• Rounding Function
  • Son qiymatlarni yaxlitlash bloki Rounding Function




    Download 1,13 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/9
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,13 Mb.
    #123323
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    11-Маъруза

    Son qiymatlarni yaxlitlash bloki Rounding Function 
    Parametrlari: 
    Function- Yaxlitlash usuli (ro’yxatdan olinadi): 
    Floor- kichik eng yaqin butun songacha yaxlitlash
    Ceil- Katta eng yaqin butun songacha yaxlitlash; 
    Round- eng yaqin butun songacha yaxlitlash; 
    Fix- Kasr qismini tashlab yuborish yo’li bilan yaxlitlash. 
    Blokning kirish signallari haqiqiy kompleks turdagi skalyar, vektor yoki 
    matrisaviy signallar bo’lishi mumkin. Vector yoki matrisaviy kirish signalida blok 
    elementlararo amallarni bajaradi. 
    Blokning chiqish signali double yoki single turda bo’ladi. 
    Rounding Function blokidan foydalanishga misollar 8-rasmda keltirilgan. 
    8-rasm. Rounding Function blokidan foydalanishga misollar. 


    Nisbat amallarini hisoblash bloki Relational Operator 
    Vazifasi: 
    Blok kirish signallarining joriy qiymatlarini toqqoslaydi. 
    Parametrlari: 
    Relational Operator-Nisbat amalining turi (ro’yxatdan tanlanadi); 
    == - Aynan teng; 
    ~= -teng emas; 
    - Kichik 
    <= - Kichik yoki teng; 
    >- Katta; 
    >= - katta yoki teng. 
    Nisbat amallarida birinchi operand bo’lib blokning birinchi (yuqoridagi) 
    kirishiga va ikkinchi operand bo’lib blokning ikkinchi (pastdagi) kirishiga berilgan 
    signal hisoblanadi. Blokning chiqish signali hisoblash natijasi “Haqiqat” bo’lsa 1 
    yoki “Yolg’on” bo’lsa 0 bo’ladi. 
    Blokning kirish signallari skalyar, vektor yoki matrisaviy signallar bo’lishi 
    mumkin. Agar ikkala kirish signali ham vector yoki matrisaviy bo’lsa blok 
    elementlararo toqqoslash amalini bajaradi, bu holda kirish signallarining 
    o’lchamlari o’zoro mos bo’lishi kerak. Agar kirish signallarida biri vector yoki 
    matrisaviy, ikkinchisi esa skalyar bo’lsa blok skalyar signalni massiv 
    elementlarining har biri bilan taqqoslash amalini bajaradi. Ushbu holda, chiqish 
    signalining o’lchami kirishlarning biriga keltirilgan vektor yoki matrisaviy 
    signalning o’lchamiga teng bo’ladi. 
    Kompleks kirish signallari uchun == (aynan teng) va ~= (teng emas) 
    amallariridan foydalanish mumkin.
    Blokning kirish signallari mantiqiy turda (boolean) bo’lishi ham mumkin. 
    Relation Operator blokidan foydalanishga misollar 9-rasmda keltirilgan. 


    9-rasm. Relation Operator blokidan foydalanishga misollar. 

    Download 1,13 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 1,13 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Son qiymatlarni yaxlitlash bloki Rounding Function

    Download 1,13 Mb.
    Pdf ko'rish