|
-rasm. Qattiq zarrachalar qatlami orqali gaz (suyuqlik)
|
bet | 3/4 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 417,11 Kb. | | #232537 |
Bog'liq Mavzu3.37-rasm. Qattiq zarrachalar qatlami orqali gaz (suyuqlik)
harakati.
a-qo`zg`almas qatlam; b-mavhum qaynash qatlami;
c - qattiq zarrachalarning oqim bilan chiqib kеtishi.
Ishchi tezlik w ning mavhum qaynash boshlanishi tezligi wmk ga nisbati mavhum qaynash soni Kw deb ataladi va u quyidagi ko`rinishga ega: - Sharsimon shaklli (f 1), govakliligi 0,4 bo`lgan qatlamning mavhum qaynashning boshlanish tezligi prof. O.M.Todes formulasi yordamida aniqlanishi mumkin:
Mavhum qaynash qatlami bir va turli jinsli bo`lishi mumkin. Bir jinsli mavhum qaynash amalda faqat tomchili suyuqlik oqimida qattiq zarrachalar mavhum qaynash jarayonidi sodir bo`ladi. Bunda oqim tezligi wmk dan ko`payib ketganda qatlam balandligi ortsa ham uni tepa chegarasi sezilarli darajada tebranmaydi (3.39a-rasm). Ammo, sanoat korxonalarida asosan «qattiq jism – gaz» sistemasida mavhum qaynash jarayoni ishlatiladi (3.39b -rasm). Odatda, bu sistema ko`pincha, turli jinsli bo`ladi. Ba’zi hollarda gaz pufakchalariga ega bo`lgan mavhum qaynash jarayoni sodir bo`ladi. Bu pufakchalar qatlam tepa qismiga etganda yoriladi va natijada qatlam balandligining tebranishiga olib keladi (3.38a-rasm). SE va SE1 nuqtali chiziqlar mavhum qaynash qatlami tebranish oralig`ini bildiradi.
3.39-rasm. Mavhum qaynash qatlamining turlari.
a - bir jinsli; b - turli jinsli; v - barbotajli; g - porshеnli; d - kanalli.
Turli jinsli qatlamning mavhum qaynash jarayoni uchun qatlamda har xil o`lchamli pufakchalar mavjudligi xarakterlidir. Agar, mavhum qaynash soni kichik bo`lsa, qatlamning turli jinsli ekanligi uning xarakteristikalariga ta’sir etmaydi. Aksincha, harakatlanuvchi pufakchalar qatlamidagi zarrachalar aralashishini jadallashtiradi. Lekin, Kw o`sishi bilan qatlamning turli jinsliligi ortadi, ya’ni pufakchalar o`lchami kattalashadi va qatlam tepa chegarasidan qattiq zarrachalar intensiv ravishda uloqtiriladi. Pufakchalar ko`ndalang o`lchami qurilma o`lchamigacha yiriklashib boradi. Natijada
|
| |