Mehnat haqi hisobini hujjatlarda rasmiylashtirish




Download 81,86 Kb.
bet3/7
Sana22.01.2024
Hajmi81,86 Kb.
#143482
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
15.мавзу

3. Mehnat haqi hisobini hujjatlarda rasmiylashtirish
Korxona va tashkilotlarda mehnat haqi hisobini to‘g‘ri tashkil qilish uchun, eng avvalo, shaxsiy tarkib hisobini to‘g‘ri yuritish lozim. Xodimlarni ishga qabul qilish, ishdan bo‘shatish, boshqa ishga o‘tkazish, ularga ta’til berilgani, tunda, ish vaqtidan tashqari vaqtda, bayram kunlarida ishlaganligi haqida ishonchli ma’lumot bo‘lgandagina korxona xodimlari bilan o‘z vaqtida hisob-kitob qilishi mumkin. Ana shu maqsadda korxona kadrlar bo‘limi shaxsiy tarkib hisobini hamda boshqa xizmatlar bilan birgalikda ish vaqtidan foydalanish hisobini olib boradi.
Shaxsiy tarkibni hisobga olish uchun quyidagi hujjatlardan foydalaniladi:
T-1 shakli. Ishga qabul qilish haqida buyruq.
T-2 shakli. Shaxsiy varaqa.
T-5 shakli. Boshqa ishga o‘tkazish haqida buyruq.
T-6 shakli. Ta’til berish haqida qayd.
T-8 shakli. Mehnat shartnomasini bekor qilish haqida buyruq.
Ish vaqtini hisobga olish uchun T-12 shaklidagi maxsus tabeldan foydalaniladi. Tabel - bo‘lim, brigada, tsex xodimlarining nomma-nom ro‘yxati bo‘lib, undan ish vaqtini hisobga olish uchun foydalaniladi.
Har bir xodimga tabel raqami biriktiriladi va u mehnat, ish haqi bo‘yicha ramiylashtiriladigan barcha hujjatlarda ko‘rsatilib boradi.
Hisobot davri boshlanishidan avval o‘tgan oydagi tabeldan xodimning ism-sharifi ko‘chirib yoziladi va ishga chiqish, ish vaqtini sarflashi shartli belgilar yordamida hisobga olib boriladi. Masalan, mehnat ta’tilidagilar «T», kasallik varaqasi bo‘yicha ishga chiqmayotganlar «K» harfi va hokazolar bilan belgilanadi.
Ishga chiqish va ish vaqtidan foydalanish hisobi tabelda ikki xil usulda amalga oshiriladi. Birinchi usulda barcha ishga chiqqan, kechikkan va ishga chiqmagan xodimlar to‘liq ro‘yxat qilib boriladi. Ikkinchi usulda esa tabelda faqat kechikkanlar, ishga chiqmaganlar, ya’ni ma’lum me’yordan chetga chiqqan xodimlar ro‘yxat qilib boriladi.
Har bir xodimning ishlagan vaqti tabelda hisobot oyining birinchi yarmiga va oy oxiriga, ya’ni ikki marta hisoblab chiqiladi. Tabel tsex boshlig‘i tomonidan imzolanadi va buxgalteriyaga ish haqi hisoblash uchun topshiriladi.
Mehnatga haq to‘lashning ishbay shaklida ish haqi hisoblash uchun tabel ma’lumotlari yetarli emas. Buning uchun quyidagi birlamchi hujjatlardan foydalaniladi:

Mahsulotni hisobga olish bo‘yicha birlamchi hujjatning eng keng tarqalgan turi naryaddir. Ko‘pchilik korxonalarda naryad ayrim ishchi yoki brigada tomonidan bajariladigan har bir ishlab chiqarish topshirig‘iga alohida yoziladi. Topshiriqlar tsexning reja-dispetcher byurosi tomonidan tsexning ishlab chiqarish rejasiga muvofiq texnologik karta asosida to‘ldiriladi. Ishchi tomonidan topshiriq bajarilgandan keyin ishlab chiqarilgan mahsulot soni yoki bajarilgan ish hajmi bajarish uchun sarflanishi lozim bo‘lgan material me’yori va haqiqatda berilgan materialning soni topshiriqda ko‘rsatiladi. Bu, o‘z navbatida, ish haqini topshiriq asosida hisoblashdagina emas, balki materiallar sarfining belgilangan me’yoriga rioya qilinishi ustidan nazorat olib borish imkonini ham beradi.
Ba’zi korxonalarda ishlab chiqarish hisobi marshrut varaqalari tizimida yuritiladi. Odatda, marshrut varaqalari tsexning reja-dispetcher xodimlari tomonidan yozilib, unda qayta ishlanishi lozim bo‘lgan ayrim detallar partiyasi ishlab chiqarish topshirig‘i sifatida qayd qilinadi, bajarilgan ish natijalari qayta ishlash jarayonlarining birinchi operatsiyasidan to oxirgi operatsiyasigacha nazorat qilinadi. Shu bilan birgalikda marshrut varaqalari yordamida texnologik jarayonning borishi nazorat qilinadi.
Ishchilarga ish haqi hisoblashda yo‘nalish varaqasi faqat bir smenada ishlab tamomlangan detallar bo‘yichagina asos bo‘la oladi. Agar shu smenada ayrim detallarning ishlovi tugallanmasa, unda ishchilarga ish haqi hisoblash uchun raport ochiladi. Raport ish smena boshlanmasdan oldin yoziladi va zarur detallarni tsexga jo‘natish uchun ombor xodimiga topshiriladi. Ombor xodimi detallarni jo‘natib, bu haqda raportga tegishli belgi qo‘yganidan keyin u texnika nazorati bo‘limiga beriladi. Smena oxirida qayta ishlangan detallar soni raportda qayd qilinadi.
Mehnat va ish haqini hisoblash bo‘yicha rasmiylashtiriladigan boshlang‘ich hujjatlar belgilangan muddatda buxgalteriyaning ish haqini hisoblash bo‘limiga topshiriladi. Buxgalteriyada boshlang‘ich hujjatlar tekshiriladi va qayta ishlash uchun hisoblash markaziga beriladi. O‘ayta ishlangan hujjatlar, ishchilarning tabel raqamlari buxgalteriyada tsexlar bo‘yicha guruhlanadi va ishchilarning ish haqi shaxsiy varaqalariga yozib boriladi. Ushbu boshlang‘ich hujjatlar asosida hisoblash vedomosti, ish haqi bo‘yicha me’yordan chetga chiqish vedomosti va boshqa yig‘ma hujjatlar tuziladi.
Korxona va tashkilotlarda tuzilgan ish haqini hisoblash vedomostida ishchi va xizmatchilarga ish haqi hamda undan ushlab qolinadigan summalar aks ettiriladi. Ish haqini hisoblash vedomosti har bir tsex xodimlarining toifalari bo‘yicha alohida tuziladi.
Iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi korxonalar oyning birinchi yarmi uchun ish haqi hisoblashning bo‘nakli va bo‘naksiz tartibini qo‘llashi mumkin.
Hisob-kitobning bo‘nakli usulida korxona xodimiga bo‘nak beriladi, oyning ikkinchi yarmi uchun ish haqi to‘layotganda esa uzil-kesil hisob-kitob qilinadi. Ikkinchi holda ishchiga rejadagi bo‘nak o‘rniga oyning birinchi yarmi uchun haqiqatda ishlab chiqarilgan mahsulot bo‘yicha yoki haqiqatda ishlangan vaqt bo‘yicha ish haqi hisoblab yoziladi.
Ish haqini hisoblash vedomosti ish haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitobni rasmiylashtirish uchun asosiy hujjatdir. Bu hujjatda har bir tabel raqami, xodimlarning toifasi hamda to‘lov va ushlab qolish turlari bo‘yicha tuziladi. Ish haqini hisoblash vedomostida quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘ladi:

  • to‘lov turlari bo‘yicha hisoblandi - 6710-«Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisoblashishlar» hisobvarag‘ining kredit oboroti;

  • ish haqidan ajratma va to‘lovlar ushlab qolindi va hisoblandi - 6710-«Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisoblashishlar» hisobvarag‘ining debet oboroti;

  • qo‘lga berish yoki oyning oxirida korxonada qoldi - 6710-«Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisoblashishlar» hisobvarag‘ining debet oboroti.

Ish haqini hisoblash vedomostining oxirgi ko‘rsatkichi to‘lov vedomostini to‘ldirish uchun hamda xodimga ish haqi berish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ishchi va xizmatchilarga ish haqi bo‘yicha hisoblashishlarni olib borish buxgalteriya hisobining schyotlar rejasida quyidagi schyotlardan foydalanish ko‘zda tutilgan:
6710-«Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisoblashishlar» hisobvarag‘i;
6720-«Deponirlashtirilgan ish haqi» hisobvarag‘i.
Ushbu schyotlar passiv bo‘lib, qoldiq schyotlarning kredit tomonida qoladi.
«Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom»ga muvofiq mehnat haqi xarajatlari ishlab chiqarish hamda davr xarajatlarining muhim xarajat elementlaridan biri hisoblanadi. Shu boisdan ishchi va xizmatchilarga ish haqi hisoblanganda, ularni xarajatlar tarkibiga kiritish lozim.
Korxonaning ishlab chiqarish faoliyati bilan band bo‘lgan ishchi va xizmatchilariga ish haqi hisoblanganida quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi:
D-t «Ishlab chiqarish xarajatlari» schyotlari (2010, 2310, 2510)
K-t 6710-«Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisoblashishlar» hisobvarag‘i.
Korxonaning ma’muriy-boshqaruv ishlarida band bo‘lgan xodimlarga ish haqi hisoblanganida quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi:
D-t 9420-«Ma’muriy-boshqaruv xarajatlari» hisobvarag‘i
K-t 6710-«Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisoblashishlar» hisobvarag‘i.
Uch ish kuni davomida olinmagan ish haqi deponentga o‘tkazilgan, ya’ni saqlash uchun qoldirilgan hisoblanadi. Kassir uni bankka korxonaning hisob-kitob varag‘iga o‘tkazib, «deponentga qo‘yilgan summa» deb ko‘rsatadi. Xodimlar uni korxona kassasidan chiqim orderi bo‘yicha oladi. Xodimlarning ish haqi summasi deponentga o‘tkazilganida quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi:
D-t 6710-«Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisoblashishlar» hisobvarag‘i
K-t 6720-«Deponirlashtirilgan ish haqi» hisobvarag‘i.
Deponentga qo‘yilgan summalar deponentlar daftarida yoki deponent varaqachasida qayd etiladi. U korxona tomonidan 3 yil mobaynida saqlanadi. Ko‘rsatilgan muddat tugagach, deponentga qo‘yilgan summalar yillik balans tuzish paytida korxona daromadlariga qo‘shiladi va quyidagicha buxgalteriya provodkasi bilan rasmiylashtiriladi:
D-t 6720-«Deponirlashtirilgan ish haqi» hisobvarag‘i
K-t 9360-«Kreditorlik va deponentlik qarzlarini hisobdan chiqarishdan olingan daromad» hisobvarag‘i.
Ishchi va xizmatchilarga ish haqi to‘langanida quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi:
D-t 6710-«Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisoblashishlar» hisobvarag‘i
K-t 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag‘lari» hisobvarag‘i.
Ishchi va xizmatchilar bilan hisob-kitobning analitik hisobi ish haqi hisoblash-to‘lash vedomostlarida, sintetik hisobi esa 6710-«Xodimlar bilan ish haqi boч‘yicha hisoblashishlar» hisobvarag‘ida yuritiladi.



Download 81,86 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 81,86 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mehnat haqi hisobini hujjatlarda rasmiylashtirish

Download 81,86 Kb.