• 8. Счётчик
  • Pul birliklarida ifodalangan maydon




    Download 60 Kb.
    bet3/3
    Sana10.04.2023
    Hajmi60 Kb.
    #50116
    1   2   3
    Bog'liq
    Ma\'lumotlar ombori va uni boshqarish tizimlari
    Гос, Чувства и эмоций, PDH tarmoq mustaqil ish M. Sh, asosiy-texnologik-jarayonlar-va-qurilmalar, Водил ором блокнот , 6 Mavzu(M)
    5.Pul birliklarida ifodalangan maydon (raqamlar pul birliklari bilan birgalikda ifodalanadi)
    6. OLE maydoni (shakl, tasvir, rasm, musiqiy kliplar va videoyozuvlar shaklida ifodalanadi)
    7. MEMO maydoni- matn o’zunligi 256 simvoldan o’zun bo’lgan maydonda faqat matnning qayerdaligini ifodalovchi ko’rsatkich turadi. Bu holda har bir maydonda 65 535 simvol saqlanishi mumkin.
    8. Счётчик(sanovchi) maydoni - maydonda turgan ifoda avtomatik ravishda sanalib o’zgaradi.
    Endi, keng foydalanuvchilar ommasi uchun mo’ljallangan va eng qulay
    MO ni ko’rib chiqaylik. Fikrimizni misol bilan ifodalashga harakat qilamiz.
    Masalan, Farg’ona Mashinasozlik kasb hunar kolleji 1-chi bosqich talabalarni informatika va matematika fanidan o’zlashtirish darajasini aniqlovchi omborini yaratishimiz kerak bo’lsin.
    1-bosqich guruh talabalari to’g’risidagi ma’lumotlar bitilgan quyidagi jadvalni ko’raylik:




    Familyasi.

    Ismi

    Guruhi №

    Informatika %

    Matematika %

    Abdullaev


    Maxmud

    11

    80

    100


    Dadaboev

    Raim

    16

    60

    80


    Axmedov

    Adham

    17

    80

    80


    Sobirov

    Ilxom

    18

    100

    100


    Jabborov

    Islom

    18

    80

    80




    ………………

    ……………

    ………….

    …………

    ……………




    Xalimov

    Rustam

    17

    60

    80




    Qo’chqorov

    Azamat

    11

    100

    100

    Bu misolda 25ta yozuv bo’lib, ularning har biri 6 ta maydondan iborat. Mazkur maydonlarning har biri mos ravishda «Familiyasi», Ismi», guruh raqami», «Informatika», «Matematika» fanlari nomi» deb nomlangan. Demak, yozuvdagi maydonlar soni yozuvga kiritiladigan ma’lumotlar hajmiga bog’liq. Fayldagi bu yozuvlar birlamchi hisoblanadi. Chunki biror yozuvdagi ixtiyoriy ma’lumotni boshqa yozuvdagi ma’lumotlar bilan taqqoslab aniqlash mumkin emas. Shuning uchun ham bizga kerakli bo’ladigan ikkilamchi yozuvlarni esa faqat amaliy programmalar yordamida olish mumkin bo’ladi. Modomiki shunday ekan, MO tashkil qilish, ularga qo’shimcha ma’lumotlarni kiritish va mavjud MO dan foydalanish uchun maxsus MO lar bilan ishlaydigan programmalar zarur bo’ladi. MO da turli ma’lumotlar saqlanishi mumkin. MO ni yaratish va uni ishlatish uchun shaxsiy kompyuterlardan foydalanish shart emas.MO ni axborotlarni kompyuterlashgan shakldagi alohida yig’indi sifatida deb tushunish mumkin.
    Berilgan axborotning mazmuni va undagi ma’lumotlarga ko’ra ma’lumotlar omborlari turli ko’rinishlarda ifodalanishi mumkin: iyerarxik(shajaraviy),tarmoqli va relyasion(jadvalli). Iyerarxik tizimda elementlarni joylashtirishda dasturlashgan tartib mavjud. Bunda har bir guruhda biror element asosiy, qolganlari esa unga nisbatan ikkinchi darajali xususiyat ega bo’ladi. Ma’lumotlarni iyerarxik (daraxtsimon) bo’lib joylashishiga ma’lumotlarning iyerarxik modeli deyiladi. Bir pog’onali ma’lumotningt boshqa pog’onadagi ma’lumot bilan ikki yoki undan ortiq marta bog’lanadigan turiga ma’lumotlarning tarmoqli modeli deyiladi. Ko’p tarqalgan ma’lumotlarni joylashtirish tizimlariga relyasion tizimi mavjud. Ya’ni ma’lumotlar jadvallar ko’rinishda joylashib , maydon va yozuvlardan iborat bo’ladi. Ma’lumotlarning jadval ko’rinishida saqlanishiga ma’lumotlarning relyasion modeli deyiladi. Misol tariqasida Farg’ona viloyatidagi barcha kollejdagi xodimlar haqidagi ma’lumotlar oomborini tuzish talab etilsin. Bunda quyidagi maydonlarni kiritaylik: tartib raqami., familiyasi, ismi, tug’ilgan yili, lavozimi, ish staji, va kollej nomi. Kollej nomi maydonidagi yozuvlar har doim takrorlanmasligi uchun shartli ravishda ikkilik kodi, ya’ni ( NA, ED,FT,...) qilib kodlansa ish ancha osonlashganiga guvoh bo’lamiz.



    Familiyasi

    Ismi

    Tug’ilgan yili

    Lavozimi

    Ish staji

    Kollej nomi kod

    1

    Axmedov

    Ikrom

    1954

    Direktor

    20

    NA

    2

    Sobirov

    Akram



    1949

    O’IB muovin

    15

    NA

    3

    Jumanazarov

    Siroj

    1968

    Kafedra mudiri

    10

    ED

    4

    Sattorov

    Jamol

    1956

    O’kituvchi

    12

    FT

    Juda ko’p axborotlarda davlat klassifikatori ishlatiladi va boshqa holatlarda kodlarni ishlatish yaratuvchining hohishiga ko’ra amalga oshiriladi.
    MO ning tuzilishi o’rganilayotgan ob’yektning ma’lumotlari ko’rinishi, ma’nosi, tuzilishi va hajmiga bog’liq bo’ladi.
    O’byekt- bu mavjud bo’lgan va o’ziga o’xshash narsadan ajralib turadigan alohida bir predmet. Masalan, har bir akademik litsey ob’yekt bo’lsa undagi o’quvchila to’plami ma’lumotlar ombori bo’ladi.
    Shuningdek, ma’lumotlar omboridan foydalanuvchilar bo’ladi.
    Odatda, foydalanuvchilar quyidagi kategoriyalarga bo’linadilar:
    foydalanuvchi-programma tuzuvchi,
    sistemali programma tuzuvchi,
    ma’lumotlar omborining administratori.
    Ma’lumotlar ombori tushunchasi bilan birgalikda kattalik tushunchasi ham ishlatiladi.
    Kattalik- biror-bir o’byektni ifodalovchi va uning muayyyan bir nusxasi uchun berilgan sonli yoki matnli qiymatni belgilovchi ko’rsatkich.
    Masalan, o’byektlar to’plami sifatida biror akademik litseydagi guruhlarni olsak, guruhlardagi o’quvchilar soni va hokazolar hisoblanadi.
    Nazorat savollari

    1. Ma’lumotlar omborlarini qanday turlari mavjud?

    2. Qanday ma’lumotlar omborini relyatsion deb ataymiz?

    3. Maydon xususiyati va tarkibiga qarab qanday turlarga bo’linishi mumkin?

    Download 60 Kb.
    1   2   3




    Download 60 Kb.