamiz.
Aytaylik, talabalarga kasb tanlashlariga yordam berish maqsadida maktab talabalari o'rtasida kasb tanlashga yo'llash ishlarini olib borish zarur.
Pedagog kasb tanlashga ta'sir etadigan barcha omillarni (oila, auditoriya, ommaviy axborot vositalari ma'lumotlari, ko'cha-mahalla, o'smirning psixologik imkoniyatlari, ayniqsa ishlab chiqarish korxonalari ehtiyoji va imkoniyatlarini) fikran to'play boshlaydi. Kasb tanlashga yo'llash (proforientatsiya) tizimida bu omillarning hammasi juda muhim.
Pedtizim kichik, o'rta, katta va super katta bo'ladi. Kichik tizimga talabalarni tarbiyalashning ayrim tizimlari kiradi. Masalan, kollejlarda ishlab chiqarish ta'limi tizimsi talabalarning darsdan tashqari faoliyatlari, kasb tanlashga yo'llash tizimi, huquqiy tarbiya, kasbga uyushma ishlari, ekologik tarbiya va boshqalardan tashkil topadi. O'rtacha kattalikdagi tizim asosan kollej pedagogik faoliyatidan iborat katta pedtizim tuman, shahar, viloyat miqyosidagi ta'lim tizimlaridan iborat. Bu, odatda, katta sotsial-pedagogik majmuadan iborat bo'lib, unga maktablar va o’quv yurtlaridan tashqari madaniyat muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari, maishiy va maishiy xizmat muassasalari, shuningdek, mazkur hududni boshqarish boshqarmalari ham kiradi.
Pedtizimning loyihalashtirishning ob'ekti bo'lishi - bu murakkab jarayon bo'lib, turli sifat ko'rsatkichlariga ega qismlardan iboratdir. Masalan, tizimga odamlar - pedagoglar, talabalar, moddiy texnika buyumlari - ta'limning texnika vositalari, elektron hisoblash mashinalari, ular bajaradigan funktsiyalar kiradi.
Supertizimga (o'ta katta tizim) hajmi va maqsadlari jihatidan katta hududlar, respublika miqyosida yaratilgan tizimlar kiradi.
Mazkur tizim bizning tarbiyalanuvchilarimiz va bizning o'zimizdan iboratdir. Har bir tizim o'zining belgilangan maqsadiga, o'z navbatida o'z qismlari to'plami majmuiga ega. Masalan, kasb-hunar ta'limi supertizim bo'lajak ishchilarni tayyorlash bilan bog’liq faoliyat mazmunini, uning tuzilishi, printsiplarini, pedagogik jarayonlarini, jarayon qatnashchilari bo'lgan talabalar, pedagoglar, ota-onalar, ishlab chiqarish hodisalarini, ularning huquq va burchlarini, pedagogik tizimni boshqarishni, moddiy texnika ta'minotini, o’quv-uslubiy, ilmiy, moliyaviy-xo'jalik va huquqiy-yuridik ta'minot majmuasini o'z ichiga oladi.
Loyihalash tizim komponentlarini bilish har qanday pedagogik tizim uchun juda zarurdir, garchi ularning to'la to'plami har doim ham ta'minlanavermasa ham pedagog faoliyati uchun muhimdir. Ta'lim sohasiga EHMning kirib kelishi o'z-o'zini takomillashtirish, o'z ustida ishlashni keskin yaxshilashga yordam berdi.
Pedagogik tizimlar - bu alohida xos hosiladir (jarayon mahsulidir). Ularning har biri o'zining faqat o'ziga xos belgilariga ega:
ular har doim o'z maqsadlariga ega: talabalar va pedagoglarni rivojlantirish, ularni muhitning noxush ta'sirlaridan himoya qilish;
ularning har biri tizim sifatida tashkil topadi va faoliyat ko'rsatish, tashqi ta'sir ostida o'zgara oladi, va hatto bu ta'sirni qabul qilib olgan taqdirda ham uni yumshatishga, zarur tomonga bura olishga, tekislay olishga, kuchaytira olishga layoqatlidir.
Muxandis pedagog qaysi aniq pedagogik tizimlar bilan ishlaydi. Amaliy jihatdan barcha turdagi tizimlar bilan. Darhaqiqat, respublika, hududiy, viloyat, shahar, tuman ta'lim tizimi nisbatan tor tizimlar - maktablar, kollejlar, oliy o’quv yurtlari faoliyatini belgilaydi, yo'naltiradi. Ular o'z navbatida talabalarning kasbiy tayyorligi tizimsiga, ularning estetik tarbiyasiga, ularning faoliyatiga ta'sir qiladi. Tizimlar doirasida pedagogik jarayonlar yaratiladi. O'z navbatida pedagogik tizim pedagogik jarayonlar yaratish uchun qulay sharoitlar yaratishni shakllantiradi. Shunday qilib, pedagogik jarayon pedagog uchun eng muhim loyihalash ob'ektidir.
Pedagogik jarayon talaba va o’qituvchi rivojlanishi va bevosita o'zaro munosabatda bo'lishini ta'minlaydigan barcha komponentlarni (omillarni) bir butun yagona, yaxlit bo'lib birlashuvidir.
Mamlakat yoki viloyat miqyosidagi ta'lim supertizimsida anjumanlar, konferentsiyalar, olimpiadalar, ko'rik-tanlovlar, «davra stollari», «pedagogik o’qishlar» o'tkaziladi, gazetalar va maxsus matbuot shakllari uyushtiriladi va hokazo. Kichik va o'rta pedagogik tizimlar yanada kattaroq pedagogik jarayonlar loyihalashtiriladi.
|
| |