• Maktablarda ilmiy-uslubiy ishlarni zamon lalablari asosida tashkil etish
  • Maktab ilmiy-uslubiy kengash vazifalari
  • 24-Ma’ruza. «Texnologiya faniga oid metodik ishlar» Reja




    Download 44.44 Kb.
    bet1/4
    Sana31.01.2023
    Hajmi44.44 Kb.
    #40416
      1   2   3   4
    Bog'liq
    2-ma\'ruza 2022-23
    mutaxassislik kirish sillabus yangisi 2022 to\'g\'risi, jkCWiGnM43XR 8venqZxZcSuquQBxO0C, traf m hit modell dirm L RI, Operasion sistemalar va ularning turlari. Unix operatsion sistem, 1. Tebranma harakat haqida tushuncha Garmonik tebranma harakat k-fayllar.org, 3- nazorat ishi matematika, Внеклассное чтение, Reference-360211100094-4, O, Mavzu kompyuter bilan tanishuv mustaqil ishi, Professions, agror iqtisodiyot, qsF4zLC7EETqfW6l5nIW619wzWq3IfjmLIRNk9y8, Academic-Data-345191100338

    24-Ma’ruza. « Texnologiya faniga oid metodik ishlar»
    Reja:
    1. Umumiy o’rta ta’lim tizimida mehnat ta’limi fani bo’yicha metodik xizmatni tashkil qilish va amalga oshirish tizimI
    2. Metodik ishlarni tashkil qilish shakllari, mazmuni.
    3. Metodik ishlarni boshqarish tizimi.
    Maktablarda ilmiy-uslubiy ishlarni zamon lalablari asosida tashkil etish va unga rahbarlik qilish uchun maktab rahbari mohir pedagog va kasb-hunar sirlarini yaxshi biladigan mutaxassis bo`lishi kerak. U mustaqil ravishda bilim olish va malaka oshirish kurslari orqali ilmiy-uslubiy ishlarning mazmuni hamda ularni tashkil etishga oid masalalarni o`rganib borishi kerak.

    Maktab ilmiy-uslubiy kengash vazifalari



    maktab pedagog va texnik xodimlarining ilmiy-g`oyaviy saviyasini, pedagogik mahoratini oshirish;
    talabalarni milliy mustaqillik ruhida tarbiyalash mazmuni, shakl, usul va vositalarini takomillashtirish;
    ta'lim, tarbiya va rivojlantirish maqsadlarining birligi, umummilliy, umumkasbiy va maxsus tayyorgarlikning uzviyligini ta'minlash;
    ilg`or pedagogik va ishlab chiqarish tajribalarini, fan va texnika yutuqlarini o`rganish, umumlashtirish hamda ta'lim-tarbiya jarayoniga joriy etishdan iborat.
    Ilmiy-uslubiy ishlarda ishtirok etish maktablaridagi barcha rahbarlar, o`qituvchilar, muhandis-pedagoglar uchun majburiy bo`lib, bu ularning pedagogik faoliyatini ajralmas qismi hisoblanadi.


    Maktablarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning mazmuni, tashkiliy shakllari va ularga rahbarlik qilishga ta'lim tizimi oldida turgan vazifalardan kelib chiqadigan quyidagi asosiy talablar qo`yiladi:


    G`oyaviy yo`nalganlik,
    Ilmiylik.
    Aniq bir maqsadga qaratilganlik va tizimlilik.
    Ijodiy yo`nalganlik.
    Ta'sirchanlik va jozibadorlik.
    Maktablaridagi uslubiy ishlarning mazmuni, yo`nalishi, tuzilmasi kabilar uslubiy ish haqidagi Nizom bilan belgilanadi. Shu Nizomga muvofiq, jamoaviy va individual tarzda uslubiy ishlar olib boriladi.
    Quyidagilar jamoaviy uslubiy ish shakllari sirasiga kiradi:
    pedagogik kengash;
    uslubiy komissiyalar;
    ilg`or tajriba maktab, muammoli seminarlar, ilmiy-uslubiy konferensiyalar, pedagogik o`qish va turli uslubiy kengashlar.
    Individual uslubiy ish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
    Maktablari rahbarlari, o`qituvchilar, muhandis-pedagoglar va boshqa muhandis-texnik xodimlarning o`z g`oyaviy-siyosiy darajasi, pedagogik malakasi va kasbiy mahoratini oshirish yu`zasidan olib boriladigan mustaqil uslubiy ishlari;
    maktab rahbari (direktor), uning o`rinbosarlari, katta usta, o`qituvchilar, muhandis-pedagoglar va boshqa muhandis-texnik xodimlar bilan olib boradigan individual uslubiy ishlari.
    Uslubiy ishlar shakli va mazmuni bo`yicha ham, pedagogik xodimlarning turli guruhlarini qamrab olish bo`yicha ham muvofiqlashtirilgan taqdirdagina yuqori samaradorlikka erishish mumkin. Maktabda uslubiy ishlarni umumiy mavzu asosida tashkil etish tajribasi bunday muvofiqlashtirish usullaridan biridir. Uslubiy ishni bunday tashkil etishning mohiyati shundan iboratki, Maktab ma'lum bir vaqtga mo`ljallangan umumiy mavzuni tadqiq etadi. Buning natijasida ta'lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishning dolzarb muammolanni hal etishga muayyan hissa qo`shadi, turli toifadagi pedagogik xodimlarning tayyorgarlik darajasi hisobga olingan holda, ularning pedagogik mahoratini oshirish vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishga imkon beradi.
    Ushbu mavzu maktab ishining muayyan bosqichida uning uchun dolzarb bo`lishi: kasbiy ta'limga oid avvalgi tajribalarga bog`liq va ularning uzviy davomi bo`lishi; ta'lim-tarbiya nazariyasi va metodikasiga yangilik kiritilishi; daliliy materiallar bilan boyitilishi, umuman, ta`lim-tarbiya jarayonini sifat va samaradorligini oshirishga xizmat qilishi kerak. Bunday mavzularga quyidagilarni misol sifatida keltirish mumkin.

    Uslubiy ish maktabning istiqbol va joriy ish rejalarida mustaqil bo`lim sifatida rejalashtirilishi kerak. Mustaqil ishlarning tashkil etilishi va samaradorligini tekshirish masalalari Maktablarining ichki nazorat rejalarida o`z aksini topadi.




    Download 44.44 Kb.
      1   2   3   4




    Download 44.44 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    24-Ma’ruza. «Texnologiya faniga oid metodik ishlar» Reja

    Download 44.44 Kb.