|
Mavzu: mehnat va unga haq to‘lashni hisobga olish reja
|
bet | 1/7 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 81,86 Kb. | | #143482 |
Bog'liq 15.мавзу
MAVZU:MEHNAT VA UNGA HAQ TO‘LASHNI HISOBGA OLISH
Reja:
Mehnat va unga haq to‘lashni hisobga olishning vazifalari
Mehnatga haq to‘lash shakllari, tizimlari, fondi va uning tarkibi
Mehnat haqi hisobini hujjatlarda rasmiylashtirish
Ish haqidan ajratma va to‘lovlar hisobi
Mehnat ta’tili rezervlari va to‘lovlari hisobi
Tayanch so‘zlar va iboralar: ish haqi, pentsiya, nafaqa, kasallik varaqasi, mehnat ta’tili, byulleten, vedomost, naryad, kompensatsiya, shatat jadvali, razryad, tabel, ish staji, eng kam ish haqi, tarif setkasi, daromad, daromad solig‘i, sug‘urta ajratmasi, pentsiya fondi, allement, moddiy zarar, ishsizlik nafaqasi, vaqt normasi, ishbay, soatbay.
1. Mehnat va ish haqini hisobga olishning asosiy vazifalari
Inson o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun moddiy ne’matlar yaratar ekan, ularni ishlab chiqarish uchun moddiy resurslardan tashqari bevosita inson o‘z mehnatini sarflaydi. Mehnat jarayonida yangi mahsulot yaratilib, inson ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Iste’molchilarning asosiy daromad manbalari ish haqi bo‘lganligi sababli, tovarlarga bo‘lgan talab va taklif, ular bahosi bevosita ish haqiga bog‘liq bo‘ladi. Korxonaning ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyati jonli mehnatni iste’mol qilish bilan birga yuz beradi. Uning miqdori ishlagan kishi-soatlar bilan o‘lchanadi. Mehnat jarayonida har bir xodimning bajargan ishi, tayyorlagan mahsuloti, iste’molchilarga ko‘rsatgan xizmatlari uchun sarflangan mehnatiga haq to‘lash miqdorini asoslash hamda aniqlashni talab qiladigan o‘zaro munosabatlar vujudga keladi.
Mehnat va ish haqi hisobi - hisob ishlarining aniq va operativ ma’lumotlar talab qiluvchi eng muhim hamda qiyin sohalaridan biridir. Unda xodimlar sonining o‘zgarishi, ish vaqtining sarflanishi, mehnatga haq to‘lash fondi, to‘lov turlari va xodimlar toifasi bo‘yicha hamda mehnatga haq to‘lash fondidan tashqari amalga oshiriladigan boshqa to‘lovlar, korxonaning har bir xodimi bilan hisob-kitoblar aks ettiriladi. Bu ma’lumotlar asosida mehnat unumdorligi mehnat resurslaridan foydalanish, xodimlar soni, ish haqi fondining sarflanishi va boshqalar bo‘yicha reja topshiriqlarining bajarilishi ustidan nazorat ana shu ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.
Shu munosabat bilan korxonaning buxgalteriya xizmati oldida mehnat me’yori va unga haq to‘lashni hisobga olish, nazorat qilish vazifalari ham belgilanadiki, bu esa:
ishbay ishlovchilar va boshqa xodimlarning ish sifatini to‘g‘ri va o‘z vaqtida hujjatlar bilan rasmiylashtirishni, shuningdek, ish haqini hisoblash va uni belgilangan muddatlarda to‘lashni;
hisoblangan ish haqi summalarini va ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalarni ishlab chiqarish xarajatlariga kiritish uchun xarajatlarning yo‘nalishlari bo‘yicha aniq taqsimlashni;
ish haqidan byudjetga majburiy to‘lovlarni, shuningdek, korxonaga yetkazilgan moddiy zararni ayrim tashkilotlar va jismoniy shaxslar foydasiga to‘g‘ri hamda o‘z vaqtida ushlab qolish va o‘tkazishni;
xodimlar sonini va ish vaqtidan foydalanishni nazorat qilishni ta’minlashi kerak.
Korxona va tashkilotlarda xodimlar soni ishlab chiqarish dasturi asosida aniqlanadi. Korxonada xodimlar, eng avvalo, ikki guruhga ajratiladi:
asosiy faoliyatda band bo‘lgan xodimlar;
asosiy bo‘lmagan faoliyatda band bo‘lgan xodimlar.
Asosiy faoliyatda band bo‘lgan xodimlar tarkibiga asosiy va yordamchi tsexlarning, yordamchi ishlab chiqarishlarning, zavod laboratoriya va bo‘linmalarining, tozalash inshootlarining, aloqa uzellarining, axborot-hisoblash markazlarining, barcha turdagi qo‘riqlashning, zavod boshqarmalarining xodimlari kiradi.
Asosiy bo‘lmagan faoliyatda band bo‘lgan xodimlar toifasiga uy-joy va kommunal xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatish, savdodagi, tibbiyot muassasalari hamda maktabgacha tarbiya muassasalarida band bo‘lgan xodimlar kiradi.
Korxonada xodimlar bajaradigan vazifalariga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
Ishchilar tarkibiga moddiy ne’matlarni yaratish, tuzatish, yuklarni ko‘chirish, yo‘lovchilar tashish, moddiy xizmatlar ko‘rsatish bilan bevosita band bo‘lgan xodimlar kiradi.
Xizmatchilar tarkibiga rahbarlar, mutaxassislar va boshqa xodimlar kiradi.
Rahbarlar tarkibiga korxona va uning tarkibiy bo‘linmalarida rahbarlik lavozimini egallab turgan xodimlar (direktor, uning o‘rinbosarlari, bosh muhandis, bosh iqtisodchi, bosh buxgalter, bosh texnolog) va boshqalar kiradi.
Mutaxassislar tarkibiga muhandislar, iqtisodchilar va boshqa iqtisodiy hamda muhandislik-texnikaviy ishlar bilan band bo‘lgan xodimlar kiradi.
Boshqa xodimlar toifasiga hujjatlarni tayyorlash, rasmiylashtirish ishlarini olib boruvchi, xo‘jalikka xizmat qiluvchi boshqa xodimlar (kassirlar, nazoratchilar, tabelchilar, ish yurituvchilar va hokazolar) kiradi.
|
| |