• Fizik model.
  • Fizik-kimyoviy modellar
  • Biologik model
  • Mavzu: Model va modellashtirish 4 Reja: Model va modellashtirish. Model turlari 2




    Download 35,43 Kb.
    bet4/7
    Sana30.01.2024
    Hajmi35,43 Kb.
    #148357
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    1 (2)

    3. Model turlari. Modelni tanlash vositalariga qarab umumiy uch guruhga
    ajratish mumkin: abstrakt, fizik va biologik modellar.
    Modellarning to‘laroq mazmuni bilan quyida tanishtirib o‘tiladi:
    Abstrakt modellar qatoriga matematik, matematik-mantiqiy va shu kabi modellar
    kiradi. Fizik modellar qatoriga kichiklashtirilgan maketlar, turli asbob va
    qurilmalar, trenajyorlar va shu kabilar kiritiladi.


    Fizik model. Tekshirilayotgan jarayonning tabiati va geometrik tuzilishi asl
    nusxadagidek, ammo undan miqdor (o‘lchami, tezligi, ko‘lami) jihatidan farq
    qiladigan modellar, masalan, samolyot, kema, avtomobil, poezd, GES va
    boshqalarning modellari fizik modelga misol bo‘la oladi.
    Fizik-kimyoviy modellar biologik tuzilish, funksiya yoki jarayonlarni fizik yoki
    kimyoviy vositalar bilan qaytadan hosil qilishdir.

    Matematik modellar. Tirik organizmlarning tuzilishi, o‘zaro aloqasi vazifasiga oid
    qonuniyatlarning matematik va mantiqiy-matematik tavsifidan iborat bo‘lib, tajriba
    ma'lumotlariga ko‘ra yoki mantiqiy asosida tuziladi, so‘ngra tajriba yo‘li bilan
    tekshirib ko‘riladi. Biologik hodisalarning matematik modellarini kompyuterda o‘rganish
    tekshirilayotgan biologik jarayonning o‘zgarish xarakterini oldindan bilish imkonini
    beradi. Shuni ta'kidlash kerakki, bunday jarayonlarni tajriba yo‘li bilan tashkil qilish
    va o‘tkazish ba'zan juda qiyin kechadi.
    Biologik model turli tirik ob'ektlar va ularning qismlari-molekula, hujayra,
    organizm va shu kabilarga xos biologik tuzilish, funksiya va jarayonlarni
    modellashda qo‘llaniladi. Biologiyada, asosan biologik, fizik va matematik
    modellardan foydalaniladi.
    Ijtimoiy-iqtisodiy modellar taxminan, 18-asrdan qo‘llanila boshlandi. F. Kenening
    “Iqtisodiy jadvallar”ida birinchi marta butun ijtimoiy takror ishlab chiqarish
    jarayonining shakllanishini ko‘rsatishiga harakat qilingan. Iqtisodiy tizimlarning
    turli faoliyat yo‘nalishlarini o‘rganish uchun har xil modellardan foydalaniladi.
    Iqtisodiy taraqqiyotning eng umumiy qonuniyatlari xalq xo‘jaligi modellari
    yordamida tekshiriladi. Turli murakkab ko‘rsatkichlar, jumladan, milliy daromad,
    ish bilan bandlik, iste'mol, jamg‘armalar, investitsiya ko‘rsatkichlarining dinamikasi va nisbatini tahlil qilish, uni oldindan aytib berish uchun katta iqtisodiy modellar qo‘llaniladi. Aniq xo‘jalik vaziyatlarini tekshirishda kichik iqtisodiy tizimlardan, murakkab iqtisodiy tizimlarni tekshirishda, asosan, matematik modellardan foydalaniladi.

    Download 35,43 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 35,43 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Model va modellashtirish 4 Reja: Model va modellashtirish. Model turlari 2

    Download 35,43 Kb.