|
Mavzu: Mobil texnologiyalarni pedagogik dasturiy yechimlari va pedagogik dasturiy vositalar yaratish tizimlari. Bulutli texnologiyalarni mobil qurilmalarda qo‘llash. Mobil ilovalarga ko‘rsatiladigan xizmatlarni tahlil qilish
|
bet | 2/8 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 19,47 Kb. | | #158876 |
Bog'liq Mavzu Mobil texnologiyalarni pedagogik dasturiy yechimlari va p-fayllar.orgTa’lim jarayoniga mobil texnologiyalarni joriy etish quyidagi qator afzalliklarga ega: –ixtiyoriy vaqtda, ixtiyoriy joyda o‘qish, o‘rganish mumkin (Mobillik); –o‘quv materiallarni turli ko‘rinishda, audio, video, rasm, grafika kabi multimedik imkoniyatlarga to‘la vizual tarzda taqdim etish imkoniyati (Multimediyali); –mobil ta’lim ko‘pincha o‘yin shaklida amalga oshiriladi (Geymifikatsion xarakterga egaligi); –monitoring qilish; –o‘quv jarayoni ishtirokchilari o‘rtasida axborot almashinuvini jadallashtirish; –ishtirok etishni nazorat qilish imkoniyatining mavjudligi (Ishtirokni monitoring qilish); –ta’lim oluvchilarning shaxsiy psixologik va fiziologik xususiyatlaridan kelib chiqib, individual yondashishda mobil qurilmalarning moslashuvchanligi (Individual yondashuv). –o‘quv jarayoni ishtirokchilari o‘rtasida axborot almashinuvini jadallashtirish; Ta’lim jarayonida mobil ta’lim imkoniyatlaridan foydalanish asoslari. O‘qituvchi ta’limning an’anaviy kunduzgi shaklidagi dars mashg‘ulotlarini loyihalashtirishda mobil texnologiyalardan foydalanish jarayoniga turlicha yondashishi mumkin. Masalan, o‘quv jarayonida mobil qurilmalardan foydalanish usullarini quyidagicha guruhlashtirish mumkin: –multimediyali o‘quv – web resurslar (audio fayllar, videofilmlar, grafika, xarita va tasvirlar)ni namoyish etish uchun; –o‘quv saytlari, resurslar, ma’lumotnomalar, lug‘atlarga tezkor kirishni ta’minlash; –ta’lim jarayonidagi muloqotni ta’minlash uchun (SMS, telegram, Web seminarlar va boshqalar). Mobil qurilmalardan ta’lim maqsadlarida foydalanishning bir necha imkoniyatlari mavjud: –Birinchidan, mustaqil ta’lim olish. Mobil ta’lim texnologiyalari asosida quyidagi umumpedagogik tamoyillar: materiallardan foydalanishning qulayligi va soddaligi, interaktivlik hamda o‘z o‘zini boshqarish va o‘zini o‘zi baholash imkonini beruvchi maxsus ilovalar yotganligi uchun mustaqil ta’lim olish imkoniyati yaratiladi. –Ikkinchidan, mobil ta’lim texnologiyalarning g‘oyalari maktablarda, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida an’anaviy o‘quv jarayonida ham birdek qo‘llanilishi mumkin. –Uchinchidan, mobil ta’lim masofaviy yoki korporativ o‘quv kurslariga samarali to‘ldiruvchi vazifasini o‘tashi mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: Mobil texnologiyalarni pedagogik dasturiy yechimlari va pedagogik dasturiy vositalar yaratish tizimlari. Bulutli texnologiyalarni mobil qurilmalarda qo‘llash. Mobil ilovalarga ko‘rsatiladigan xizmatlarni tahlil qilish
|