Ish haqidan ajratma va to‘lovlar hisobi




Download 81,86 Kb.
bet4/7
Sana22.01.2024
Hajmi81,86 Kb.
#143482
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
15.мавзу

4. Ish haqidan ajratma va to‘lovlar hisobi
Amaldagi qonunchilikka muvofiq mulkchilikning har qanday shaklidagi korxona xodimlari ish haqidan quyidagi pul ushlanmalari va chegirmalari amalga oshiriladi:

  • daromad solig‘i;

  • pentsiya fondiga ajratma;

  • kasaba uyushmasiga ajratma (ixtiyoriy);

  • xodim tomonidan korxonaga yetkazilgan moddiy zararni qoplash bo‘yicha to‘lovlar;

  • alimentlar;

  • kreditga sotilgan tovarlar uchun to‘lovlar va boshqalar.

Ishchi va xizmatchilarning qariligi, nogironlik hamda boquvchisini yo‘qotganlik uchun nafaqa bilan ta’minlash uchun har bir korxonada Pentsiya fondiga belgilangan miqdorda ajratma ajratadi. Hozirgi kunda ish haqidan Pentsiya fondiga 2,5 miqdorida ajratma qilinadi.
Misol. Ishchiga bir oyda 30000 so‘m ish haqi hisoblangan. Ish haqidan Pentsiya fondiga ushlanadigan summa 750 so‘m (30000*2,5/100)ga teng. Yuqoridagi muomala hisobda quyidagicha provodka bilan rasmiylashtiriladi:
D-t 6710-«Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisoblashishlar» - 750 so‘m
K-t 6520-«Davlat maqsadli fondlariga to‘lovlar» - 750 so‘m.
Amaldagi qonunchilikka binoan har bir korxona ixtiyoriy ravishda hisoblangan ish haqidan kasaba uyushmasiga ajratma qilib borishi mumkin. Hozirgi kunda ish haqidan kasaba uyushmasiga ajratiladigan to‘lov miqdori 1ga teng.
Misol. Yuqoridagi misol bo‘yicha ishchiga hisoblangan oylik maosh miqdori 300000 so‘mga teng edi. Ana shu summadan kasaba uyushmasiga qilinadigan ajratma miqdori 3000 so‘m (300000*1/100)ga teng. Ushbu muomala hisobda quyidagicha provodka bilan rasmiylashtiriladi:
D-t 6710 -«Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisoblashishlar» - 3000 so‘m
K-t 6520-«Davlat maqsadli fondlariga to‘lovlar» - 3000 so‘m.
Ijro varaqalari asosida ba’zi xodimlarning ish haqidan aliment ushlanishi mumkin. Ushlab qolingan aliment puli ish haqi berilgan kundan e’tiboran 3 kun ichida aliment undiruvchiga berishi yoki pochta orqali jo‘natishi lozim. Agarda aliment undiruvchining manzili noma’lum bo‘lsa, u holda ushlangan aliment summasi sudning depozit hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Misol. Oktyabr oyida ish haqidan 1000 so‘m miqdorida aliment ushlandi va ushbu summa aliment undiruvchiga yetkazildi. Ushbu muomala hisobda quyidagicha provodka bilan rasmiylashtiriladi:
D-t 6710 -«Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisoblashishlar» - 1000 so‘m
K-t 6990-«Boshqa majburiyatlar» - 1000 so‘m.
Agar korxona savdo tashkiloti bilan bank krediti hisobidan korxona xodimiga kreditga sotilgan mollar uchun ariza-majburiyatning hamma summasiga savdo tashkilotlari bilan hisob-kitob qilgan bo‘lsa, bunday mollar uchun pul ushlab qolish mumkin.
Bunday muomalalarni hisobga olish uchun schyotlar rejasida 4710-«Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning qarzlari» hisobvarag‘i tayinlangan. Bu schyot aktiv bo‘lib, uning qoldig‘i korxonaga qaytarilmagan kredit bo‘yicha xodimlarning qarzini ko‘rsatadi, debet oboroti bank krediti hisobidan korxonaning yana bergan topshiriq majburiyat summasini, kredit oboroti esa qarzni qoplash uchun ishchi va xizmatchilarning ish haqlaridan ushlangan summani ko‘rsatadi.
Ishchilarning kreditga tovar olishi munosabati bilan bankdan kredit olinsa quyidagicha provodka beriladi:
D-t 4710-«Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning qarzlari»
K-t 6810, 7810.
Ishchilarning ish haqidan kreditni uzish bo‘yicha ushlanmalar qilinsa quyidagicha provodka beriladi:
D-t 6710-«Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisoblashishlar»
K-t 4710-«Kreditga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning qarzlari».
Ushbu ushlanmalar kreditni so‘ndirishga yo‘naltirilganida quyidagicha provodka beriladi:
D-t 6810, 7810
K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti».



Download 81,86 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 81,86 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ish haqidan ajratma va to‘lovlar hisobi

Download 81,86 Kb.