• 2-Bob. O’zbekistonda qurilish tarmog’ini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari va muammolari
  • Mavzu: Oʻzbekistonda qurilish sohasini rivojlantirishning tashkiliy iqtisodiy asoslari Mundarija: Kirish




    Download 289.5 Kb.
    bet1/7
    Sana27.03.2024
    Hajmi289.5 Kb.
    #179182
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Oʻzbekistonda qurilish sohasini rivojlantirishning tashkiliy iqtisodiy asoslari
    Подготовка к творческому вечеру «А. С. Пушкин в Узбекистане», @uqituvchiga hujjat baxolar vedmosti, G\'ofurjon, 1-Mavzu.-Kiberxavfsizlikga-oid-milliy-va-xorijiy-me’yoriy-huquqi, Zamonaviy antivirus dasturiy vositalari va ularning imkoniyatlari(masalan, Malwarebytes misolida), Mavzu №8, Mavzu №7, Mavzu №5, Mavzu Zardushtiylikda tabiatning ulug\'lanishi-fayllar.org, Iqtisodiyot” (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) fakulteti 1 – bosqi, Тулов квитанцияси, I. Qatorlar haqida tushunchalar 1 Sonli qatorlar (2), 2-mavzu. Uch o‘lchovli integral va uning asosiy xossalari. Uch k, Маиший чиқиндиларни тозалаш ташиш ва, O’zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi va davlatning ijtimoiy siyosati

    Mavzu: Oʻzbekistonda qurilish sohasini rivojlantirishning tashkiliy iqtisodiy asoslari
    Mundarija:
    Kirish.


    1-Bob. Qurilishning milliy iqtisodiyotda tutgan o’rni va ahamiyati



      1. Milliy iqtisodiyotning mustaqil tarmog’i sifatida qurilishning shakllanishi va texnik-iqtisodiy xususiyatlari

    1.2 Qurilishning tashkiliy shakllari, moddiy-texnika bazasi va uning rivojlanish istiqbollari


    2-Bob. O’zbekistonda qurilish tarmog’ini rivojlantirishning asosiy
    yo’nalishlari va muammolari

    2.1 Kapital qurilishda shartnoma tizimi va tanlov savdolari
    2.2 Qurilishda tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari va imkoniyatlari

    Kirish
    Mamlakatimizda kapital qurilish tarmog’iga qaratilayotgan yuksak e’tibor natijasida tarmoqda sezilarli yutuqlar qo’lga kiritilmoqda. Shu boisdan, shaharlar va qishloq aholi punktlarining me’moriy qiyofasini tubdan yangilash, ularni zamonaviy shaharsozlik talablari asosida rivojlantirish hamda aholining uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitini yanada yaxshilashga qaratilgan ko’plab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
    Qurilish sohasining ustuvor vazifalariga, aholining jadal sur’atlar bilan o’sishini inobatga olgan holda ularni arzon, har tomonlama qulay va shinam uy- joylar hamda aholi punktlarida ijtimoiy va bozor infratuzilma ob’ektlarini qurish, shuningdek sohada investitsiya dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlariga ajratilgan mablag’lardan samarali foydalanish kabilar kiradi.
    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategyasi to’g’risida” gi PF-4947-son farmonining qabul qilinishi islohotlarni mutlaq yangi bosqichga olib chiqdi. Mazkur farmonga muvofiq “2017-2023 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi” qabul qilinib, unga binoan aholi turmush darajasini oshirish, ularning farovon hayot kechirishini ta’minlash, shuningdek aholini arzon, shinam va har tomonlama qulay uy-joy bilan ta’minlash, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiyalash, ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, xususan kapital qurilish sohasini yanada rivojlantirish kabi muhim vazifalarning amalga oshirilishi yuzasidan kompleks chora-tadbirlar hamda sohaga oid bir qancha Yo’l xaritalari ishlab chiqilgan.
    Shuni ta’kidlash joizki, “... xalqning talab va istaklarini inobatga olgan holda, joriy yilning o’zida imtiyozli ipoteka kreditlari asosida arzon uy-joylar qurish loyihasini amalga oshirishga kirishilganligi hamda shahar va qishloqlarda jami 3,5 mln. kv.dan ziyod namunaviy uylar va ko’p qavatli uy-joylar barpo
    etilganligi, shuningdek ushbu raqamni avvalgi yillardagilar bilan taqqoslaganda, 2007 yilga nisbatan 20 barobar, namunaviy uy-joylar qurish dasturi boshlangan 2010 yilga nisbatan 3,5 barobar, 2014 yilga nisbatan esa 2 barobar ko’p uy-joy qurilganligi, shuningdek keyingi 25 yil davomida birinchi marta aholi uchun arzon, barcha qulayliklarga ega bo’lgan ko’p qavatli uy-joylarni qurish boshlanganligi, 2017 yilning o’zida 800 ming kv. kv.m. dan ziyod ana shunday
    uy-joylar qurib foydalanishga topshirilganligri hamda birgina Toshkent shahrining o’zida joriy yilda 420 ming kv.m. dan ko’p qavatli uy-joy fondi foydalanishga topshirilib, bu o’tgan yilga nisbatan qariyb 3 barobarga ko’pligi alohida ta’kidlab o’tildi.
    Respublika bo’yicha barcha manbalar hisobidan jami 37,5 trln. so’m hajmda qurilish ishlari bajarilib, o’tgan yilga nisbatan 120,5 foizga o’sish kuzatildi. Natijada joriy yilda jami 15 mingta arzon namunaviy uylar, 191 ta arzon ko’p qavatli uylar va 2,5 mingta ijtimoiy soha ob’ektlari foydalanishga topshirildi.
    Iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, xususan qurilish tarmog’idagi tarkibiy islohotlarni yanada jadallashtirish, qurilish ishlab chiqarish ko’lamini kengaytirish va qurilish mahsulotlari sifatini zamon talablari darajasiga yetkazish bilan bog’liq masalalarini hal etishga yo’naltirilgan dasturlarni amalga oshirishda qurilish ishlab chiqarishi iqtisodiyoti, tashkil etish va boshqaruviga oid fanlar yutuqlarini o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
    Davlat va xo’jalik sub’ektlari miqyosida amalga oshirilayotgan investitsiya siyosatini, uning ustuvor yo’nalishlarini yaxshi tushunish, investitsiyalarni yangi qurilishga sarflash variantlarini, amaldagi ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va rekonstruktsiya qilishni, fan-texnika taraqqiyotining eng yangi yutuqlari asosidagi texnika va texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilishni bilish bugungi kundagi mutaxassislar uchun juda muhim hisoblanadi.
    Mamlakat iqtisodiyoti tamoqlari qatorida kapital qurilishi tarmog’ining o’rni beqiyosdir. SHu boisdan mamlakat qurilish tarmog’ining muammoli masalalarini nazariy va amaliy jihatdan chuqur o’rganish, ularni hal etish yo’llarini topish va hayotga tatbiq etishda mazkur “Qurilish iqtisodiyoti” nomli o’quv qo’llanmasi muhim ahamiyat kasb etadi.
    Qurilish sohasida iqtisodiy islohotlarning asosiy yo’nalishlari va muammolarini mukammal bilishlarida, xususan qurilish iqtisodiyotiga oid muammolarni hal etishda, shuningdek sohada puxta investitsiya siyosatini yurgizish va chet el investitsiyalarini yanada ko’proq jalb qilish kabi masalalarda talabalarning chuqur bilim va amaliy ko’nikmalarga ega bo’lishlarida qurilish iqtisodiyoti sohasidagi barcha adabiyotlar qatorida mazkur o’quv qo’llanma ham o’z samarasini beradi degan umiddamiz.

    Download 289.5 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 289.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Oʻzbekistonda qurilish sohasini rivojlantirishning tashkiliy iqtisodiy asoslari Mundarija: Kirish

    Download 289.5 Kb.