• 1. Mathcad imkoniyatlari va uning interfeysi
  • Mavzu: Matcad dasturi haqida umumiy tushuncha Reja




    Download 15.7 Kb.
    bet1/4
    Sana30.09.2023
    Hajmi15.7 Kb.
    #85725
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Mavzu Matcad dasturi haqida umumiy tushuncha
    50 баёни лев прав ишлаш учун 05 12 2022, 11-sinf sharnoma, Adabiyotlar ro, Eksport (etkazib berilgan) va import (olib kirilgan) tovarlar narxlari indeksi, Turar joylardagi avariya va halokatlar, kelib chiqish sabablari, oqibatlari va harakatlanish qoidalari., a (12), a (2), 16-mavzu. Sonli qatorlar, Образец заявления студента о переводе с очной формы обучения на заочную, primenenie-geneticheskih-algoritmov-pri-optimizatsii-nelineynyh-funktsiy

    Mavzu: Matcad dasturi haqida umumiy tushuncha Reja




    Mavzu: MatCAD dasturi haqida umumiy tushuncha 

    Reja: 
    1. Mathcad imkoniyatlari va uning interfeysi 
    2. Matematik ifodalarni qurish va hisoblash
    3. Ikki va uch o`lchamli grafik qurish 
    1. Mathcad imkoniyatlari va uning interfeysi 
    Zamonaviy kompyuter matematikasi matematik hisoblarni avtomatlashtirish uchun butun 
    bir birlashtirilgan dasturiy tizimlar va paketlarni taqdim etadi. Bu tizimlar ichida Mathcad oddiy,
    yetarlicha qayta ishlangan va tekshirilgan matematik hisoblashlar tizimidir.
    Umuman olganda Mathcad – bu kompyuter matematikasining zamonaviy sonli usullarini
    qo`llashning umumiy kompleksidir. U o`z ichiga yillar ichidagi matematikaning rivojlanishi 
    natijasida yig`ilgan tajribalar, qoidalar va matematik hisoblash usullarini olgan.
    Mathcad paketi muxandislik va hisob ishlarini bajarish uchun dasturiy vosita bo`lib, u 
    professional matematiklar, texnoliglar uchun mo`ljallangan. Uning yordamida o`zgaruvchi va
    o`zgarmas parametrli algebraik va differentsial tenglamalarni yechish, funktsiyalarni tahlil qilish 
    va ularning ekstremumini izlash, topilgan yechimlarni tahlil qilish uchun jadvallar, grafiklar
    qurish va boshqa shunga o’shash vazifalarni bajarish mumkin. Mathcad murakkab masalalarni 
    yechish uchun o`z dasturlash tiliga ham ega.
    Mathcad interfeysi Windowsning barcha dasturlari intefeysiga o`xshash. Mathcad ishga 
    tushurilgandan so`ng uning oynasida bosh menyu va uchta panel vositasidan iborat bo’lib ular
    quyidagi tartibda: Standart (Standart), Formatting (Formatlash) va Math (Matematika). Mathcad 
    ishga tushganda avtomatik ravishda uning ishchi hujjat fayli Untitled 1 nom bilan ochiladi va
    unga Workshet (Ish varag`i) deyiladi. Standart (Standart) vositalar paneli bir necha fayllar bilan 
    ishlash uchun buyruqlar to`plamini o`z ichiga oladi. Formatting (Formatlash) formula va
    matnlarni formatlash bo`yicha bir necha buyruqlarni o`z ichiga oladi. Math (Matematika) 
    matematik vositalarini o`z ichiga olgan bo`lib, ular yordamida simvollar va operatorlarni hujjat
    fayli oynasiga joylashtirish uchun qo`llaniladi. Quyidagi rasmda Mathcadning oynasi va uning 
    matematik panel vositalari ko`rsatilgan (1 – rasm):
    Calculator (Kalkulyator) – asosiy matematik operatsiyalar shabloni;
    Graph (Grafik) – grafiklar shabloni;
    Matrix (Matritsa) – matritsa va matritsa operatsiyalarini bajarish shabloni;
    Evluation (Baholash) – qiymatlarni yuborish operatori va natijalarni chiqarish operatori;
    Calculus (Hisoblash) – differentsiallash, integrallash, summani hisoblash shabloni;



    2
    Boolean (Mantiqiy operatorlar) – mantiqiy operatorlar;


    Programming (Dasturlashtirish) – dastur tuzish uchun kerakli modullar yaratish


    operatorlari;
    Greek (Grek harflari) – symbolik belgililar ustida ishlash uchun operatorlar.


    Download 15.7 Kb.
      1   2   3   4




    Download 15.7 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Matcad dasturi haqida umumiy tushuncha Reja

    Download 15.7 Kb.