• MAVZU:KOMPYUTER BILAN TANISHUV MUSTAQIL ISHI Qabul qildi:Qurbonova Sh. SAMARQAND-2022 RE’JA
  • Axborot va ma’lumotlarning tasnifi va xususiyatlari Axborot madaniyati haqida tushuncha Ma’lumotlarni ishlab chiqish bosqichlari
  • Savol yakuni
  • Mavzu: kompyuter bilan tanishuv mustaqil ishi




    Download 194.89 Kb.
    bet1/9
    Sana02.05.2023
    Hajmi194.89 Kb.
    #55705
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Mavzu kompyuter bilan tanishuv mustaqil ishi
    mutaxassislik kirish sillabus yangisi 2022 to\'g\'risi, jkCWiGnM43XR 8venqZxZcSuquQBxO0C, traf m hit modell dirm L RI, Operasion sistemalar va ularning turlari. Unix operatsion sistem, 1. Tebranma harakat haqida tushuncha Garmonik tebranma harakat k-fayllar.org, 2-ma\'ruza 2022-23, 3- nazorat ishi matematika, Внеклассное чтение, Reference-360211100094-4, O, Professions, agror iqtisodiyot, qsF4zLC7EETqfW6l5nIW619wzWq3IfjmLIRNk9y8, Academic-Data-345191100338

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SHAROF RASHIDOV NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI AXBOROT TIZIMLARINING MATEMATIK VA DASTURIY TA’MINOTI YO’NALISHI 310-GURUH TALABASI BURXONOV ABRORNING INFORMATIKA O’QITISH METODIKASI FANIDAN BAJARGAN

    MAVZU:KOMPYUTER BILAN TANISHUV


    MUSTAQIL ISHI

    Qabul qildi:Qurbonova Sh.




    SAMARQAND-2022
    RE’JA

    1. Informatikaning vujudga kelishi tarixi, hozirgi zamondagi


    o‘rni va uning rivojlanish istiqbollari

    1. Axborot va ma’lumotlarning tasnifi va xususiyatlari

    2. Axborot madaniyati haqida tushuncha

    3. Ma’lumotlarni ishlab chiqish bosqichlari


    Informatikaning vujudga kelishi tarixi, hozirgi zamondagi


    o‘rni va uning rivojlanish istiqbollari

    Informatika 60-yillarda Fransiyada elektron hisoblash mashinalari yordamida axborotni qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi sohani ifodalovchi atama sifatida yuzaga keldi. Informatika atamasi lotincha informatic so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, tushuntirish, xabar qilish, bayon etish ma’nolarini anglatadi. Franso’zcha informatique (infomatika) so‘zi axborot avtomatikasi yoki axborotni avtomatik qayta ishlash ma’nosini anglatadi. Ingliz tilida bu atama Computer science (kompyuter texnikasi haqidagi fan) sinonimi mos keladi.


    Informatikaning inson faoliyatini mustaqil sohasi sifatida ajralib chiqishi birinchi navbatda kompyuter texnikasining rivojlanishi bilan bog’lik. Bunda asosiy xizmat mikroprotsessor texnikasiga to‘gri keladi, uning paydo bo‘lishi 70-yillar o‘rtalarida ikkinchi elektron inqilobini boshlab berdi. Ikkinchi navbatda axborot hajmining keskin oshishi sabab bo‘ldi.


    Informatika axborotni qayta ishlash, ularni qo‘llash va ijtimoiy amaliyotning turli sohalariga ta’sirini EHM tizimlariga asoslangan holda ishlab chiqish, loyihalash, yaratish, baholash, ishlashning turli jihatlarini o‘rganuvchi kompleks ilmiy va muhandis fani sohasidir.

    Informatika bu jihatdan axborot modellarini qurishning umumiy metodologik tamoyillarini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan. Shu bois axborot uslublari ob’ekt, hodisa, jarayon va hokazolarni axborot modellari yordamida bayon etish imkoniyatiga egadir.


    Informatikaning vazifalari, imkoniyatlari, vosita va uslublari ko‘p qirrali bo‘lib, uning ko‘plab tushunchalari mavjud. Ularni umumlashtirib quyidagicha talqinni tavsiya etamiz.


    Informatika - kompyuterlar yordami va ularni qo‘llash muhiti vositasida axborotni yangilash jarayonlari bilan bog‘liq inson faoliyati sohasidir.


    Informatika keng ma’noda insoniyat faoliyatining barcha sohalarida asosan kompyuterlar va telekommunikatsiya aloqa vositalari yordamida axborotni qayta ishlashi bilan bog‘liq fan, texnika va ishlab chiqarishning xilma-xil tarmoqlari birligini o‘zida namoyon etadi.


    Informatika tor ma’noda o‘zaro aloqador uch qism - texnik vositalar, dasturiy vositalar va algoritmik vositalar sifatida tasavvur etish mumkin. O‘z navbatida informatikani ham umuman, ham qismlari bo‘yicha turli jihatlardan: xalq xo‘jaligi tarmog‘i, fundamental fan, amaliy fan sohasi sifatida ko‘rib chiqish mumkin.


    Informatika xalq xo‘jaligi tarmog‘i sifatida kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish va axborotni qayta ishlash zamonaviy texnologiyasini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan xo‘jalik yuritishning turli shakllaridagi korxonalarning bir turda jamlanishidan iborat bo‘ladi.


    Informatika fundamental fan sifatida kompyuter axborot tizimlari negizida istalgan ob’ektlar bilan boshqaruv jarayonlarini axborot jihatidan ta’minlashni barpo etish metodologiyasini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.


    Informatika amaliy fan sohasi sifatida quyidagilar bilan shug‘ullanadi:





    1. axborot jarayonlaridagi qonuniyatlarni o‘rganish (axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash, tarqatish);




    1. inson faoliyatining turli sohalarida kommunikatsiya - axborot modellarini yaratish;




    1. aniq bir sohalarda axborot tizimi va texnologiyalarini ishlab chiqish va ularning hayotiy bosqichini, ularni ishlab chiqarish, ishlashni va hokazolarni loyihalash,

    ishlab chiqish bosqichlari uchun tavsiyalar tayyorlash.


    Informatikaning bosh vazifasi axborotni yangilash, uslub va vositalarni ishlab chiqish va axborotni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini tashkil etish, ulardan foydalanishni ishlab chiqishdir.


    Informatikaning asosiy vazifalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:





    1. istalgan xususiyatdagi axborot jarayonlarini tadqiq etish;




    1. axborot jarayonlarini tadqiq etishdan olingan natijalar negizida axborotni qayta ishlaydigan axborot tizimini ishlab chiqish va yangi texnologiyani yaratish




    1. jamiyat holatining barcha sohalarida kompyuter texnikasi va texnologiyasidan samarali foydalanishning ilmiy va muhandislik muammolarini yaratish, tatbiq etish va ta’minlashni hal etish.

    Savol yakuni: Masalan banklarda bajarilayotgan operatsiyalarning hajmi kundan-kun oshib borishi sababli bu yerda bajarilayotgan faoliyatni kompyutersiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.

    Download 194.89 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 194.89 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: kompyuter bilan tanishuv mustaqil ishi

    Download 194.89 Kb.