Bajardi: Hotamov r tekshirdi: Saydullayev A




Download 1.52 Mb.
Sana20.05.2023
Hajmi1.52 Mb.
#62243
Bog'liq
agror iqtisodiyot
mutaxassislik kirish sillabus yangisi 2022 to\'g\'risi, jkCWiGnM43XR 8venqZxZcSuquQBxO0C, traf m hit modell dirm L RI, Operasion sistemalar va ularning turlari. Unix operatsion sistem, 1. Tebranma harakat haqida tushuncha Garmonik tebranma harakat k-fayllar.org, 2-ma\'ruza 2022-23, 3- nazorat ishi matematika, Внеклассное чтение, Reference-360211100094-4, O, Mavzu kompyuter bilan tanishuv mustaqil ishi, Professions, qsF4zLC7EETqfW6l5nIW619wzWq3IfjmLIRNk9y8, Academic-Data-345191100338

Mavzu: Agrar iqtisodiyotda investitsion va innovatsion siyosatning ahamiyati.
Bajardi:Hotamov R
Tekshirdi:Saydullayev A
Innovatsion siyosat olib borishning tashkiliy-iqtisodiy asoslari
Innnovatsion siyosatning ustuvor yo‘nalishlari
Agrobiznesda innovatsion jarayonlar.
Agrar iqtisodiyotda investitsion va innovatsion siyosatning ahamiyati yuqori darajada hisoblanadi. Bu siyosat, qishloq xo’jaligi sohasidagi innovatsiyalarni o’rganishni, yangi hodisalar va texnologiyalardan foydalanishni, ko’p yillik muomalalar olishni, mahsulotlarni o’simliklar va xayvonotlar muammo va muammolari yuzaga kelganda yechishlarini oshirishni maqsad qiladi.
Innovatsion faollik, u avvalo ishlab chiqarish jarayoni va uni boshqarishdagi ijobiy yangilik va o‘zgarishdir. Bu o‘zgarishlar ishlab chiqarishga birinchi navbatda ilg‘or texnologiyalar, fan yutuqlarini joriy etish, xo‘jaliklarni boshqarishni takomil lashtirish, mahsulot birligiga bevosita va bilvosita xarajatlar sarfini pasaytirishdir. Bizning fikrimizcha, innovatsion faollik to‘g‘risida eng to‘liq tasavvurga ega bo‘lish, uning darajasini aniqlash uchun innovatsion jarayonlar indikatorlari, innovatsion jarayonlar sifati indikatorlari va xodimlarni innovatsion faollikka chorlovchi indikatorlar kompleks tahlil qilinishi zarur. Innovatsion faollik darajasini tavsiflash uchun aynan ushbu indikatorlar guruhini tanlash va tahlil etish katta ahamiyatga ega.
Investitsiyalar, iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy vositalaridan biri hisoblanadi. Agro sektorida investitsiyalar, qishloq xo’jaligi sohasini rivojlantirishga va uni tekshirish va qayta tiklashga imkon beradi. Innovatsiyalar, qishloq xo’jaligi sohasidagi muammolarga yechim topish uchun zamonaviy yechimlar taqdim etishi bilan mahsulotlar sifatini oshirishga katta ruxsat beradi.
Iqtisodiyot tarmoqlarini innovatsion faoliyat asosida boshqarishga qaratilgan davlat dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishda zamonaviy menejment usullarini qo‘llash katta samara beradi. Bizningcha, bu boshqaruv bir necha bosqichdan iborat bo‘lmog‘i va eng maqbul samarali variantni tanlash bilan tugallanishi lozim
Innovatsion faoliyatni samarali boshqarish uchun innovatsiyalarni boshqarish maqsadini fermer xo‘jaliklarini boshqarish maqsadi bilan uyg‘unlashtirish, korxonaning raqobatbardoshligi hamda zaif va ustun jihatlarini aniqlash, innovatsiyalarni boshqarishning analitik, tajriba - eksperimental, prognozlash, iqtisodiy, ma'muriy, ijtimoiy - psixologik usullarini boshqarishda keng qo‘llash zarur. Davlat tomonidan innovatsion faoliyatni qo‘llab quvvatlashdan asosiy maqsad moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida progressiv yangiliklar bo‘lishini rag‘batlantirish, tarmoqlar va korxonalar raqobatbardoshligini oshirishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 noyabrdagi “Tadbirkorlik va innovatsiyalar sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 5583 sonli farmoni hozirgi kundagi xar bir sohadagi innovatsion faoliyatni rivojlantirish maqsadidagi siyosat bo‘lib, bu agrar sohada ham o‘z samarasini ko‘rsatadi
Birinchidan, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik qonun hujjatlaridagi yuridik shaxslarning amaldagi tashkiliy-huquqiy shakllari birgalikdagi biznesni yuritish uchun bir qadar murakkab tartib-taomillarni nazarda tutadi. Natijada ayrim investorlar yangi yuridik shaxs tashkil etmasdan o‘zlarining bo‘sh mablag‘larini og‘zaki shartnoma yoki qarz shartnomasi asosida yagona hissaga yo‘naltiradilar yoki birlashtiradilar;
Lkkinchidan, potensial investorlarni, ayniqsa, mustaqil ravishda tadbirkorlik tuzilmalarini tashkil etishga kirishmaydigan va o‘z mablag‘larini biznes yuritish uchun taklif qiladigan xorijiy investorlarni faol jalb qilish uchun huquqiy baza va tashkiliy platforma mavjud emas;
Uchinchidan, rivojlangan davlatlardan farqli ravishda O‘zbekiston Respublikasida biznesni yuritish asosan tavakkalchilik bir joyda to‘plangan sharoitlarda amalga oshiriladi, ya'ni pul mablag‘larini jamg‘arish va ularni boshqarish bilan ayni bir shaxslar shug‘ullanadi. Tavakkalchilikni taqsimlash mexanizmlari hamda investitsiya aktivlarini professional boshqaruvchilarining mavjud emasligi xorijiy investorlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilishda salbiy ta'sir qilmoqda
O‘zbekiston agrobiznesni rivojlanishi ko‘p jihatdan innovatsion faoliyatning samaradorligiga bog‘liq. Innovatsiyalarni o‘zlashtirish natijasida qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish bazasi texnologik, texnik va tashkiliy-iqtisodiy jihatdan yangilanib boradi. Bu esa o‘z navbatida, O‘zbekistonning jahon bozoriga integratsiyasini kuchaytiradi. Mamlakatlar iqtisodiyoti turi va rivojlanish darajasiga qarab, asosan, xomashyo ishlab chiqarishga ixtisoslashgan doindustrial (preindustrial) iqtisodiyot, industrial iqtisodiyot, postindustrial iqtisodiyot, aralash iqtisodiyot va innovatsion iqtisodiyot yoki bilimlar iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlarga bo‘linadi
Innovatsion iqtisodiyot iqtisodiyotning eng yuqori rivojlangan turi hisoblanadi va u uchun bilimli jamiyat xosdir. Hozirigi kunda fan-texnika yutuqlarini keng joriy etish va undan samarali foydalanish uchun turli mexanizmlar va institutsional tuzilmalar, ya'ni milliy innovatsion tizim shakllanmoqda.
Download 1.52 Mb.




Download 1.52 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bajardi: Hotamov r tekshirdi: Saydullayev A

Download 1.52 Mb.