• Butun toifa – int
  • Haqiqiy toifa
  • Belgili toifa
  • Ko‘rsatkichli toifa
  • Mavzu: malumotlarni oddiy sozlangan turlari




    Download 0.63 Mb.
    bet1/6
    Sana20.05.2023
    Hajmi0.63 Mb.
    #62447
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    xudo xoxlasa tushadi99%, 3-labarotoriya ishi Saralash usul va algoritmlarini tadqiq qilis, cmd buyruqlari, Incremental model nima, 1matematik, word sAM 1 savol, Документ Microsoft Word (4), Ma\'ruzalar (2), ЛАБОРАТОРНАЯ РАБОТА N1, Dasturlash 2, Ariza, Qalandarova Gulshoda, 1648631455, 1650692784, 1651669892 (2)

    1-laboratoriya ishi

    MAVZU: MALUMOTLARNI ODDIY SOZLANGAN TURLARI.


    Ishdan maqsad:Malumotlarni oddiy turlarini o`rganish va ularni tadqiq qilish.
    Nazariy va Amaliy misollar:
    Ma’lumotlarning ixtiyoriy toifasi qiymatlar sohasi va ular ustida bajarilishi mumkin bo‘lgan amallar orqali tavsiflanadi. void kalit so‘zi hech qanday toifaga ega emaslikni anglatadi. Bunday toifadagi funksiyalar hech qanday qiymatni qaytarmaydi. Lekin asosiy dastur tanasi, ya’ni main() funksiyasi void toifasiga ega bo‘lolmaydi, u int toifasida bo‘lishi kerak.

    Butun toifa – int
    Mazkur toifa butun sonlar to‘plamining qandaydir qism to‘plami bo‘lib, uning o‘lchami mashina, ya’ni kompyuter konfiguratsiyasiga bog‘liq ravishda o‘zgarib turadi. Mazkur toifaga kiruvchi sonlar ikkiga bo‘linadi: ishorali (signed) va ishorasiz (unsigned). Sonlarmi xotirada tasvirlashda eng chapdagi bit ishora uchun belgilanadi. Toifalarni signed (ishorali), unsigned (ishorasiz) kalit so‘zlari bilan modifikatsiyalash mumkin. Bunda ishorali toifa uchun ajratilgan joyning eng chap biti ishora uchun, qolgan bitlar qiymatlarni saqlash uchun ishlatiladi, ya’ni 0 – plus, 1 - minus. Ishorasiz toifalarda esa barcha bitlar qiymatlarni saqlash uchun ishlatiladi. Ularning har biri uchun mos ravishda qiymat qabul qilish oralig‘i mavjud:
    a) ishorasiz sonlar uchun (0...2n-1);
    b) ishoralilar uchun (-2n-1… 2n-1-1).
    Butun sonlar ustida turli matematik (+, -, /, *) va solishtirish amallarini bajarish mumkin, ya’ni ==, !=, <, <=, >, >= operatorlar bilan binar amallarni bajarish mumkin. Ammo bu operatsiyalarning natijalari int toifasiga kirmaydi, ular bool toifasiga kiradi.


    Haqiqiy toifa
    Haqiqiy toifaga kasr qismlari bor chekli sonlar to‘plami kiradi. Haqiqiy sonlar ustida turli matematik amallarni bajarish mumkin. Bu amallarning natijalari ham haqiqiy toifaga kiradi. Bu yerda ham binar amallarga nisbatan masalaning yechimlari mantiqiy toifaga tegishli bo‘ladi.
    Kompyuter xotirasida haqiqiy sonlar asosan qo‘zg‘aluvchan nuqta formatida saqlanadi.
    937,56 = 93756 * 10-2 = 0,93756 * 103=0,93756E3
    0,002355=2,355*10-3=2,355E-3
    Xotiraga haqiqiy sonlar yozilayotganda uning uchun ajratilgan xotira sohasining 1-bitiga E simvolidan chapdagi mantissa ishorasi 1 ta bitgakeyin mantissa, undan keyin E – ya’ni har doim 10 soniga teng deb olinadigan eksponenta belgisi darajasining ishorasi 1 ta bitga, so‘ngra uning darajasidagi son, ya’ni E simvolidan o‘ngdagi son yoziladi

    0 1 9 10 11 15
    1.2.3. Mantiqiy toifa
    Mazkur toifa mantiqiy mulohazalarning to‘g‘riligini aniqlash uchun, turli xil dasturlash tillarida turlicha ifodalaniladigan ifodalarni 2 ta ko‘rinishda aniqlaydi. Mantiqiy ma’lumotlar ustida quyidagi mantiqiy operatsiyalarni bajarish mumkin: konyunktsiya (va), dizyunktsiya (yoki) va inkor (yo‘q), hamda qiyinroq bo‘lgan ekvivalentlik, implikatsiya, chiqarib tashlash va boshqa operatsiyalar. Yuqorida keltirilgan ixtiyoriy operatsiyaning natijasi – mantiqiy qiymatga ega bo‘ladi. Mantiqiy qiymatni xotirada saqlash uchun bitta bit yetarli.


    Asosiy mantiq funcsiyalarining chinlik jadvali


    Belgili toifa
    Belgili toifaga belgilarning chekli to‘plami yoki liter, ularga lotin alifbosidagi harflar va unda yo‘q kirill harflar, o‘nlik raqamlar, matematik va maxsus belgilar kiradi. Belgili ma’lumotlar hisoblash texnikasi bilan inson o‘rtasidagi aloqani o‘rnatishda katta ahamiyatga ega. Belgili toifadagi o‘zgaruvchilar ustida turli matematik amallarni bajarish mumkin. Bunda amallar belgilarning ASCII kodlari ustida bajariladi. Shu sababli, belgili toifalarni taqqoslash ham mumkin va taqqoslashlarning natijalari bool toifasiga kiradi. C++ tilida belgili toifalarning qiymatlari qo‘shtirnoq ichida beriladi va u bitta belgidan iborat bo‘lishi mumkin


    Ko‘rsatkichli toifa

    Ko‘rsatkichlar ma’lumotlarni emas, balki bu ma’lumotlar joylashgan xotiradagi manzilni o‘zida saqlaydi. Ko‘rsatkichlar xotirada bor yo‘g‘i 4 bayt joyni egallab, u ko‘rsatayotgan ma’lumotlar ancha katta joyni egallagan bo‘lishi mumkin. Ko‘rsatkichlar qanday ishlashini bilish uchun mashina xotirasi tashkil etilishining tayanch prinsiplarini bilish lozim. Mashina xotirasi 16 lik sanoq sistemasida raqamlangan yacheykalar ketma-ketligidan iboratdir. Har bir o‘zgaruvchining qiymati uning adresi deb ataluvchi alohida xotira yacheykasida saqlanadi. Ko‘rsatkichli toifadagi o‘zgaruvchilar o‘zida ana shu kabi o‘zgaruvchilar yoki boshqa ma’lumotlarning xotiradagi adresini saqlaydilar. C++ da o‘zgaruvchini ko‘rsatkichli toifada e’lon qilish uchun o‘zgaruvchi nomidan oldin * belgisi qo‘yiladi. Har bir o‘zgaruvchining toifasi bilan e’lon qilingani kabi ko‘rsatkichli o‘zgaruvchilar ham ma’lum bir toifa bilan e’lon qilinadi. Bunda ko‘rsatkichli o‘zgaruvchining toifasi – shu ko‘rsatkich ko‘rsatayotgan xotira yacheykasidagi
    ma’lumotning toifasi bilan bir xil bo‘lishi kerak. Masalan, int a=1 bo‘lsin. Ushbu o‘zgaruvchining adresini o‘zida saqlovchi b ko‘rsatkichli o‘zgaruvchini e’lon qilishda ham int toifasi ishlatiladi, ya’ni int *b. Endi bunday toifadagi o‘zgaruvchiga a o‘zgaruvchining adresini o‘zlashtirish uchun a ning oldiga & - adres operatorini qo‘yish zarur, ya’ni b=&a.
    Misol.

    #include

    using namespace std;

    int main()

    { short int a=1234567;

    short int *b;

    b=&a;


    cout<<="" i="">‘zgaruvchining adresi 0x22ff76 ni ekranga chiqaradi

    system("pause");





    Download 0.63 Mb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 0.63 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: malumotlarni oddiy sozlangan turlari

    Download 0.63 Mb.