7-mavzu. Avtomobil` yo'llarini rekonstruktsiya qilish tartib qoidalari va me'yorlari.
Reja:
1. Avtomobil` yo'llarini rekonstruktsiya qilish ishlarini belgilash tamoyillari.
2. Avtomobil` yo'llarini holatini baholash va avtomobil` yo'llarini rekonstruktsiya qilish
tadbirlari.
3. Avtomobil` yo'l poyini, yo'l qoplamasini rekonstruktsiya qilish tartibi va usullari.
4. Avtomobil` yo'l qoplamasini regeneratsiya qilish tartibi va uslubllari.
Tayanch so‘z va iboralar: rekonstruktsiya, SHNQ, yo‘l konstruktsiyalari, inshootlar, to‘shama, qoplama, yo‘l jihozlari, harakatni tashkil etish, harakatni boshqarish, harakatni cheklash, aylanma harakatni tashkil etish, tayyorgarlik ishlari, qoplamalarni kuchaytirish, qoplamalarni yangilash, ogohlantirish, cheklash, harakatni qayta tiklash.
Shaharsozlik normalari va qoidalari SHNQ 3.06.03-08 Ushbu qoidalar umumiy foydalanishdagi va xo'jalik avtomobil yo'lla-rini qurish va mavjudlarini rekonstruktsiya qilishda qo'llaniladi.
Avtomobil yo'llari qurish va rekonstruktsiya qilishda ushbu qoidalardan tashqari SHNQ 2.05.02 ning 3 qismi, QMQ 2.05.11 ning 7 qismi, shuningdek xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi me'yoriy hujjatlarining talablarini bajarish zarur.
Muassasaviy norma va qoidalar MKN 52-2008 “Nobikr yo'l to'shamalari mustahkamligini baholash va uni kuchaytirishni hisoblash bo'yicha ko'rsatmalar” me'yoriy talablari.
Yo'l konstruktsiyalarining mustahkamligi avtomobil yo'lining texnik darajasi va foydalanish holatiga ta'sir qiluvchi muhim transport-ekspluatatsiya ko'rsatkichlaridan biri hisoblanadi.
Ko'rib chiqilayotgan paytda yo'l qoplamasining zarur yaxlitligi va ravonligi ta'minlansa, yo'l to'shamasi mustahkam hisoblanadi. Yuzaga ishlov berish yoki yupqa yeyilish qatlamlari natijasida hosil bo'ladigan yo'l qoplamasining yaxlitligi yo'l konstruktsiyasining mustahkamligini ta'minlovchi shart hisoblanmaydi. Yo'l to'shamasining umumiy qalinligi konstruktsiyaning zarur sovuqqa chidamliligini ta'minlash uchun yetarli bo'lganida;
yo'l konstruktsiyasining elastiklik modullari harakat shartlari bo'yicha talab qilinadigan modellardan past bo'lmaganida;
to'shamaning bog'langan qatlamlaridagi egilishda ruxsat etilgan qiymatdan oshadigan cho'zuvchi kuchlanish paydo bo'lmaganida;
yo'l to'shamasining bog'lanmagan va bo'sh bog'langan qatlamlari hamda yo'l poyi tuprog'ida yuzaga keladigan kuchlanishlar siljish bo'yicha mahalliy chegaraviy muvozanat shartlari ta'minlanadigan qiymatlardan oshmaganida yo'l konstruktsiyasining mustahkamlik shartlariga amal qilinadi.
Yo'l konstruktsiyasidan foydalanish jarayonida avtomobil harakati, ob-havo, iqlim va gidrologiya omillari ta'sirida alohida konstruktiv elementlardagi ortga qaytarib bo'lmaydigan ichki o'zgarishlar bilan bog'liq bo'lgan mustahkamlikning asta-sekin kamayishi yuz beradi. Ushbu ortga qaytarib bo'lmaydigan o'zgarishlar asosan yilning hisobiy davrida yig'ilib qoladi.
O'zbekistonda hisobiy davr qishki-bahorgi yog'ingarchiliklar davriga to'g'ri keladi.
Yo'l qoplamalarining muddatidan oldin shikastlanishining oldini olish uchun yo'l konstruktsiyasining mustahkamligi baholanadi va ularning ishonchliligi va zarur xizmat muddatini ta'minlovchi chora-tadbirlar tayinlanadi.
Yo'l konstruktsiyalarining mustahkamligini baholash quyidagilar uchun zarur:
• ta'mirlash ishlari uchun ajratilgan mablag'larni oqilona rejalashtirish hamda ta'mirlash ishlarining hajmi va manzilini aniqlash maqsadida foydalanilayotgan yo'llar holati to'g'risidagi ma'lumotlar bazasini to'ldirish;
• qidiruv ishlarini o'tkazish hamda yo'llarni kapital ta'mirlash yoki rekonstruktsiya qilish uchun texnik-iqtisodiy asoslarni tayyorlash;
• qurilish sifatini nazorat qilish uchun yangidan qurilgan, rekonstruktsiya qilingan yoki ta'mirlangan yo'l uchastkalarini foydalanish uchun qabul qilib olish bosqichida;
• mavjud qoplamalarni kuchaytirish yoki yilning namgarchilik shartlari bo'yicha noqulay davrlarida avtomobillar harakatini g'ildirak o'qiga tushadigan og'irlik bo'yicha vaqtinchalik cheklash masalasini hal qilishda;
• mavjud yo'llar bo'yicha katta yukli, me'yoridan yuqori yuklarni o'tkazish to'g'risidagi tavsiyalarni ishlab chiqishda;
• ilmiy-tadqiqot maqsadlarida.
Ko'tarish (mustahkamlik) qobiliyatini umumlashtiruvchi mezon sifatida konstruktsiyaning qaytariluvchi egilish (elastiklik moduli) qiymati foydalaniladi. Talab qilingan mustahkamlik ko'rsatkichlari qabul qilingan hisobiy yuk, qoplama turi, qo'l to'shamasining umumiy qalinligi, yo'l-iqlim mintaqasi va yo'lning tadqiq qilinayotgan uchastkasidagi tuproq-gidrologiya sharoitlari hisobga olingan holda belgilanadi.
Mustahkamlikni baholash uchun yo'l to'shamalari yilning ham hisobiy, ham hisobiy bo'lmagan davrlarida dala sinovlaridan (uzluksiz va nazorat) o'tkaziladi. Olingan natijalar hisobiy yilga keltiriladi.
Yo'llarni foydalanish uchun qabul qilib olish bosqichida dala sinovlarini (nazorat va muntazam) yo'lning 500 m dan kam bo'lmagan uzunlikdagi xarakterli uchastkasi qurilib bitkazilganidan keyin o'tkazish lozim.
Qoplamalarni kuchaytirish to'g'risidagi masalani hal qilishda yo'l to'shamalarining ravonlik yoki qoplamalarning darzlar, yoriqlar va to'lqinlar ko'rinishidagi nuqsonlar bilan shikastlanishi holati amaldagi talablarga javob bermaydigan paytda yo'l to'shamalari dala sinovlaridan o'tkaziladi. Ki yo'l to'shamasining ruxsat etilgan ishonchlilik koeffitsienti va yo'l qoplamasining ravonlik ko'rsatkichilari.
Yo'l qurilish uchun ajratilgan mintaqada vaqtinchalik inshootlar va qurilish transport yo'llari qurishdan, shuningdek mashinalar turadigan, materiallar saqlanadigan joylarda va boshqa shu kabi maqsadlar uchun ajratilgan yerlarda atrof uhitga yetkazilgan zararlar yo'l foydalanishga topshirulgunga qadar bartaraf etilishi lozim.
Ishlab chiqarish uslublarini va mexanizmlarni tanlashda tegishli sanitariya me'yorlari, atrof- muhit va suv havzalarini ifloslantiruvchi chiqindilarning yo'l qo'yiladigan me'yorlariga rioya qilgan holda, atrof-muhit va yerlarning buzilishi, ifloslanishini keltirib chiqaruvchi boshqa zararlarni butunlay yo'q qilish yoki mumkin qadar kamaytirishni ko'zda tutish zarur.
Yo'l to'shamasi qatlamlarini qurish ishlari faqatgina tegishli tartibda qabul qilingan, tayyor, namligi ortib ketmagan va mustahkam yo'l poyi qatlamiga qurilishi lozim.
Yo'l to'shamasining asosi va qoplamasi bog'lovchi materiallar bilan ishlov berilib tayorlanganda, u quruq va toza qatlam yuzasiga yotqiziladi, organik bog'lovchilar bilan ishlov berilganda, pastki qatlam muzlamagan bo'lishi shart.
Buxoro yo‘llari yanada keng bo‘ladi
Yo'l to'shamasining har bir qatlamlini yotqizishdan oldin, ularning chegara qismi va balandlik belgisini o'lchab qoziqlar bilan joyiga bog'lab olish zarur. Avtomatlashgan kuzatuv qismlar bilan jihozlangan mashinalar qo'llanilganda, balandlikni va chegarasini belgilashni yotqizilayotgan qatlamning ikki yoki bir tomonidan tarang tortilgan simlar orqali belgilanadi. Belgillarni joyiga bog'lash va ularni to'g'ri bajarilganlignini nazorat qilish geodezik asboblar bilan amalga oshiriladi.
Qish faslida yo'l to'shamasi qatlamlari qurish ishlarini, faqatgina sovuq havo boshlangunga qadar to'la bajarilgan va qabul qilingan yo'l poyida bajarishga ruxsat etiladi.
Yo'l to'shamasini qishki sharoitda yotqizishdan oldin, yo'l poyi yoki to'shama quyi qatlamining smenalik bajariladigan oraliqish hajmi maydoni yuzasini qor va muzlardan tozalash zarur. Qor yog'ayotganda va qorbo'ron yuz berganda, shuningdek muzlar erishi boshlanganda ko'rsatilgan ishlarni bajarish man etiladi.
Yo'l to'shamasining asosi va qoplamasi qatlamlarini yotqizish uchun qo'lla-niladigan materiallarni har biri uchun tegishli me'yoriy hujjatlar talablariga muvofiq tanlanadi.
Andijonda yo‘l qoplamalarini ta‘mirlash ishlari
Yo'l poyi, yo'l to'shama qoplamasi va asosining qatlamlarini zichlashda ishlatiladigan katoklar yo'lning chetidan boshlab o'rtasiga qarab harakat qilishi va shu harakat jarayonida katokning izi oldingi yurgan izining kamida 1/3 qismini bosib o'tishini ta'minlash zarur.
Katokning dastlabki 2-3 o'tishlaridagi tezligi, agar mazkur qoidalarda maxsus ko'rsatmalar berilmagan bo'lsa, soatiga 1,5-2 km ni tashkil etib, so'ngra sekin asta tezlashib zichlashning ohirida katokning pasportda ko'rsatilgan ish tezligiga teng bo'lishi lozim.
Katokning o'tishlar soni va zichlanuvchi qatlam qalinligi,zichlashdagi zahira koeffitsientlari qo'shimcha sinov tariqasidagi o'tishlar bilan aniqlanib, ularning natijalari ish jurnallarda qayd etiladi.
Yo'l to'shamasining qurilish jarayonidagi sifat nazorati har bir yotqizila-digan qatlamin navbatma-navbat tekshirib, kamida har 100 m masofada quyidagi o'lchovlarni olish bilan amalga oshiriladi:
• yo'l o'qi bo'ylab balandlik o'lchovi;
• eni (kengligi);
• o'q bo'ylab materialning zichlanmagan qatlam qalinligi;
• ravonligi (3 metrlik reyka ostidagi yo'l qoplama, asosi chetidan 0,75-1,0 m masofada 5 ta nuqtada, reyka uchlaridan va bir-biridan 0,5 masofada joylashgan reyka ostidagi tirqishlar).
Boshqa tekshiriladigan o'lchovlar ro'yxati va ularni nazorat qilish, ushbu qoidalarning tegishli boblarida keltirilgan.
Nazorat paytida, ko'rsatkichlari doimiy qo'llaniladigan asboblarning o'lchoviga to'g'ri keluvchi, yangi, tezkor o'lchov asboblardan foydalanish mumkin.
Ta'mirlanayotgan yo'l to'shamasini kengaytirishda, yangi yotqizilayotgan qoplamani eski qoplama bilan zich va bir tekis bohlanishini ta'minlash zarur.
Yo'l yoqasidagi kar'erlarida ishlaganda tog' jinslarini to'plash va kerak bo'lsa turlicha mustahkamlikdagi maydalangan tog' jinslarini mustahkamligi, yirikligi va tozaligi bo'yicha tosh materiallari bilan boyi-tishni ko'zda tutish zarur.
Yil davomida ishlanadigan kar'erlarda tog' jinslarini muzlashdan va bir-biri bilan qotishib ketishidan saqlaydigan chora-tadbirlar ko'rish lozim.
Bajarilgan ishlarni qabul qilishda, ularni tekshirib chiqish va sinov o'lchovlarini bajarish zarur, qurilish materiallari va nazorat namunalarining ishlab chiqarish va laboratoriyadagi sinovlari ko'rsatkichlari, ish jurnallari va ba'zi bajarilgan ishlar turi bo'yicha kerakli jurnallarni tekshirib chiqish va SHNQ 3.01.04, MSHN 06 va MSHN 19 bo'yicha texnik hujjatlarni ko'rsatish lozim.
Yopilib ketadigan ishlarni tekshirish, tegishli hujjatlar tuzish va ularni qabul qilish, quyidagi
ish turlarida amalga oshiriladi:
• yo'sin (mox) yoki ekin o'sadigan qatlamlarni, to'nkalarni olib tashlash, qoyalarda zinalar qurish, yo'l poyi tagiga qoziqli yoki boshqa turdagi asoslar qurish, issiqni saqlovchi qatlamlar yotqizish;
• suvni chetlatish va drenajlar qurish, suvli chetlatuvchi qurilmalarda o'zanlarni mustahkamlash;
• yo'l poyi ko'tarmasini qurish va zichlash, uning yuzasini yo'l to'shamasi qurishga tayyorlash;
• yo'l qoplamasini konstruktiv qatlamlarni qurish va zichlash;
• cho'zilish va kengayish choklarining elementlarini o'rnatish;
• armatura o'rnatish (sementbeton qoplama qurishda).
Qabul qilish jarayonidagi nazoratda haqiqiy ko'rsatkichlar miqdorini loyihadagi o'lchovlarga to'g'ri kelishini B-ilova(majburiy) dagi ko'rsatkichlar bilan solishtirish orqali aniqlanadi.
Ko'rsatilgan o'lchamlardan tashqari quyidagilar ham tekshiriladi:
• yo'l to'shamasi qatlamlarining zichligi;
• asos va qoplamalar tekisligi, balandlik ko'rsatkichlarining algebraik farqi;
• avtomobil shinalarning qoplama bilan (ustki qatlam uchun) ilashishi yoki qoplama g'adir-budirligi;
• materialning mustahkamligi va qoplama qalinligi 1000 m2 dagi 3 ta kern orqali, agar ko'rsatilgan parametrlar qiymatlarini boshqa nazorat usullari bilan aniqlash talab etilmasa.
I va II toifali yo'llarda, hamda avtomobil yo'llarida kapital turdagi yo'l
qoplamalari yangi qurilish materiallaridan qurilganda yoki amaliyotda qo'llanilmagan yo'l qoplamasi konstruktsiyasidan foydalanilganda, ishlarni nazorat qilish va qabul qilish asosan ixtisoslashgan idoralar tomonidan amalga oshirilishi lozim.
Ishlarni qabul qilishdagi nazorat o'lchov usullari, operatsiyalarning bosqichlari nazorat tartibini belgilagan ushbu bo'lim va mazkur qoidalarning tegishli bo'lim bandlari talablariga javob berishi lozim. O'lchashlarning hajmi operatsiya nazoratidagi o'lchovlarining kamida 20% ini tashkil etishi, lekin 20 o'lchovdan kam bo'lmasligi kerak, asfal`tobeton, yo'lda aralashtirilgan chaqiq tosh qorishmasi va qattiq beton qorishmalari zichligi bundan mustasno, bularning hajmi operatsiya nazorati talablaridek bo'lishi lozim.
Ishlarni qabul qilishda yuzaning bo'ylama yo'nalishdagi dastlabki te-kisligini baholashni PKRS turidagi asbob yordamida olingan grafik yozuvlar asosida yoki boshqa PKRS ko'rsatkichlariga bog'langan o'lchov asboblari bilan yoki avtomobil bilan tekshirilayotgan yo'l qismining butun uzunligida har bir harakatlanish qatori bo'ylab yurish bilan aniqlanadi. Bu baholash asosida kerakli har tomonlama tekislik va ko'ndalang nishiblik o'lchanadigan oraliq tanlanadi.
Oraliq umumiy sharoitlarda 300-400 m uzunlikni tashkil etishi kerak, qishloq xo'jalik korxonalari va xo'jaliklarining ichki xo'jalik yo'lari uchun 100-150 m olinadi.
Oraliqlarlarning jamlangan uzunligi, topshirilayotgan yo'l qismining bir harakatlanish qatori hisobidan kamida 10% ni tashkil qilishi kerak.
Tanlangan oraliqlarda asos yoki qoplama yuzasining tekisligini har tomonlama tekshirish uch metrlik reyka tagidagi tirqishlar (oraliqlar)ni o'lchash orqali ko'chma reykaning strelkali asbobi ko'rsatgichi bilan aniq-lanadi.
Uch metrlik reyka tagidagi tirqish (oraliq)ni o'lchashni pona (o'lchovchi) bilan reyka uchidan va oraligi 0,5 m bo'lgan 5 ta nazorat nuqtada o'lchanadi.
Tekislikni qoplama yoki harakat qatori chetidan 0,5-1,0 m masofada o'lchov olish bilan mukammal ravishda tekshiriladi.
Har bir oraliqda quyidagilar bajarilishi lozim:
• 100-130 tirqish (oraliq)ni o'lchash (25-30marta reyka qo'yish bilan) yoki to'xtovsiz notekisliklarning grafik yozuvini chizish;
• 80-100 ko'ndalang nishabliklarini vaterpas bilan o'lchash (25-30 o'lchash 100-150 m. oraliada);
• nivelirlash yordamida har 5 metr masofada vertikal haqiqiy va nisbiy balandlik belgilarini aniqlash;
Avtomobil` yo'llari xolatini tashxis qilish va baholash qoidasi MSHN 05-2005 ushbu muassasaviy shaharsozlik normasi O'zbekiston Avtomobil` yo'llari xolatini baholash va diagnozlash qoidalari uchun tarqaladi va Avtomobil` yo'llarining texnik darajasi, foydalanish xolati, muhandis jihozlari va jihozlanishi va ularning saqlanganlik darajasini va oxirgi natijada yo'l tashkilotlarining faoliyatini, yo'llarning iste'mol ko'rsatgichlarini hamda shu baholash uchun zarur bilgan ma'lumotlarni to'plash tartiblarini tartibga soladi.
Ushbu «O'zbekiston avtomobil` yo'llari xolatini baholash va diagnozlash qoidalari» (keyingi xollarda «qoida») muassasaviy shaharsozlik normasi «O'zavtoyo'l» DAK MSHN 24-2005 rivojlantirish uchun ishlab chiqilgan va «O'zavtoyo'l» DAK ta'mirlash va saqlash, Avtomobil` yo'llarini tekshirish ishlari bilan shug'ullanuvchi tashkilot va korxonalari uchun belgilangan.
Qoida Avtomobil` yo'llarini foydalanish holati, texnik darajasini kompleks baholash slubiyatini o'z ichiga olgan, hamda yo'llarni holatini mavsumiy baholash uchun yo'l holati ma'lumotlarini qayta ishlash va yig'ish qaytarilishi va ketma-ketligi, yo'llarni tekshirish uslubiyati, tajriba va o'lchash jihozlari asboblari ro'yxatini tartibga soladi.
Yo'llarni diagnozlash va baholash, yo'l tarmog'larini rvojlantirish va takomillashtirishni boshqarish, transport-foydalanish ko'rsatgichlarni oshirish, avtomobil` yo'l tarmog'laridagi har bir yo'lning ishonchli ishlashi tizimidagi asosiy zveno bo'lib, yo'l tarmog'larini rivojlantirishga yo'naltirilgan mablag' va moddiy resurslardan samarali foydalanish uchun zamin yaratadi.
Avtomobil` yo'llarni diagnozlash va baholash, ularning transport-foydalanish ko'rsatkichlarni va saqlash darajasini, transport-foydalanish ko'rsatkichlarni yo'llardan foydalanish xususiyatlariga qo'yiladigan talablarga mos kelishi va mos kelmaslik sabablarini aniqlash uchun o'tkaziladi.
Diagnozlash va baholash natijalariga asosan yo'llarning iste'mol xususiyatlari bo'yicha me'yoriy talablarga javob bermaydigan bo'laklari aniqlanadi va yo'llarni transport - foydalanish tavsiflarni kerakli darajagacha ko'tarish bo'yicha ta'mirlash turlari va asosiy ishlar tarkibi va ta'mirlash va qayta qurish turlari bo'yicha tadbirlar belgilanadi.
Yo'llarning holatini diagnozlash va baholash bo'yicha materiallar, yo'llarni va yo'l inshootlarini ta'mirlash va qayta qurish bo'yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun dastlabki negiz bo'lib xizmat qiladi.
Yo'llarning transport foydalanish holatni diagnozlash tarkibi va hajmi yo'llarning tadqiq qilish ishlarining davrlariga bog'liq. Bunda to'liq deb yo'llarning transport-foydalanish holatni aniqlovchi barcha asosiy elementlarini, parametrlar va tavsiflarini diagnozlash va baholashga aytiladi. MSHN 25-05 ga asosan bu parametrlar va tavsiflarga quyidagilar kiritiladi:
• yo'lning asosiy mustahkamlangan yuzasini tashkil qiluvchi qatnov qismi va chekkadagi
• mustahkamlangan mintaqa, umumiy va mustahkamlangan yo'l yoqasi kengligi, bo'ylama
• qiyalik, rejadagi va profildagi egrilik radiuslari, virajlar qiyaliklari, ko'rish
• masofasi kiradigan geometrik parametrlar;
• qatnov qismi va yo'l yoqasining mustahkamligi va holati;
• qoplamaning tekisligi va ilashish sifati;
• yo'l poyining holati;
• suv chetlatuvchilarning holati va ishga layoqati;
• ko'priklarning, yo'l o'tkazgichlarning va boshqa sun'iy inshootlarning o'lchamlari, ko'tarish qobiliyati va holati;
• muhandislik jihozlarning, yo'l o'tkazgichlarning va boshqa sun'iy elementlarining holati;
• muhandislik jihozlari va jihozlanishi elementlarining holati;
«Avtomobil` yo'llarini saqlanganlik sifatini baholash bo'yicha ko'rsatma» VSN 10–87 da ko'zda tutilgan ma'lumotlar bo'yicha bajariladi.
Ko'rsatilgan ma'lumotlar yo'lni o'rganib chiqish, hamda avtomobil` yo'llarining texnik pasportlarida berilgan ma'lumotlar asosida yig'iladi.
Baholash sifati ko'rsatgichi va yo'llarning holatlari, yo'llarning texnik darajasini oshirish, foydalanish holatlari hamda ularning muhandislik jihozlari va jihozlanganligi, saqlanganlik darajalarini oshirish ishlarini rejalashtirish uchun kerak bo'ladi.
Yo'llarni qayta qurish, ta'mirlash, saqlash va obodonlashtirish bo'yicha yo'l tashkilotlarining faoliyati samaradorligini asosan ko'rsatgichlarning o'zgarishi dinamikasi (o'zgarishi) (o'sishi yoki kamayishi) baholashga xizmat qiladi.
Yo'lning iste'mol ko'rsatgichlariga yoki uning transport – foydalanish ko'rsatkichlariga (TFK) qo'yilgan talablarni, reja qiymatlari, ko'ndalang va bo'ylama nishabligi, yo'l qoplamasiining mustahkamligi, ravonlik va qoplama ning ilashuvchanlik sifatlari, sun'iy inshootlarning holatlari, muhandislik jihozlari va jihozlanganligi hamda yo'lni saqlash darajasi orqali ta'minlanadi.
Yo'lning iste'mol xususiyatlarini baholash ishlari yo'llarning ishlashi va uning yilning kuzgi – bahorgi vaqtdagi hisobiy avtomobillar jadalligi, ularning hamma kamchiliklari to'liq hosil bo'ladigan vaqtda amalga oshiriladi. Yilning quruq, issiq va qo'lay sharoitda tabiiy TFK lari kuzgi – bahorgi vaqtdagi holatiga nisbatan yuqori bo'ladi.
Baholashdan maqsad yo'lning va yo'l inshootlarining tabiiy transport - foydalanish holatini (TFH) muhandislik jihozlari va jihozlanganligini, saqlash darajasi va yo'lning iste'mol xususiyatlarining talab darajasiga yaqinligini hamda talablar bajarilmagan qismlarni aniqlash, TFK ni pasayishi sabablarini aniqlash va ularni oshirish bo'yicha chora tadbirlar ishlab chiqishdan tashkil topadi.
Baholashning natijasiga ko'ra yo'lning umumiy sifat ko'rsatgichlari (Ky), qaysiki TFH hamda uning umumlashtirilgan ko'rsatgichlari (Ky), muhandislik jihozlari va jihozlanishi ko'rsatgichi
(Kob) va yo'lning saqlanganlik ko'rsatgichi (Ke) o'z ichiga oladi va quyidagi formula orqali aniqlanadi.
Ky=Ky*Kob*Ke (6)
Yo'lning baholash mezoni bilib: 1) umumlashtirilgan ko'rsatgichlarni birlik mi=dori, yo'lning iste'mol xususiyatlarini etalon yo'l ko'rsatgichi qiymatiga solishtirlganda etalon yo'l ko'rsatgichini haqiqiy hisoblangan qiymatni mavjud yo'lda ta'minlanganligi; 2) umumlashtirilgan ko'rsatgichlarning birlik miqdori, yo'lning iste'mol xususiyatlari mavjud yo'l darajasini me'yoriy yo'lni iste'mol xususiyatlarini haqiqiy hisoblangan qiymatga nisbatlari xizmat qiladi.
Shaharsozlik normalari va qoidalari SHNQ 3.06.03-08 Ushbu qoidalar umumiy foydalanishdagi va xo'jalik avtomobil yo'lla-rini qurish va mavjudlarini rekonstruktsiya qilishda qo'llaniladi.
Avtomobil` yo'llari qurish va rekonstruktsiya qilishda ushbu qoidalardan tashqari SHNQ 2.05.02 ning 3 qismi, QMQ 2.05.11 ning 7 qismi, shuningdek xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi me'yoriy hujjatlarining talablarini bajarish zarur.
Yo'l qurilish uchun ajratilgan mintaqada vaqtinchalik inshootlar va qurilish transport yo'llari qurishdan, shuningdek mashinalar turadigan, materiallar saqlanadigan joylarda va boshqa shu kabi maqsadlar uchun ajratilgan yerlarda atrof muhitga yetkazilgan zararlar yo'l foydalanishga topshirulgunga qadar bartaraf etilishi lozim.
Ishlab chiqarish uslublarini va mexanizmlarni tanlashda tegishli sanitariya me'yorlari, atrof- muhit va suv havzalarini ifloslantiruvchi chiqindilarning yo'l qo'yiladigan me'yorlariga rioya qilgan holda, atrof-muhit va yerlarning buzilishi, ifloslanishini keltirib chiqaruvchi boshqa zararlarni butunlay yo'q qilish yoki mumkin qadar kamaytirishni ko'zda tutish zarur.
Shaharsozlik normalari va qoidalari SHNQ 3.06.03-08 ga asosan me'yoriy hujjatlarining talablari bajariladi.
Tekshiruv turlari kuyidagi alomatlar bo'yicha tasniflanadi:
Texnolgik jarayonda tekshiruv o'tkazish joyi va vaqtiga qarab qo'yidagi(tekshiruv bosqich)lariga bo'linadi:
dastlabki tekshiruv – kelayotgan materiallar, buyumlar, qurilmalar, grunt va boshqalarni., shuningdek texnikaviy hujjatlar tekshiruvi. Tekshiruv ko'pincha ro'yxatga olish usuli bilan (sertifikatlar bo'yicha), kerak hollarda- o'lchash usuli bilan amalga oshiriladi;
amallar tekshiruvi- ishlarni amalga oshirish jarayonida yoki ishlar bevosita tugatilgandan so'ng bajariladigan tekshiruv. Ko'pincha o'lchash usuli yoki texnikaviy jihatdan ko'zdan kechirib amalga oshiriladi. Amallar bo'yicha tekshiruv natijalari umumiy yoki maxsus ish daftarlarida, geotexnikaviy nazorat daftarlarida va ushbu tashkilotda qabul qilingan sifatni boshqarish tizimi ko'zda tutgan boshqa hujjatlarda qayd qilinadi;
qabul qilish tekshiruvi- ob'ekt qurilishining yoki ob'ekt qurilishi bosqichlarining, yopiq ishlarining va boshqa tekshiruv ob'ektlarining tugallangandan so'ng bajariladigan tekshiruvi.
Uning natijalari bo'yicha ob'ektning foydalanishiga yoki keyingi ishlarni bajarishga yaroqliligi haqida hujjatlashtirilgan xulosa qabul qilinadi. U yoki bu ko'rsatkichni qabul qilish tekshiruvi bir necha bosqichda va turli usullarda amalga oshirilishi mumkin (masalan, alohida qatlamdagi gruntning va butun to'kmaning zichligi). Bunda pastki sathni tekshirish natijalari yuqoridagi sathni tekshirishga dalil bo'lib xizmat qiladi (masalan, ko'tarma asosini qabul qilishdagi yopiq ishlarni tekshirish dalolatnomalari butun ko'tarmani qabul qilishda taqdim etiladi). Qabul qilish tekshiruvi natijalari yopiq ishlarni tekshirish dalolatnomalarida, muhim qurilmalarni oraliq qabul qilish dalolatnomalarida, qoziqni sinov ta'sirida sinash dalolatnomalarida va qurilish ishlari, binolar va inshootlarni qabul qilish bo'yicha mavjud me'yorlarda ko'zda tutilgan boshqa hujjatlarda qayd etiladi.
Tekshirilayotgan parametrlarning ko'lamiga qarab quyidagi(tekshiruv hajmi)larga bo'linadi:
yalpi tekshiruv- bunda tekshiruvdagi mahsulotlarning barcha mikdori (barcha choklar, barcha qoziqlar, barcha qurilmalar, zaminning barcha sirtlari va b.) tekshiriladi;
tanlama tekshiruv- bunda tekshiruvdagi maxsulotning qandaydir miqdori (tanlamasi) tekshiriladi.Tanlash hajmi kurilish me'yorlari va boshka hujjatlarda belgilanadi. Agar qurilish me'yorlarida tekshiruv nuqtalari tasodifan joylashishi talab etilsa, tanlash «sochma» usulda tekshiriladigan, ya'ni GOST 18321 da mahsulotlarga ko'rsatilgani kabi belgilanadi.
Tekshiruvning davriyligiga qarab quyidagi(tekshiruv davriyligi)larga bo'linadi:
uzluksiz tekshiruv - texnologik jarayonning tekshiriladigan parametrlari haqida axborot uzluksiz keladi;
davriy tekshiruv- tekshiriladigan parametrlar haqida axborot ma'lum bir vaqt oralig'ida keladi;
behosdan tekshiruv -ko'pincha yalpi, tanlama yoki davriy tekshiruvlarni qo'llash maqsadga muvofiq bo'lmaganda tasodifiy vaqtda(epizodik) bajariladi (masalan, handakni ko'mish vaqtida grunt zichligini tekshirish).
Maxsus tekshiruv vositalardan foydalanishga qarab quyidagi (tekshiruv usul)larga bo'linadi;
o'lchash tekshiruvi- o'lchash vositalarini ishlatib, shu jumladan laboratoriya jihozlardan foydalanib bajariladi;
qarab tekshirish;
texnikaviy ko'zdan kechirish;
ro'yxatdan o'tkazish tekshiruvi, hujjatlarda (sertifikatlarda, yopiq ishlarni tekshirish dalolatnomalarida, umumiy va maxsus qayd daftarlarida va boshqalarda) qayd etilgan ma'lumotlarni tahlil qilish yo'li bilan bajariladai. Tekshiruv ob'ektiga yetib bo'lmaganda (masalan, ankerni berkitishda) yoki o'lchash yoxud qarab tekshirishni bajarish maqsadga muvofiq bo'lmaganda (masalan, kon bo'yicha muxandislik-geologik materiallar bor bo'lganda ko'tarma uchun grunt turi ) qo'llaniladi.
Xozirgi vaqtda yemirilgan yo'l qoplamasini frezlab olib tashlanmoqda.
Yemirilgan yo'l qoplamasini olib tashlanmasa, qoplamada nuqsonlarni keltirib chiqaradi.
Qurilish materiallari, organik bog'lovchi materiallari vaqt o'tishi bilan fizik mexanik xususiyatlari o'zgaradi, ya'ni materiallar eskiradi. Natijada bunday holatlar qoplamada yoriqlarni, o'yiqlarni, deformatsiyalarni paydo qiladi. Asfal`tobetonning dastlabki holatini tiklash jarayoni regeneratsiya (yangilash) deyiladi. Regeneratsiya (yangilash)ning bir necha xil usullari quyidagi sxemada ko'rsatilgan:
Nazorat savollari
1. Avtomobil` yo'llarini rekonstruktsiya qilish ishlarini belgilash tamoyillarini tushuntiring?
2. Avtomobil` yo'llarini holatini baholash usullari?
3. Aavtomobil` yo'llarini rekonstruktsiya qilish tadbirlari?
4. Avtomobil` yo'l poyini, rekonstruktsiya qilish tartibi va usullari?
5. Avtomobil` yo'l qoplamasini rekonstruktsiya qilish tartibi va usullari?
4. Avtomobil` yo'larini regeneratsiya qilishda harakat xavfsizligini ta‘minlash tartibi va uslubllari?
|