• 1. Tovar va xizmatlarni sotish va sotib olish, savdo bitimlarni tuzish joyi;
  • Marketingning asosiy atamalari quyidagi tushunchalarni o’z ichiga oladi: zaruriyat, ehtiyoj, talab, tovar, ayriboshlash, bitim, bozor va h.k




    Download 111,28 Kb.
    bet2/4
    Sana13.05.2024
    Hajmi111,28 Kb.
    #229719
    1   2   3   4
    Bog'liq
    1.Microsoft kompaniyasining marketing strategiyasi

    Marketingning asosiy atamalari quyidagi tushunchalarni o’z ichiga oladi: zaruriyat, ehtiyoj, talab, tovar, ayriboshlash, bitim, bozor va h.k.

    • Zaruriyat - inson tomonidan biror-bir narsa etishmayotganligini sezish. Inson zaruriyatlari xilma - xil va murakkab bo’ladi. Bular jismoniy zaruriyat; dam olishga bo’lgan zaruriyat; ijtimoiy zaruriyat; shaxsiy zaruriyat va boshqalar. Ular inson tabiatining birlamchi tarkibiy qismi sanaladi. Inson zaruriyatlari, ehtiyojlari va talablari tovarlar bilan qondiriladi. Tovar deganda ehtiyoj yoki zaruriyatni qondira oladigan va e’tibor, jalb qilish, foydalanish yoki iste’mol maqsadida bozorga taklif qilinadigan narsa tushuniladi. Tovar ishlab chiqaruvchilar o’z tovarini sotish uchun xaridorlarni izlashi, ularning ehtiyojlarini aniqlashi va ushbu ehtiyojlarni iloji boricha to’laroq qondiradigan tovarlarni ishlab chiqarishlari lozim.
    • Ehtiyoj - har bir insonning madaniy darajasi va shaxsiyatiga muvofiq o’ziga xos shaklni olgan zaruriyatdir. Ehtiyojlarni qondirish maqsadida, turoperatorlar, turmahsulotga ega bo’lish istagini paydo qilish uchun maqsadli xatti-harakatlarni amalga oshiradilar.
    • Talab - xarid qobiliyati bilan ta’minlangan ehtiyoj.
    • Bozor — bu:
    • 1. Tovar va xizmatlarni sotish va sotib olish, savdo bitimlarni tuzish joyi;

      2. Tovar va xizmatlarni ayriboshlash bilan bog`liq iqtisodiy munosabatlar, ularning natijasida talab, taklif va narx shakllanadi.

    STRATEGIYA NIMA?

    • Strateg – yuqori vakolatlarga ega bo’lgan rahbar. I.Ansoffning ta’riflashicha, strategiya mohiyatiga ko’ra tashkilot o’z faoliyatini boshqarishida qaror qabul qilishdagi qoidalar to’plamini ifodalaydi.
    • Hozirgi davrda korxona strategiyasi uning amalga oshirishi mumkin bo’lgan harakatlarining maqsadi, vositalari va chegaralarini aniqlaydi.
    • Firma strategiyasi - bu ma’lum maqsadga erishish uslubining tanlanishi.

    Strategiya (grekchadan «strategos») bevosita «alohida vakolatlarga ega general san’ati» ma’nosini, fuqarolik tiliga tarjima qilganda esa – yuqori rahbarlik san’ati ma’nosini anglatadi.


    Download 111,28 Kb.
    1   2   3   4




    Download 111,28 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Marketingning asosiy atamalari quyidagi tushunchalarni o’z ichiga oladi: zaruriyat, ehtiyoj, talab, tovar, ayriboshlash, bitim, bozor va h.k

    Download 111,28 Kb.