• 3.Respublika manaviyat va marifat kengashi joriy hujjatlari.
  • Mavzu: Ma'naviy mrifiy ishlar samaradorligini oshiridh vazifalari. Reja: Ma'naviy ma'rifiy ishlarni olib borish bo'yicha chora tadbirlar




    Download 1,53 Mb.
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,53 Mb.
    #230398
    Bog'liq
    Azodova Zuhra M.M.I.T.E.M

    UrDU PEDOGOGIKA FAKULTETI MIG' 212-GURUH TALABASI AZODOVA ZUHRAJONNING M.M.I.T.E.M FANIDAN MUSTAQIL ISHI.

    Mavzu:Ma'naviy mrifiy ishlar samaradorligini oshiridh vazifalari.

    Reja:

    1.Ma'naviy ma'rifiy ishlarni olib borish bo'yicha chora tadbirlar.

    2.O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyayevning ma'naviy ma'rifiy ishlarni olib borish bo'yicha qarorlari.

    3.Respublika ma'naviyat va ma'rifat kengashi joriy hujjatlari.

    2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida eng avvalo, davlat boshqaruvi organlarining quyi bo‘g‘inlari faoliyatini tubdan yaxshilash, ularning xalq bilan muloqot qilishini ta’minlash, bu borada samarali ijtimoiy hamkorlik mexanizmini mustahkamlash ustuvor vazifa sifatida belgilab qo‘yilgan

    Ana shu maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarining mazmun-mundarijasini tubdan yaxshilash, ularning ko‘lami va miqyosini kengaytirish, tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan soha xodimlarining bilim va malakasini izchil oshirib borish, tuman (shahar) darajasidagi xodimlar mehnatiga haq to‘lashning barqaror tizimini yo‘lga qo‘yish, sohada faoliyat olib borayotgan muassasa va tashkilotlar ishini muvofiqlashtirish va ularning samarasini oshirish maqsadida:

    1. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi hamda Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazini birlashtirish yo‘li bilan ularning negizida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazini (keyingi o‘rinlarda –Markaz deb ataladi) qayta tashkil etish haqidagi taklifi ma’qullansin.

    2. Markaz faoliyatini tashkil etishda quyidagi asosiy vazifalarga alohida e’tibor qaratilsin: mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, davlat dasturlarining mazmun va mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini tizimli va izchil amalga oshirish, bu borada keng jamoatchilik, olimlar, mutaxassislar, ijodkor ziyolilardan iborat “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyatini shakllantirish hamda uning faoliyatini doimiy asosda yo‘lga qo‘yish;

    dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning mazmun-mohiyatini har tomonlama chuqur yoritib borish, terrorizm, diniy ekstremizm, aqidaparastlik, separatizm, odam savdosi, “ommaviy madaniyat”, narkobiznes va boshqa tahdidlarga qarshi samarali g‘oyaviy kurash olib borish;

    3. Belgilab qo‘yilsinki: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tumanlar (shaharlar) hokimlari tegishli ravishda hududiy kengashlarga jamoatchilik asosida raislik qiladilar.

    O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: ushbu qarorni amalga oshirish bilan bog‘liq sarf-xarajatlarni moliyalashtirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni 2017-yilda Ijtimoiy soha bo‘yicha tasdiqlangan byudjet parametrlari doirasida ajratsin, 2018-yildan boshlab esa – O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutsin;

    Markazga 5 ta avtotransport vositasini, jumladan, 3 ta xizmat ko‘rsatadigan, 1 ta navbatchi va 1 ta maxsus avtobusni saqlab turish uchun hamda Markazning hududiy bo‘limlariga jami 14 ta xizmat ko‘rsatadigan avtotransport vositasini saqlab turish uchun limit ajratsin.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 25-avgustdagi “Milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi PQ-451-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

    Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchilari X.Sultonov, R.Komilov zimmasiga yuklansin.

    Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Markaz hamda “Tafakkur” va “Ma’naviy hayot” jurnallari tahririyatini joylashtirish uchun bino ajratish bo‘yicha taklif kiritsin.

    Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar yuzasidan bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

    Markaz va uning hududiy bo‘limlari hamda bo‘linmalari faoliyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;

    Foydalangan adabiyotlar 1.O'zbekiston Respublikasi prezidentining rasmiy veb-sayti. 2.Ona yurtimizni baxt iqboli va kelajaki uchun xizmat qilish eng oliy soadatdir.


    Download 1,53 Mb.




    Download 1,53 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Ma'naviy mrifiy ishlar samaradorligini oshiridh vazifalari. Reja: Ma'naviy ma'rifiy ishlarni olib borish bo'yicha chora tadbirlar

    Download 1,53 Mb.