• Mobil Internet
  • Mavzu: Mobil texnologiyalarni pedagogik dasturiy yechimlari va pedagogik dasturiy vositalar yaratish tizimlari. Bulutli texnologiyalarni mobil qurilmalarda qo‘llash. Mobil ilovalarga ko‘rsatiladigan xizmatlarni tahlil qilish




    Download 19,47 Kb.
    bet3/8
    Sana19.02.2024
    Hajmi19,47 Kb.
    #158876
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Mavzu Mobil texnologiyalarni pedagogik dasturiy yechimlari va p-fayllar.org

    Mobil telefon – mobil aloqada foydalaniladigan telefon apparati turi. Hozirgi kunda, mobil telefon klaviatura va ekranga ega bo‘lib asta-sekin kompyuter, faks apparati, telefon apparati, qaydlar kitobchasi vazifalarini bajaruvchi ko‘p maqsadli abonent tizimiga aylanmoqda. Mobil aloqa muhiti– tayanch stansiyalar va bir guruh abonentlar tizimidan iborat bo‘lib, abonentlarning bir-birlari bilan o‘zaro axborot almashinuvini ta’minlovchi texnik vositalar majmuasi. Mobil aloqa tizimida barcha ma’lumotlar mobil telefon orqali elektromagnit to‘lqinlari ko‘rinishida simsiz havo orqali uzatiladi.

    Mobil aloqa xizmati operatorlari – abonentlar (mijozlar) uchun mobil aloqa xizmatlarini taklif qiluvchi tashkilotdir. Operatorlar vazifasiga radio chastotadan foydalanish va xizmat ko‘rsatish uchun kerakli hujjatlarni olish, o‘zining mobil tarmog‘ini tashkil qilish, foydalanish, xizmat shartlarini ishlab chiqarish, xizmat to‘lovlarini yig‘ish va texnik xizmat ko‘rsatish kiradi.

    Hozirgi vaqtda O‘zbekiston hududida 5 ta mobil aloqa operatori xizmat ko‘rsatmoqda, bular “Uzdunrobita” MCHJ HK – MTS, “YUnitel” MCHJ HK - Bilayn, “Koskom” MCHJ – Ucell, “Rubicon wireless comunication” MCHJ – “Perfektum Mobayl”, O‘zbektelekom AK – “O‘zbektelekom Mobayl”. Ushbu 5 ta mobil operator tomonidan bugungi kunda mobil so‘zlashuv, SMS, MMS, GPRS, Internet kabi xizmatlar ko‘rsatilmoqda.

    Mobil aloqa hizmatlari: so‘zlashuv, mobil internet va pochta. Mobil aloqa hizmatlari–mobil aloqa vositalari yordamida abonentlarning so‘zlashuvi, mobil internet va pochta xizmatlari amalga oshiriladi.

    So‘zlashuv – telefon raqami terilganda joriy mobil operator tayanch stansiyaning antennasi chaqirayotgan va chaqirilayotgan abonentlarni aniqlaydi. Shundan so‘ng ushbu axborot uzib ulagichga (kommutator) yuborilib ikkita abonent bog‘lanadi va ushbu abonentlar orasida so‘zlashuv (ma’lumot almashinish) amalga oshiriladi. Ya’ni ikkita harakatlanuvchi abonentning mobil telefonlar orqali o‘zaro muloqoti - so‘zlashuvdir.

    Mobil Internet – harakatdagi abonentlar uchun mobil aloqa tarmoqlari orqali Internet resurslaridan foydalanish texnologiyasi. Mobil aloqa tarmoqlarida so‘rovlar va so‘zlashish ma’lumotlari axborotlarning paketli ko‘rinishida uzatiladi. Bunda yuqori darajali xizmatni amalga oshirish, ayniqsa biznesni samarali boshqarish imkoniyati yaratiladi.


    Download 19,47 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 19,47 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Mobil texnologiyalarni pedagogik dasturiy yechimlari va pedagogik dasturiy vositalar yaratish tizimlari. Bulutli texnologiyalarni mobil qurilmalarda qo‘llash. Mobil ilovalarga ko‘rsatiladigan xizmatlarni tahlil qilish

    Download 19,47 Kb.