|
Mavzu: «Meva daraxtlarni past bo‘yli payvandtaglarda yetishtirish texnologiyasi» reja
|
Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 121,5 Kb. | | #144665 |
Bog'liq 11 маруза мавзуси
Mavzu: «Meva daraxtlarni past bo‘yli payvandtaglarda yetishtirish texnologiyasi»
REJA:
Past bo‘yli daraxtlar haqida tushuncha.
Past bo‘yli meva daraxtlarining ahamiyati.
Meva daraxtlari uchun past bo‘yli payvandtaglar, ularni guruxlashtirish va tasnifi.
Past bo‘yli daraxtlar uchun yer tanlash, ko‘chat o‘tkazish va parvarishlash.
Tayanch so‘z ba iboralar: Past bo‘yli daraxtlar, ko‘chat o‘tkazish, tabiiy past bo‘yli daraxtlar va sun'iy past bo‘yli daraxtlar, daraxtlarning o‘sishini cheklash, sekin o‘sadigan past bo‘yli payvandtaglar, bochka yoki tuvakda ustirish, daraxt xajmini qisqartirish.
1. Past bo‘yli daraxtlar haqida tushuncha. Mevalardan yuqori hosil olish uchun boshqa tadbirlar qatorida mevali daraxtlarni past bo‘yli payvandtaglarda ustirish usuli ham qo‘llaniladi. Shox-shabbasi kichik xajmli bo‘lib, barvaqt hosil beradigan o‘simliklar past bo‘yli deb ataladi. Past bo‘yli daraxtlar ikki gruppaga bo‘linadi: tabiiy past bo‘yli daraxtlar va sun'iy past bo‘yli daraxtlar.
Birinchi gruppaga past bo‘yliligi - irsiy xususiyatli bo‘lgan meva daraxtlari kiradi. Bunga olmalarning ba'zi eski navlari Pepinka (Pepinka-Litovskaya, Turkman olmasi, Chulanovka va boshqalar), shuningdek, I.V. Michurin va boshqa seleksiyachilar yetishtirgan navlar (Vilyams letniy, Lyubimitsa Klappa, Shafran, Kitayka olmasi, Taejnoe, Plodorodnaya Michurina olchasi, Severnaya Michurina bexisi) va boshqalar kiradi.
O‘zbekistonda V.V.Kuznetsov past bo‘yli olmaning Pervenets Samarqanda degan yangi navini yetishtirgan. Sun'iy past bo‘yli daraxtlar oddiy past bo‘yli daraxtlarning oziqlanishini cheklab qo‘yish yo‘li bilan hosil qilinadi. Daraxtlarning o‘sishini cheklaydigan bir nechta usullar bor:
a) sekin o‘sadigan past bo‘yli payvandtaglarga payvand qilish;
b) bochka yoki tuvakda ustirish, bunda tuproqning xajmi kam bo‘lishi va yetarli oziqlanmasligi natijasida daraxt sekin o‘sadi, masalan sitrus va manzarali o‘simliklarni xonada o‘stirish;
v) daraxt hajmini qisqartirish maqsadida shox-shabbasini sistemali ravishda butab turish, shuningdek bukib yoki burab qo‘yish yo‘li bilan shox-shabbasiga oziq moddalari yetib borishini cheklab qo‘yish;
g) shoxlarni egib qo‘yish;
d) butoqlarni halqalash va boshqa.
Yaqinda daraxtlarga maxsus moddalar-retardantlar purkash yo‘li bilan ularning o‘sishini to’xtatib turishning kimyoviy usuli ishlab chiqildi. Har xil navlarni buta yoki mayda daraxtchalar shaklida o‘sadigan va ildiz sistemasi sust rivojlangan past payvandtaglarga payvandlash usuli eng ko‘p tarqalgan. Past bo‘yli payvandtaglardan pakana daraxtlar olish payvandtagning payvandustga ta'sir ko‘rsatishi bilan bog'liqdir.
Pakana va yarim pakana payvandtaglarga payvandlangan daraxtlar past bo‘yli va serhosil bo‘lishining sababi (A.I.Tatarinov, 1969) past bo‘yli payvand-taglardagi o‘tkazuvchi ildizlar ksilemasining naylar sistemasi yaxshi rivojlanma-ganligidadir, deb hisoblanadi, buning orqasida novdalar payvandtag bilan tutashib (bitib) ketish urniga (bu holat vegetatsiyaning ikkinchi yarmida o‘simliklarda suv tanqisligiga olib keladi) o‘sishdan to’xtaydi va natijada, ayniqsa bir yoshli novdalarda, gul kurtaklari hosil bo‘lishi uchun sharoit vujudga keladi.
Boshqa ma'lumotlarga ko‘ra, pakana daraxtlarda azot bilan uglevodlar nisbati gul kurtaklari hosil bo‘lishi uchun kerakli darajaga ertaroq yetadi, shu sababli ular baland bo‘lib o‘sadigan payvandtaglarga payvandlangan daraxtlarga nisbatan ertaroq hosilga kiradi. Pakana daraxtlarda uglevodlar mineral oziq elementlaridan ertaroq ustunlik qila boshlaydi. Bu holat o‘sishni buzib qo‘yadi va pakana daraxtlarning uzoq yashamasligiga olib keladi.
Ammo bu masalalarning xammasi xali batamom xal qilinganicha yo‘q. Ular yanada har tomonlama o‘rganib chiqilishi kerak. Bunday payvandtaglarning ildizlari sust rivojlanganligi tufayli tuproqdan mineral moddalarni, xususan, azotli moddalarni baland bo‘yli payvandtaglarning ildizlariga nisbatan kamroq oladi. Shuning uchun past bo‘yli daraxtlarda azot bilan uglevodlar o‘rtasidagi nisbat tezda gulkurtaklar hosil qilish uchun kerakli darajaga yetadi va bo‘lar kuchli o‘sadigan payvandtaglarga payvand qilingan daraxtlarga qaraganda erta hosilga kiradi. Past bo‘yli daraxtlarga oziq moddalar sekin okib kelishi natijasida uglevodlar mineral elementlardan juda erta ortib keta boshlaydi. Bu vegetativ o‘sish protsesslarini tuxtatib kuyadi va past bo‘yli daraxtlarning uzoq yashamasligiga sabab bo‘ladi.
2.Past bo‘yli meva daraxtlarining ahamiyati.
Meva daraxtlarini past bo‘yli payvandtaglarga ulab ustirishning o‘ziga xos ijobiy va salbiy tomonlari bor. Past bo‘yli daraxtlarning xarakterli xususiyati - ularning kichik bo‘lishidir. Oddiy va past bo‘yli payvandtaglarga ulangan daraxtlar dastlabki yillarda deyarli bir xilda o‘sadi. Lekin o‘sishdagi farq asta-sekin sezila boshlaydi va daraxtlar hosilga kira boshlashi bilan yaqqol ko‘rinadi.
Past bo‘yli payvandtagda ustirilgan daraxtlarning xajmi baland bo‘yli payvandtaglardagi daraxtlarga nisbatan ikki barovar kichikroq va shox-shabbasi ikki yarim barobar ingichkadir. Yarim pakana payvandtagdagi daraxtlar kattaligi jihatidan kuchli o‘sadigan va pakana payvandtaglarda ustirilgan daraxtlar o‘rtasida oralik urnini egallaydi.
Ammo daraxtlarning o‘sishi (pakana payvandtaglarda payvandlangan daraxtlarning) payvandga ham kuchli darajada bog'liqdir. Masalan, dusenga payvand qilingan 16 yoshli daraxtlar shox-shabbasining balandligi qandil Sinapda 5,2 m, Rozmarinda 5,5 m va Belflerda 3,8 m ga teng bo‘ladi. Past bo‘yli daraxtlarning kichik bo‘lishi ularni parvarishlashni: butashni, zararkunanda va kasalliklarga qarshi dori purkash va hosilni terib olishni osonlashtiradi.
Hosilni terib olishda katta narvon va meva uzadigan asboblarga bo‘lgan zaruriyat yuqoladi; hosilni terib olishda mehnat unumdorligi 1,5-2 marta, ba'zan esa 3-4 marta ortadi. Lekin erkin o‘stirilgan past bo‘yli daraxt bog'larida daraxtlar orasi yaqin bo‘lganligi uchun yerni ishlashni mexanizatsiyalashtirish (yerni mashinada ishlash) qiyin.
Past bo‘yli payvandtaglarda ustirilgan meva daraxtlari tez o‘sadigan payvandtaglarga nisbatan to‘rt-besh yil, yarim pakana payvandtaglarda esa bir ikki, uch yil ertaroq hosilga kiradi. Bexiga payvandlangan nok ko‘chati o‘tkazilgandan keyin uchinchi-to‘rtinchi yilda hosilga kiradi. Olma bilan nokning tula hosilga kirishi kuchli o‘sadigan payvandtagdagidan 6-12 yil oldinroq boshlanadi. Barvaqt hosilga kirish past bo‘yli daraxtlarning muhim biologik xususiyati va xo‘jalik uchun qimmatli belgisidir. Past bo‘yli payvandtaglarda o‘stirilgan daraxlarning yer ustki organlarida xo‘jayra shirasining yuqori konsentratsiyada bo‘lishi erta boshlanadi va bu xol ularning barvaqt hosilga kirishiga olib keladi. Hosilga kirish esa o‘sishni cheklab kuyadi (past bo‘ylilik). Bundan tashqari, barglarda tuplanadigan plastik qismi vegetativ organlarga sarflanadi.
Past bo‘yli daraxtlarning hosildorligi tez o‘sadigan daraxtlarnikidan past bo‘ladi. Ammo past bo‘yli payvandtaglarga ulangan daraxtlar oddiy daraxtlarga qaraganda ancha qalin o‘tkazilgandan xamisha oddiy daraxtlarga qaraganda ikki barobar va undan ham serhosil bo‘lib chikadi. Masalan, O‘zbekistonda dusenga payvandlangan 15 yoshli olmaning hosili kuchli o‘sadigan payvandtagdagiga qaraganda 3,8 marta, paradizkaga payvand qilinganniki esa 2,3 marta ko‘p, 26 yoshda esa shunga muvofik ravishda 2,3 va 1,7 marta ortiq bo‘lgan. Ammo 39 yil ichida o‘rta hisobda shu xo‘jalikning o‘zidagi dusen va paradizkaga payvandlangan olmalarning hosili amalda bir xil bo‘lib, gektariga 17,3-17,7 t ni tashkil kilgan.
Kuchli o‘sadigan payvandtagda esa bu ko‘rsatkich 8,8 t ni tashkil etgan.
Past bo‘yli daraxtlarning meva berishida solkashlik xollari kam uchraydi, bu usuv protsesslarining juda erta tugallanishiga va barglarning kech kuzgacha daraxtda saklanib turishiga bog'liq bo‘lsa kerak: bu esa daraxtda oziq moddalarning ko‘p tuplanishiga yordam beradi. R.R.Shreder nomidagi ishlab chiqarish birlashmasida 14-19 yoshli Qandil sinap, Rozmarin va Belfler nav olmalardan ular hosil bermaydigan yillari (6 yil ichida) hosil beradigan yildagiga qaraganda quyidagicha: paradizkaga ulanganlardan 14,7 %, dusenga ulanganlardan 26,3 %, kuchli o‘sadigan payvandtaglarga ulanganlardan esa 4,6 % hosil olingan.
Meva daraxtlari sekin o‘sadigan payvandtaglarga ulanganda, odatda, mevalarning sifati, ularning o‘rtacha bir tekisligi yaxshilanadi, shiradorligi ortadi, ularning ta'mi va rangi yaxshilanadi. Shu bilan birga past bo‘yli payvandtaglarda ustirilgan olmazor bog'larni tegishlicha parvarish qilinsa, ular a'lo tovar sifatli hosil beradi - terib olingan jami tovarning 90-95 % i standart mevalar, shu jumladan, 80 % birinchi nav mevalar bo‘ladi.
3. Meva daraxtlari uchun past bo‘yli payvandtaglar, ularni guruxlashtirish va tasnifi.
Mamlakatimizda olma daraxti uchun sekin o‘sadigan payvandtag sifatida past bo‘yli olmaning ayrim tur xillaridan foydalaniladi. Ularga dusen va paradizka olmasi kiradi. Dusen payvandlangan navni yarim pakana bo‘yli, paradizka esa pakana bo‘lib o‘sadigan qiladi. Ularning bir qator morfologik belgilari va biologik xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladigan bir necha xillari bor.
Past bo‘yli olma payvandtaglarining mavjud formalari birinchi marta Ist-Molling tajriba stansiyasida (Angliya-professor R.Xetton va uning xodimlari tomonidan) sistemaga solingan. Bu stansiya turli mamlakatlardan (Angliya, Germaniya, Gollandiya, Fransiya) keltirilgan klon payvandtaglarining keng qolleksiyasini (70) tupladi va ularni o‘rganib chiqish asosida 1939 yilda barcha past bo‘yli olma formalarini 16 tipga ajratdi va ularga 1 dan X1 gacha nomer qo‘yib chikdi. Ana shu klassifikatsiyaga muvofiq USH va 1X tiplar eng pakana o‘simlik gruppalariga, P, SH, 1U va UP tiplar yarim pakana o‘simlik gruppalariga kiradi. Ushbu klassifikatsiya halqaro miqyosda e'tirof qilingan. 1, U1, X, X1, X1U, XU tiplar kuchli o‘sadigan o‘simliklar gruppasiga va XP, XU1 tiplar juda kuchli o‘sadigan o‘simliklar gruppasiga kiradi.
Hozirgi vaqtga qadar professor Xetton olmaning 26 xil eng yaxshi payvandtaglarini tanlagan. Shindler (Germaniya) bilan Shpringer (Gollandiya) klon payvandtaglarning yangi formalarini aniqladilar va ular Xetton numeratsiyasini davom ettirib, bu formalarga XUP va XX tip deb nom berdilar.
Hozirgi vaqtda olmaning 27 ta eng yaxshi klon payvandtaglari tanlab olingan.
Xetton tomonidan sistemaga solingan olma tiplari mevachilikka oid halqaro
adabiyotlarda rim rakamlaridan tashqari xarf qo‘shimchasi M ga ham ega (Ist-Molling stansiyasining birinchi xarfi); masalan, 1 tip - M1, tip - MP va x.k. tarzida yoziladi.
Bundan tashqari, 1921 yilda Molling tajriba stansiyasi Mertondagi (Angliya) bog'dorchilik instituti bilan birgalikda klon payvandtaglarning 15 ta yangi formasini ajratib oldi, 101 dan 115 gacha nomer qo‘yilgan bu formalar Merton-Molling payvandtaglari nomini oldi va shuning uchun MM xarflari bilan belgilanadi. Shular orasidan 102, 104, 106, 111 formalari eng yaxshi bo‘lib chikdi.
Klon payvandtaglar yetishtirish borasidagi seleksiya ishlari Angliyadan tashqari Gollandiya, Shvetsiya, Norvegiya, Shveysariya, Avstraliya, GDR va GFRda ham olib borilmoqda.
Al'narpda (Shvetsiya) Ioganson tomonidan A1, A2, A3, A4 va A5 deb atalgan payvandtaglar yetishtirilgan, shular orasida A2 (kuchli o‘sadigan payvandtag) eng yaxshi hisoblanadi. GDRda Pilnitsadagi Bog'dorchilik institutida past bo‘yli olma payvandtaglari yetishtirilgan bo‘lib, ularning ba'zilari (Dalem payvandtaglari) sovuqka chidamlidir.
Mamlakatimizda pakana payvandtaglar bilan birinchi bo‘lib I.V.Michurin shugullana boshladi. 1901 yilda u xitoy olmasini paradizka bilan chatishtirish vositasida anchagina sovuqqa chidamli yarim pakana bo‘yli Michurin paradizkasini hosil kildi.
1945 yilda V.I.Budagovskiy, V.K.Tanasoev va D.P.Andryushenko (Moldaviya), A.F.Margolin (Qrim), G.V.Trusevich (Shimoliy Kavkaz), S.N.Stepanov (Michurinsk), B.A.Popov va boshqalar past bo‘yli payvandtaglar etishtirish bilan shugullana boshladilar. Ular bir qator duragay payvandtaglar yaratdilar, hozir ular sinovdan o‘tkazilmoqda. V.I.Budogovskiy yetishtirgan klon payvandtaglar orasidan kizil bargli paradizka bilan № 118 payvandtagni aloxida qayd qilib o‘tishimiz kerak.
G.V. Trusevich payvandtaglari:1-48-46, 1-48-2, 1-48-6, P-23-71, P-25-26, P-25-32. P.YA. Upit payvandtaglari: U104, U106, U107, U113, U116, U230 va U 557. B.A.Popov payvandtaglari: Timiryazevskaya 273.
Past bo‘yli va o‘rtacha payvandtaglarning kelib chiqishi to‘g'risida ko‘pgina turli fikrlar aytib utilgan. Shubxasiz, ularning ko‘pi Zakavkaze va O‘rta Osiyoda yovvoyi xolda o‘sadigan bo‘yli olmaga taalluklidir. Ulardan Marga Xidzor nav olma (Armanistonda), Xamandulli (Gruziyada), Dipchek olma (Ozarbayjonda), Turkman olmasi (boboarab va xazorasp olmasi), Turkmaniston va Xorazmda, shuningdek,V.I.Budagovskiy chiqargan bir kancha boshqa past bo‘yli olma navlari diqqatga sazovardir.
4.Past bo‘yli daraxtlar uchun yer tanlash, ko‘chat o‘tkazish va parvarishlash. Past bo‘yli daraxtlar uchun yer tanlash, ko‘chat o‘tkazish va parvarishlash bir qator xususiyatlarga ega. Shularning ba'zilarini ko‘rsatib o’tamiz.
Past bo‘yli daraxtlarning ildiz sistemasi nisbatan kam rivojlangan bo‘lgani va har gektariga ularni ko‘p miqdorda o‘tkazilishi sababli tuproqning suv-oziq rejimini ko‘proq tanlaydi. Shu sababli bog'lar barpo qilish uchun ajratiladigan uchastkalarning tuprogi unumdor, fizik xossalari yaxshi bo‘lishi kerak, tuprogi kumok yoki yengil bo‘lgani ma'qul. Sekin o‘sadigan payvandtaglarga ulangan daraxtlarning ildiz sistemasi juda yuza joylashganligi sababli ular tez o‘sadigan payvandtaglarga ulangan daraxtlarga qaraganda yuza joylashgan sizot suvlardan kam zararlanadi.
Dusenga ulangan ko‘chatlarni sizot suvlar 1,5-1,2 m gacha paradizkada va bexida esa 1,5 m chuqurda bo‘lgan yerlarga o‘tkazish mumkin. Kuchsiz shurlangan yerlarga bexiga payvand qilingan nok va paradizkaga payvand qilingan olmalarni ekish mumkin. Sho‘rga chidamliligiga ko‘ra past bo‘yli daraxtlarni quyidagi tartibda: bexi, paradizka, dusen (ayniqsa P va U tiplari) joylashtirish mumkin, buning uchun o’tloq tuproqlar ham to‘g'ri keladi.
Past bo‘yli daraxtlar o‘tkaziladigan uchastkalarning atrofiga shamol kuchini
kamaytiradigan bakuvvat ximoya daraxtlari ekilishi kerak. Yerni tayyorlash usuli odatdagidan farq kilmaydi. Har gektariga 50-60 t gung, 130-150 kg fosfor va 40-60 kg kaliy (sof modda) solinadi. Bu yerda 2-3 yoshli beda eng yaxshi yo‘ldosh ekin hisoblanadi. Daraxtlar kuzda noyabrda o‘tkaziladi. Daraxt o‘tkazish texnikasi odatdagicha.
Dusenga payvand qilingan keng shox-shabbali olmalar oraliklari 6x6-5 (268-333 ta daraxt), paradizkalarga payvand qilinganlari esa 5x5-4 m (400-500 ta daraxt) qilib ekiladi. Bexiga payvand qilingan noklar 4x4-3 m (625 ta daraxt) sxemasida o‘tkaziladi. Daraxt qatorlarini, agar relef va so‘g'orish sharoiti imkon bersa, asosiy shamollar yunalishiga to‘g'rilab joylashtiriladi. Bunday xollarda meva kam tuqiladi, shamol qatorlar bo‘ylab esganida daraxtlar kamroq egiladi. Vegetativ yo‘l bilan ko‘paytiriladigan past bo‘yli payvandtaglarning ildiz buyni bo‘lmaydi va qo‘shimcha ildizlarni oson chiqaradi. Ularni yaxshisi 12-15 sm chuqurlikda o‘tkazish kerak. Chuqur qilishning afzalligi shundaki, daraxtlar kamroq yiqiladi, ildizlarining muzlab qolish xavfi kamayadi, bachqilar (past bo‘yli daraxtlar ko‘proq) chiqaradi. Daraxtlarga ishlov berishda ildizlari kam zararlanadi.
Chuqur ko‘milgan ko‘chatlar (ko‘pincha nok ko‘chatlari, ba'zan o‘zidan ildiz chiqaradi. Bunday xolda vaqti-vaqti bilan (har 2-3 yilda bir marta) ildizlarini olib tashlash lozim. Paradizka 1X ga payvand qilingan erkin usayotgan ko‘chatlar chuqur o‘tkazilganda ham yoniga qoziq kokilgani ma'qul. O‘tkazib bo‘lingandan va yer so‘g'orilgandan keyin birinchi yili ko‘chatlar atrofini albatta yumshatish zarur.
Past bo‘yli daraxtlar ko‘pincha bir yoshligida kuchirib o‘tkaziladi. Bunda ko‘chatlarning bo‘yi 70 sm dan past bulmasligi va ildiz sistemasi yaxshi rivojlangan bo‘lishi kerak. Bir yillik ko‘chatlar odatda yaxshi tutadi. Bog' barpo qilishda yerni ag'darib, 50-60 sm chuqurlikda xaydash lozim. Past bo‘yli payvandtaglarga ulangan daraxtlarning ildiz sistemasi yuza joylashganligidan, yerni chim bosib ketsa, ularga salbiy ta'sir qiladi. Buning uchun yaxshisi qator oralarini shudgor qilib qo‘yish yokki sideratlar, sabzavot va chopiq qilinadigan ekinlar ekish ham mumkin, shox-shabbalar tutashib ketganida esa shudgor qilib qo‘yish kerak.
Past bo‘yli daraxtlar o‘tkazilgan bog'lar ug'it va suvga talabchan bo‘ladi. Daraxt o‘tkazish paytida har bir tupning tagiga 8-10 kg chirindi va 150-200 kg superfosfat solinishi lozim. Daraxtlar hosilga kirguncha har yili bog'ning har gektariga (sof modda hisobida): 60 -80 kg azotli, 40-50 kg fosforli va 30-40 kg kaliyli ug'it solib turilishi kerak. Hosil beradigan daraxtlar tagiga har yili hosil miqdoriga qarab, gektariga 180 kg azot (sof modda hisobida), 140 kg fosfor, 45 kg kaliy va ikki-uch yilda bir marta 20-30 t organik ug'itlar (gung, kompost) solib turish kerak. Iyun-avgustning boshlarida har safar 50-60 kg dan mineral ug'it berib oziqlantiriladi. Payvandtag kancha zaif bo‘lsa, daraxtlarning ug'itga talabi shuncha ortadi.
Gung yetishmagan takdirda daraxt qator oralariga 2-3 yilgacha siderat ekinlar, dukkakli o‘tlar ekiladi va ularni yozda uriladi-da, mulcha uchun qoldiriladi, kuzda esa xaydab yuboriladi. 2-3 yil o‘t ustirilgandan keyin hosil bo‘lgan chimni 20-25 sm chuqurlikda xaydab yuboriladi. Hosilga kirgan bog'larda qator oralarini ug'itlangan shudgor holida saklanadi.
Buz tuproqli yerlardagi bog'lar ko‘chat o‘tkazilgandan keyin dastlabki ikki-uch yil ichida, usuv davrida 8-10 marta, utlok-botkok tuproqli yerlarda esa 6-7 marta so‘g'oriladi. Sizot suvlar chuqur joylashgan bo‘lsa, hosil berish davrida dusenga payvand qilingan ko‘chatlar 4-5 marta, paradizkaga payvand qilinganlari esa 5-6 marta so‘g'oriladi, bunda bir-ikki marta yaxob suvi beriladi. Utlok-botkok tuproqli yerlardagi bog'lar esa usuv davrida 3-4 marta so‘g'oriladi. So‘g'orishlar normasi kamaytiriladi; har bir so‘g'orishda yosh daraxtli bog'larning gektariga 300 m3, katta daraxtli bog'larda esa 500 m3 hisobidan suv beriladi.
Past bo‘yli daraxtlar to‘liq so‘g'orilmasa, tez o‘sadigan daraxtlarga qaraganda kiynaladi va shu bilan birga, ularni oftob ham uradi. Tez o‘sadigan daraxtli bog'larga qaraganda, past bo‘yli daraxtli bog'larga ug'it solish, ularni so‘g'orish va shox-shabbasi tagidagi yerni ishlash muhimdir. Har safargi so‘g'orishdan keyin ariqchalar yumshatib qo‘yiladi.
Ko‘chat o‘tkazilganidan keyin dastlabki ikki-uch yilgacha qator oralariga ertagi sabzavot (kartoshka, karam, pomidor va boshqa) ekiladi, ularni ug'itlab turiladi. Ekin ekilmagan bog' tuprogini 18-25 sm chuqurlikda xaydab daraxtlar atrofini oktyabrning oxiri - noyabrning boshlarida qayta chopib qo‘yiladi. Erta ko‘klamda yerni 12-15 sm chuqurlikda yumshatiladi. Yoz davomida uni 3-4 marta yumshatib, begona o‘tlarni yo‘qotib turiladi.
Past bo‘yli payvandtaglar ulangan ko‘chatlarning ildiz sistemasini zararlantirmaslik uchun ular tanasining atrofini chuqur yumshatmaslik va qator oralarini chuqur xaydamaslik lozim (12-15 sm bo‘lishi yetarali). Yer juda chuqur qilib ishlansa, ildizlar zararlanishi orqasida ko‘chatlar yomon o‘sishi va mevalar yozda tuqilib ketishi mumkin. Daraxt tanasi atrofini poxol aralash gung bilan 10-15 sm qalinlikda mulchalab qo‘yish ma'qul. Shunday qilinganda sug'orishlar sonini kamaytirish mumkin.
Past bo‘yli daraxtlarning mayda ildizlari tuproq yuza qavatining kurib qolishidan va begona utlardan ko‘proq ta'sirlanadi. Yerni ishlash va gerbitsidlardan foydalanish tufayli ko‘p yillik begona o‘tlarning keng tarkalishini oldini olish kerak.
Savollar:
1. Past bo‘yli payvandtaglarni yetishtirish texnologiyasini tushuntirib bering?
2. Past bo‘yli payvandtaglarda yaxshi o‘sadigan olmani navlariga tasnif bering?
3. M9 va MM106 payvandtaglarga tasnif bering?
4. Past bo‘yli payvandtaglarda yetishtiriladigan bog'larga qanday talablar qo‘yiladi?
|
| |