|
Yuqorida qayd etilgan afzalliklar bilan birga, mavhum qaynash jarayonining quyidagi kamchiliklari bor
|
bet | 2/4 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 417,11 Kb. | | #232537 |
Bog'liq MavzuYuqorida qayd etilgan afzalliklar bilan birga, mavhum qaynash jarayonining quyidagi kamchiliklari bor: - Yuqorida qayd etilgan afzalliklar bilan birga, mavhum qaynash jarayonining quyidagi kamchiliklari bor:
- - bir sekstiyada zarracha va ishchi eltkichlarning bo`lish vaqti bir xil emas;
- - mavhum qaynash qatlamida zarrachalar bir - biriga urilishi natijasida ediriladi;
- - zarrachalarni edirilishi natijasida hosil bo`lgan chang qurilmadan uchib ketadi. Bu hol, albatta qo`shimcha chang ushlagichlar o`rnatilishini taqozo etadi;
- - dielektrik material zarrachalari mavhum qaynash qatlamli qurilmalarda ishlov berilganda, statik elektr zaryadlar hosil qiladi. Bu esa, portlash havfini tug`diradi
- Gaz taqsimlash to`ri orqali pastdan yuqoriga qarab kichik tezlik bilan gaz yoki suyuqlik oqimi yuborilsa, donador qatlam qo’zg’almas holatida qoladi (3.37a-rasm). Bunda oqim tezligi o`zgarishi bilan qatlam (solishtirma yuza, g`ovaklilik va hokazo) ning xarakteristikalari o`zgarmaydi. Qatlam orqali o`tayotgan gaz (yoki suyuqlik) oddiy, filtrlanib harakatlanadi.
- Lekin, gaz (yoki suyuqlik) oqimining tezligi asta sekin oshirib borilsa, tezlikning ma’lum bir kritik qiymatida qatlamdagi zarrachalar og`irligi bilan oqimning gidrodinamik bosim kuchi tenglashadi. Bunda qatlamning qo’zg’almas holati buziladi va uning g’ovakligi balandligi ko`payib boradi. Shu vaqtda qatlam zarrachalari siljib boshlaydi va qatlam oquvchanlikka ega bo`lib boshlaydi
Agar gaz oqimining tezligi yanada oshirilsa, qatlam g`ovakliligi va balandligi keskin ko`payib boradi. Gaz tezligi ma’lum bir kritik qiymatga etganda mavhum qaynash qatlami buziladi. Bunda gidrodinamik bosim kuchlari qatlam zarrachalari og`irlik kuchidan oshib ketadi va qattiq zarrachalar gaz oqimi bilan birga uchib chiqa boshlaydi (3.37v-rasm). Gaz oqimi bilan qattiq zarrachalarning yoppasiga uchib chiqa boshlash hodisasi pnevmotransport deb nomlanadi va sanoatda sochiluvchan materiallarini uzatish uchun ishlatiladi.
|
| |