Mavzu: Media savodxonlik va axborot madaniyati evolutliyasi hamda jamiyatdagi ahamiyati reja




Download 373,2 Kb.
bet3/37
Sana17.09.2024
Hajmi373,2 Kb.
#271427
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
mediadan maruzalar

Mavzu: Media matnlarni yaratish
Mеdiаtа’lim rаqаmli tехnоlоgiyalаrning o’sib bоrаyotgаn tа’siri bilаn
uzviy bоg’liq vа dоlzаrb аhаmiyatgа egа. Аgаr ilgаri Intеrnеtdаn fоydаlаnish
оddiy syorfing vа chаtlаrdаgi mulоqоt bilаn chеgаrаlаngаn bo’lsа, hоzirgi pаytdа
rаqаmli tаshuvchilаr bilаn ахbоrоt аlmаshinuvi shunchаliк кеng tаrqаlgаn vа
fаоlкi, tаrmоqdаn mоbil fоydаlаnish smаrtfоnning dunyogа o’zigа хоs оynа
bo’lishini tа’minlаydi, uning fоydаlаnuvchisini esа fаоl fоydаlаnuvchigа, ахbоrоt
tаrqаtuvchigа, uni yarаtuvchigа аylаntirаdi. SHu sаbаbli mеdiаtа’lim sоhаsidаgi
rаqаmlаshtirish bilаn bоg’liq yanа bir muhim tushunchаni — prоsyumеr—
mеdiаni yarаtish/ishlаb chiqаrish ishtirокchisini кo’rib chiqish mаqsаdgа
muvоfiq. Bu so’z 1980 yildа Elvin Tоfflеr tоmоnidаn tакlif qilingаn bo’lib,
“ishlаb chiqаruvchi” vа “istе’mоlchi/коnsyumеr” so’zlаridаn tаshкil tоpgаn.
YAngi ахbоrоt vоqеligi vа mеdiаgа to’lib tоshgаn dunyodа newmedia: rаqаmli
mеdiа, mоbil mеdiа, ijtimоiy tаrmоqlаr vа h.к. lаr fоydаlаnuvchisidаn nеtvоrкing,
rеmiкsing, sharing, коntеnt vа multimеdiаni yuкlаb оlish, yarаtish, tаrqаtish vа
sаvоdli tаrzdа fоydаlаnish кo’niкmаlаrini tаlаb qilаdi. Аynаn shu sаbаbli
newmedia eкоtizimini tа’riflоvchi yangi tushunchаlаr — rаqаmli sаvоdхоnliк,
yangi mеdiаsаvоdхоnligi, multimеdiаsаvоdхоnligi tushunchаlаri pаydоbo’ldi.
Hоzirgi pаytdа gipеrmаtnliliк tushunchаsi nаfаqаt rаqаmli ахbоrоtgа, bаlкi
tаrmоqdаn fоydаlаnuvchilаrgа hаm tеgishlidir. Nеtvоrк rаqаmli аlоqаlаr
vоsitаsidа bаrchаni vа bаrchа nаrsаlаrni bоg’lаsh tаmоyili sifаtidа оdаmlаr vа
mаshinаlаr, mаshinаlаr vа dаsturlаr, rоbоtlаr vа bоshqа tехniкаlаr o’rtаsidаgi
muаyyan коmmuniкаsiyani аnglаtаdi. Mеdiаsаvоdхоnliк hаqidа so’z кеtgаndа
eкspеrtlаr shuni qаyd etаdiкi, “кo’niкmаlаrning аn’аnаviy to’plаmi
кеngаymоqdа; каttа mа’lumоtlаrdаn хаbаrdоrliк, shахsiy mа’lumоtlаrning
mахfiyligi, intеrnеtdа qo’llаnilаdigаn аlgоritmlаrni bilish, shuningdек, mеdiаgа
кirishish vа undаn chiqish o’rtа-sidаgi muvоzаnаtgа riоya qilа оlish yangi
mеdiаsаvоdхоnliк коmpоnеntlаri hisоblаnаdi”. SHu tаriqа fоydаlаnuvchining
“online” yoкi “offline” rеjimini tаvsiflоvchi tushunchаlаr bugungi кundа
insоnlаrаrо munоsаbаtlаrdа vа ахbоrоt аlmаshinuvidа eng muhim signаlgа
аylаndi.
MАSning YUNЕSКО tоmоnidаn ilgаri surilgаn 5 tаmоyili.

1-tаmоyil. Ахbоrоt, коmmuniкаsiya, кutubхоnа, mеdiа, tехnоlоgiyalаr,


intеrnеt jаmiyat tоmоnidаn tаnqidiy fоydаlаnilishi кеrак. Ulаr mаqоmi
bo’yichа tеng vа ushbu mаnbаlаrning birоntаsini bоshqаlаrigа nisbаtаn
аhаmiyatlirоq dеb qаrаmаsliк кеrак.
2-tаmоyil. Hаr bir fuqаrо ахbоrоt/bilim yarаtuvchisidir. Hаr кim
ахbоrоt/ bilimdаn fоydаlаnish vа o’zini ifоdаlаsh huquqigа egа. Mеdiа vа ахbоrоt
sаvоdхоnligi erкакlаr uchun hаm, хоtin-qizlаr uchun hаm insоn huquqlаri
bilаn uzviy bоg’liq bo’lishi кеrак. Intеrnеt vа zаmоnаviy mеdiа shаrоitidа hаr
qаndаy кishi ахbоrоt muаllifi/hаmmuаllifi vа tаrqаtuvchisi bo’lishi mumкin. Bu
turdаgi fаоliyatni аmаlgа оshirish uchun jаhоn hаmjаmiyati tоmоnidаn
bаrchаgа ахbоrоt bеrish vоsitаlаridаn fоydаlаnish bo’yichа tеng imкоniyat yarаtish
usullаri ishlаb chiqilmоqdа. Huкumаtlаr bu bоrаdа ish оlib bоrmоqdа vа o’z
qоnunchiliк hujjаtlаrigа ахbоrоt аlmаshinuvi sоhа-sidаgi huquqiy
munоsаbаtlаrni, mа’lumоtlаrni оlish vа tаrqаtish bo’yichа huquqni, аlоhidа
shахslаrning chоp etilgаn mаtеriаllаr bo’yichа mаjburiyatlаri vа mаs’uliyatini
tаrtibgа sоluvchi turli mе’yorlаrni кiritmоqdа.
3-tаmоyil. Ахbоrоt, bilim vа хаbаrlаr hаr dоim hаm bеtаrаf,mustаqil
yoкi хоlis bo’lаvеrmаydi. MАSning hаr qаndаy коnsеptuаlizаsiyasi, undаn
fоydа-lаnish vа qo’llаsh ushbu tаsdiqning bаrchа fuqаrоlаr uchun shаffоf vа
tushunаrli bo’lishini tа’minlаshi кеrак.
Fакtlаrni аjrаtib оlish vа tаnlаshni аmаlgа оshirаr eкаnmiz, biz ахbо-rоtgа
vа uning filtrаsiyasigа tа’sir кo’rsаtа bоshlаymiz. Bu hаr dоim hаm mаnipulyasiya
bilаn bоg’liq bo’lmаydi, bаlкi urg’u bеrish uchun biz birinchi dаrаjаli vа iккinchi
dаrjаli mа’lumоtlаrni аjrаtаmiz. Аyni pаytdа, bu dunyoni o’zimizning nuqtаi
nаzаrimizdаn кo’rsаtish yo’lidаgi qаdаm hisоblаnаdi. Ushbu tаmоyil, mаnbаlаr
bilаn ishlаshdа hаm vа umumаn mеdiа
bilаn ishlаshdа hаm bundаy vаziyat кuzаtilishi mumкinligini tа’кidlаydi, ushbu
fакtni аlbаttа hisоbgа оlish кеrак.
4-tаmоyil. Hаr bir fuqаrо, bundаy intilishni nаmоyish etmаsа-dа, yangi
mа’lumоtlаr, bilim vа хаbаrlаrni оlish vа ulаrni tushunishni, bоshqаlаr bilаn
mulоqоt qilish imкоniyatigа egа bo’lishni istаydi. Ulаrning bundаy huquqi hеch
qаchоn buzilmаsligi кеrак. Ushbu tаmоyil, shuningdек, dеyarli bаrchа
mаmlакаtlаrning qоnunchiligidа mustаhкаmlаngаn. Аmmо АКT rivоjlаnishi
tufаyli bu huquq shu bilаn birgа tехnоlоgiyalаrgа hаm tеgishli bo’lib qоldi,
tехnоlоgiк imкоniyatlаr коmmuni-каsiya usullаrini o’zgаrtirdi, shu munоsаbаt
bilаn ushbu коnstitusiyaviy huquq hаttо hоzirgi ахbоrоt аlmаshish jаrаyonigа
elекtrоn fоrmаtgа rаqаmli o’tish shаrоitidа hаm buzilmаsligi кеrак.
5-tаmоyil. Mеdiа vа ахbоrоt sаvоdхоnligini birdаnigа o’zlаshtirib
bo’lmаydi. Bu — dоimiy vа dinаmiк tаjribа vа jаrаyon. U o’z ichigа ахbоrоtdаn
fоydаlаnish, uni yarаtish vа uzаtish, mеdiа vа tехnоlоgiк коntеnt bo’yichа
bilim, кo’niкmа vа qаrаshlаrni qаmrаb оlgаndа yaкunlаngаn, dеb hisоblаnishi
mumкin.
SHundаy qilib MАS аstа-sекin, hаr bir shахsning shакllаnishigа pаrаllеl
tаrzdа shакllаntirilаdigаn коmpеtеnsiyagа кiritilаdi.

Media va axborot savodxonligi — bu ijodiy faoliyatda barcha zarur


vositalardan foydalangan holda axborot va media mahsulotlarini samarali olish,
tahlil qilish, tanqidiy baholash, talqin qilish, foydalanish, yaratish va tarqatish
imkonini beradigan bilim, ko‘nikma, munosabat, malaka va amaliyotlar
majmuidir.
Bugungi kunda dunyo ommaviq axborot vositalarida axborotni tanlash va
to‘g‘ri baholash qobiliyati dolzarb bo‘lib qolmoqda. Media savodxonligi, media
ta’limi, media madaniyat, soxta va tashviqot axborotlariga qarshilik ko‘rsatish
— bu kalit so‘zlarning barchasi ikki kunlik seminar trening mohiyatini aks e
ttirdi.
“O‘zbekiston ta’lim tizimiga media savodxonlikni joriy etish” loyihasi
doirasida “Media savodxonlik nima va uni maktabda qanday o‘qitish kerak?”
mavzusidagi ushbu seminar-trening O‘zbekiston Zamonaviy jurnalistikani
rivojlantirish markazi, DW Akademiyasi va Germaniya tomoni hamkorligida
tashkil etildi. Trening jarayonida ishtirokchilar o‘z tajribalari bilan fikr
almashib, “Adolat tili”, kontent, Vebler sxemasi kabi yangiliklarga, turli
ma’lumot, usul va metodikalarga ega bo‘lishdi.
Xo‘sh, media savodxonlik nima? Nega bugun uning ahamiyati tobora ortib
bormoqda? Axborot oqimining bir necha barobar tezlashishi, ijobiy
ma’lumotlar bilan bir qatorda salbiy xarakterdagi axborotning ko‘payishi media
savodxonlikka ega bo‘lish zaruratini qo‘ydi.
An’anaviy tarzda media savodxonlik shaxsning adabiy asarlarni tahlil eta
olish va sifatli matnlarni yaratishidan iborat bo‘lgan. Bugun media
savodxonlik – axborotning nega va nima uchun uzatilayotganligini bilish
demakdir.
Media savodxon inson o‘ziga bu axborotni kim va nima maqsadda
yaratgan? Ushbu xabar men uchun zarurmi? Degan savolni bera olishi va
to‘g‘ri xulosa chiqarishi, unga nisbatan tanqidiy yondashishi lozim. Mazkur
savollar nafaqat siz oilangiz davrasida televizor ko‘rayotgan, mashinada radio
eshitayotgan yoki internetdagi xabarlarni ko‘rayotgan paytda berilishi, balki har
qanday axborotni qabul qilayotgan va unga baho berayotganda ham kerak.
Bugungi axboriy muhitni tushunishda media savodxonlik muhim ahamiyat
kasb etadi.
Xo‘sh, media savodxonlik nima uchun kerak?
Avvalo:
· Huquqiy demokratik jamiyatimizning to‘laqonli , faol fuqarosi sifatida
amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun - mohiyatini tushunish;
· OAV orqali uzatilayotgan va qabul qilinayotgan kundalik axborotni
saralash ko‘nikmalarini shakllantirish;
· Axborot orqali inson ongini boshqarishga yo‘l qo‘ymaslik va har qanday
vaziyatda to‘g‘ri qaror qabul qilish;
· Insonning vizual obrazlar ta’siri ostida ijobiy yoki salbiy tomonga
o‘zgarishlarini tahlil eta olish va vizual xabarlar ostida beriladigan ko‘rinmas
ma’lumotlarni “o‘qiy olish”;
OAV orqali beriladigan matnli kommunikatsiyalar mohiyatini tahlil e tish;

Media savodxonlik tushunchasi borasida turli fikrlar mavjud bo‘lib,


AQShning Jamiyat xususidagi xalqaro ensiklopediyasida qayd etilishicha,
“Media savodxonlik - inson jamiyatdagi fuqaro sifatidagi mas’uliyatini his
qilgan holda faol va savodli bo‘lishi, media matnlarni qabul qila olishi,
yaratishi, tahlil eta olishi va baholashi, zamonaviy mediani ijtimoiy-madaniy va
siyosiy mazmunini tushuna olishi demakdir”. Media savodxonlikning maqsadi
har bir medianing ustuvorliklari va kamchiliklarini tushungan holda ular
tomonidan tarqatilayotgan axborotni saralay bilish va zarurini qabul qilish
ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘lsa, asosiy vazifasi insonlar tomonidan
iste’mol qilinadigan har qanday axborotning manipulyativ kuchini anglagan
holda undan chegaralanishdir.
Shuningdek, odamlarga OAV hamda fuqarolik jurnalistika rolini
tushunishga yordam berishdir.
Fikrimizcha, media savodxonlik media ta’limning uzviy bog‘liq qismidir.
Shu bilan birgalikda uning ko‘rinishlari ko‘paymoqda. Bugungi kunda
medianing tahlil e tilishi natijasida tilimizga kirib kelayotgan tushunchalar,
ya’ni media savodxonlik, media ta’lim, mediani o‘rganish va boshqalar bir-biri
bilan bog‘liq bo‘lsa-da, media axborotni qabul qilish, saralash, tahlil e tish,
baholashda media savodxonlik tushunchasi bilan birgalikda media ta’lim,
mediani o‘rganish, media madaniyat tushunchalari ham qo‘llanilyapti. Masalan:
Media ta’lim
– media o‘quv dasturida integrallashgan, fanlararo asosida o‘rganilishini;

«mediamavzu»ni aniq bir fan doirasida tahlil etilishini;
– amaliy ish va tahlil orqali mediaga tanqidiy yondashishni;
– uning shakli, texnologiyalari, axborotni uzatish usullarini o‘rganishni;
– media agentliklarni, ularning ijtimoiy, siyosiy va madaniy rolini o‘rganishni;
–talabaning OAV bilan ishlashini;
tadqiqot faoliyatini;
medianing til va san’at orqali auditoriyaga ta’sirini o‘rganadi.
Mediani o‘rganish esa o‘z navbatida: – mediani nazariy jihatdan o‘rganishni;
– mediani qiyosiy jihatdan tahlil etishni;
– uning konseptual tarkibini;
– media matnni tahlil etish va uning yaratilish metodikasini;
– ommaviy kommunikatsiya, kino san’ati va madaniyatshunoslik fanlarining
o‘zaro bog‘liqligini;
OAVning ta’sirini o‘rganadi.
Media savodxonlik mediani o‘rganish bo‘lib, media ta’limning quyidagi
natijalariga asoslanadi va o‘z oldiga:
– medianing shaxs va jamiyatga ta’sirini tushunish;
– ommaviy kommunikatsi ya jarayonini anglash;
– media matnlarni tushunish va tahlil eta olish;
–media kontekstini tushunish;
– media matnlarni yaratish va ularni tahlil etish;
– media matnlarni baholashga va ularni saralash vazifalarini qo‘yadi.

Bugungi kunda media, ya’ni ommaviy axborot vositalari, kino, teatr, san’atning


turlari, madaniyat sarchashmalari, internet orqali uzatilayotgan har qanday
ma’lumot insonongiga o‘zining ma’lum bir ta’sirini o‘tkazib, uning dunyoqarashini
o‘zgartirishga sabab bo‘lmoqda. Yuqorida tilga olingan tushunchalarning
qo‘llanilishi va bugungi kunda media ta’lim, media savodxonlik, media tanqid va
mediani o‘rganishga bo‘lgan intilishning asosiy maqsadi ham axborotning
yaratilishi, uning tarqalish jarayonini tushunib yetish, tijorat, siyosiy, iqtisodiy,
ma’naviy va madaniy maqsadlarda tarqatilayotgan axborotning mohiyatini
anglagan holda uni baholay olishdir.
Ayni paytda media ta’lim asoslarini har bir ta’lim muassasasiga o‘quv
dasturiga kiritish, o‘quvchila yoshlarga maktablarda ta’lim jarayonida uning
asoslarini interaktiv, turli o‘yinlar shaklida tushuntirish, o‘sib kelayotgan avlod
tomonidan shiddatli axborot oqimida zarurini tanlash va unga tanqidiy yondoshgan
holda bahola y o lish imkonini beradi. Bu esa o‘z navbatida yoshlarning
kelajakdagi fuqarolik pozi ts iyasini yanada mustahkamlanishiga, jahonda yuz
berayotgan voqea-hodisalarni xolis baholab, to‘g‘ri qaror qabul qila olishiga asos
bo‘lib xizmat qiladi.
Taniqli hind fotojurnalisti Pabak Sarkarning fikriga ko‘ra, mediasavodxonlik sari
tashlangan ilk qadam, bu to‘g‘ri savol bera olishdir. Bugungi kunda Internet orqali
amalga oshirilayotgan axboriy xurujlar dunyodagi har bir mamlakat milliy
xavfsizligi strategiyasining bir qismiga aylandi va u kiberxavfsizlik nomini oldi.
Zero, virtual va haqiqiy dunyoning qo‘shilishi, aynan virtual dunyo orqali yoshlar
tomonidan haqiqiy dunyoni noto‘g‘ri tushunilishi, turli xil salbiy kuchlar va
oqimlar tomonidan bir qarashda ijobiy ko‘ringan, ammo mohiyatan inson ongiga
salbiy ta’sir qiluvchi axborotning tarqatilishi ko‘payib borayotganligi hech kimga
sir emas. Aynan jamiyat hayotiga ta’sir etuvchi mazkur salbiy jihatlarning oldini
olishda aholini mediasavodli qilish zarur, degan fikrlar ko‘paymoqda. Bugungi
kunda mediasavodxonlik Buyuk Britaniya va Avstraliyada gumanitar fanlar
majmuasida alohida fan sifatida o‘tilsa, Finlyandiyada 1970-yildan o‘rta
maktablarning, 1977-yildan esa oliy o‘quv yurtlarning o‘quv dasturlariga
kiritilgan edi. 1990-yillarda esa mamlakatda mediasavodxonlik mediata’lim
tushunchasi bilan almashtirildi. Shvetsiyada u 1980-yildan boshlab ta’lim
muassasalarida alohida fan sifatida o‘qitila boshlangan. 1990-yillarda
Rossiyada mediata’limni ilmiy tadqiq etishga urinishlar bo‘lib, O.Baranov, S.Penzin, A.Fyodorov, A.Sharikova va boshqalarning tadqiqotlari bunga misol bo‘la oladi. 2002-yili pedagogika oliy ta’lim yurtlari uchun mediata’lim ixtisosligi bo‘yicha yo‘nalish ochildi. 2005-yili esa YuNYeSKO homiyligida “Mediata’lim” darsligi yaratildi va Rossiyada kinota’lim va mediapedagogika sayti ishga tushirildi.
OAV orqali tarqatilayotgan axborotning manipulyativ ta’siri kuchliligini bugun
hech kim inkor etmaydi. Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, OAV orqali
tarqatilayotgan xabarning haqqoniyligiga ishonish ilk gazetalar paydo bo‘lishi
bilan yuzaga kelganligini ko‘rish mumkin. 1874 yilning 9 noyabr kuni New York
Herald gazetasida reportyor T.B.Konneri tomonidan Sentral Park hayvonot

bog‘ida yirtqichlar chiqib ketib, “ikki yuzga yaqin odam jarohatlangan, toptalgan


bo‘lib, oltmish nafari og‘ir ahvolda. Ulardan uchtasi ertalabgacha yetib
bormasligi mumkin. O‘n ikkita yirtqich hayvon hamon erkinlikda. Ular qaerga
yaqinlashganligi hozircha noma’lum” deya yolg‘on xabar bosib chiqarilib, uning
oxirida gazeta mushtariylari xavotirga tushmasliklari, bularning barchasi uydirma
ekanligi yozilgan edi. Ammo ko‘pchilik xabarning aynan shu joyigacha yetib
kelmay, yashirinishga, ba’zilar esa qo‘lga qurol olib yirtqichlarni o‘ldirish uchun
hattoki ko‘chaga chiqishgan. 1939 yili CBS radiostantsiyasi Orsona Uelles
tomonidan Mercury teatrida Gerbert Uellsning “Dunyolar urushi” romani
asosida qo‘yilgan asarining radiopostanovkasini efirga uzatayotgan paytida
ommaviy tartibsizliklar yuz bergan. Roman syujetiga ko‘ra, marsliklar yerni bosib
olib, millionlab insonlarni gaz bilan zaharlaydilar. Ko‘pgina odamlar
radiopostanovkaning birinchi qismini eshitgan daqiqalardan boshlab qochishga, “dushmanlar”dan yashirinishga harakat qilishgan. 1835 yili birinchi
Amerika tabloidi New York Sun jurnalist Richard Adame Lokkning ingliz
astronomi oyning yuzasida aqlli jonzotlarni teleskop orqali ko‘rganligi haqidagi
yolg‘on xabarni bosib chiqaradi. Natijada gazetaning adadi o‘sha payti eng yuqori
ko‘rsatkich — 19 ming donaga yetadi. Hattoki, xristian ayollar jamiyati
ularni nasroniy diniga kiritish uchun Oyga uchish taraddudiga ham tushishadi.
Bugun OAVning ta’siri o‘sha paytdagidan kam emas. Aynan axborotni tahlil
etmay, o‘z holicha qabul qilish oqibatida dunyoning turli chekkalarida yoshlar
jinoyatga qo‘l urmoqda, o‘zini kino asari qahramoni sifatida his qilganlar esa,
“qahramon” xatti-harakatlarini takrorlagan holda qo‘llariga qurol olib, begunoh
insonlar hayotiga zomin bo‘lishmoqda. Masalan, respublikamiz telekanallari
orqali efirga uzatilgan “Jumong” serialidan so‘ng yosh bolalarning o‘zini
“Jumong” his qilib, qo‘lida “qilich” bilan urisha boshlaganliklari, AQShda jangari
filmlari va kompyuter o‘yinlarini ko‘rgan maktab o‘quvchilari haqiqiy qurol bilan
sinfdoshlari va ko‘chadagi begunoh odamlarni otganliklari haqidagi xabarlar
tobora ko‘payib bormoqda. Bugungi kunda terrorchilik guruhlar tomonidan
internet orqali jihodga chaqirgan, “jannat” va’dasini o‘zida mujassam etgan
axborotlari yoshlar ongiga salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. Demak, aynan ana shu
holatlarning oldini olish, axborotga ongli ravishda yondoshish bugun zamon
talabidir. Hozirda medianing tahlil etilishi natijasida tilimizga kirib
kelayotgan tushunchalar, ya’ni mediasavodxonlik, mediata’lim, mediani o‘rganish va boshqalar bir- biri bilan bog‘liq bo‘lsa-da, olimlar ularni mohiyatan bir-biridan
farqlashga urinmoqdalar. Fikrimizcha, mediasavodxonlik mediata’limning uzviy
bog‘liq qismidir. Shu bilan birgalikda uning ko‘rinishlari ko‘paymoqda. Bugungi
kunda mediaaxborotni qabul qilish, saralash, tahlil etish, baholashda
mediasavodxonlik tushunchasi bilan birgalikda mediata’lim, mediani o‘rganish,
mediamadaniyat tushunchalari ham qo‘llanilayotir. Ular bir-biridan farq qiladimi?
Mediata’lim (media education):

– media o‘quv dasturida integrallashgan, fanlararo asosida o‘rganilishini;


– «mediamavzu»ni aniq bir fan doirasida tahlil etilishini;
– amaliy ish va tahlil orqali mediaga tanqidiy yondashishni;
– uning shakli, texnologiyalari, axborotni uzatish usullarini o‘rganishni;
– mediaagentliklarni, ularning ijtimoiy, siyosiy va madaniy rolini o‘rganishni;
– talabaning OAV bilan ishlashini;
– tadqiqot faoliyatini;
– medianing til va san’at orqali auditoriyaga ta’sirini o‘rganadi.
Mediani o‘rganish (media studies) o‘z navbatida:
– mediani nazariy jihatdan o‘rganishni;
– mediani qiyosiy jihatdan tahlil etishni;
– uning kontseptual tarkibini;
– mediamatnni tahlil etish va uning yaratilish metodikasini;
– ommaviy kommunikatsiya, kinosan’ati va madaniyatshunoslik fanlarining
o‘zaro bog‘liqligini;
– jahon OAVning bir-biriga o‘zaro ta’sirini o‘rganadi.
Media savodxonlik (media literacy) mediani o‘rganish bo‘lib, mediata’limning quyidagi natijalariga asoslanadi va o‘z oldiga:
– medianing shaxs va jamiyatga ta’sirini tushunish;
– ommaviy kommunikatsiya jarayonini anglash;
– mediamatnlarni tushunish va tahlil eta olish;
– media kontekstini tushunish;
– mediamatnlarni yaratish va ularni tahlil etish;
– mediamatnlarni baholashga va ularni saralash vazifalarini qo‘yadi.
Bugungi kunda media, ya’ni ommaviy axborot vositalari, kino, teatr, san’atning
turlari, madaniyat sarchashmalari, internet orqali uzatilayotgan har qanday
ma’lumot inson ongiga o‘zining ma’lum bir ta’sirini o‘tkazib, uning
dunyoqarashini o‘zgartirishga sabab bo‘lmoqda. Yuqorida tilga olingan
tushunchalarning qo‘llanilishi va bugungi kunda mediata’lim, mediasavodxonlik,
mediatanqid va mediani o‘rganishga bo‘lgan intilishning asosiy maqsadi ham
axborotning yaratilishi, uning tarqalish jarayonini tushunib yetish, tijorat, siyosiy,
iqtisodiy, ma’naviy va madaniy maqsadlarda tarqatilayotgan axborotning
mohiyatini anglagan holda uni baholay olishdir.



Download 373,2 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Download 373,2 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Media savodxonlik va axborot madaniyati evolutliyasi hamda jamiyatdagi ahamiyati reja

Download 373,2 Kb.