Moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobot mazmuni va uni tuzish




Download 78,4 Kb.
bet8/10
Sana24.01.2024
Hajmi78,4 Kb.
#145059
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mavzu Moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobot tavsifi, uning

2.3. Moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobot mazmuni va uni tuzish
“Moliyaviy hisobot shakllarida barcha rekvizitlar va belgilangan ko`rsatkichlar to`ldirilishi kerak. Agar korxonada tegishli aktivlar, passivlar, operatsiyalar mavjud emasligi sababli biror-bir modda (satr, ustun) to`ldirilmagan taqdirda, ushbu modda (satr, ustun) bo`shlig‘i chizib qo`yiladi. Moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobotni to`ldirish quyidagi tartibda amalga oshirilad:
“Mahsulot (tovarlar, ishlar va xizmatlar)larni sotishdan sof tushum” (010-satr) moddasi bo`yicha mahsulot, tovarlar, ishlar va xizmatlarni sotishdan olingan tushum ko`rsatiladi, bunda soliqlar (qo`shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i) hamda qaytarilgan tovarlar va tayyor mahsulotning qiymati, xaridorning sotish narxlaridan chegirmalari chegiriladi.
010-satr asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi hisoblar (9000) ma’lumotlari bo`yicha to`ldiriladi.
Asosiy faoliyati mol-mulkni ijaraga (lizingga) berish hisoblangan korxonalar 010-satr bo`yicha joriy hisobot davriga tegishli bo`lgan daromad summasini aks ettiradilar.
Vositachi korxonalar 010-satrda komission haqlar summasini aks ettiradilar.
“Sotilgan mahsulot (tovar, ish va xizmat)larning tannarxi” (020-satr) moddasi bo`yicha sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar tannarxini hisobga oluvchi hisoblarda (9100) hisobga olingan, sotilgan mahsulot (tovar, ish va xizmat)larning tannarxi summasi ko`rsatiladi.
Savdo korxonalari ushbu satr bo`yicha sotilgan tovarlarning xarid qiymatini aks ettiradilar.
“Mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni sotishning yalpi foydasi (zarari)” (030-satr) mahsulot (tovar, ish va xizmat)lar sotishdan sof tushum bilan sotilgan mahsulot (tovar, ish va xizmat)larning tannarxi o`rtasidagi farq (010-satr-020-satr) sifatida aniqlanadi.
“Davr xarajatlari ja”mi (040-satr)moddasi bo`yicha 050, 060, 070-satrlar bo`yicha jami summa aks ettiriladi.
“Sotish xarajatlari” (050-satr) moddasi bo`yicha hisobi 9410 “Sotish xarajatlari”hisobida amalga oshiriladigan: mahsulotni sotish xarajatlari, ya’ni mahsulotni iste’molchiga yetkazish, transport vositalariga ortish bilan bog‘liq xarajatlar, marketing bilan shug‘ullanadigan bo`limlar va xodimlarning xarajatlari va hokazolar aks ettiriladi.
“Ma’muriy xarajatlar” (060-satr) moddasi bo`yicha hisobi 9420 “Ma’muriy xatlar”hisobida yuritiladigan: korxonani boshqarish xarajatlari, boshqaruv xodimlari mehnatiga haq to`lash xarajatlari, umumma’muriy maqsaddagi asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari, umumxo`jalik maqsadidagi xonalarning ijara haqi va boshqa ma’muriy xarajatlar ko`rsatiladi.
“Boshqa operatsion xarajatlar” (070-satr) moddasi bo`yicha hisobi 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”hisobida amalga oshiriladigan: kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash xarajatlari, axborot, auditorlik va maslahat xizmatlariga haq to`lash xarajatlari, kompensatsiya va rag‘batlantirish xususiyatdagi to`lovlar, ish haqini hisoblashda hisobga olinmaydigan to`lovlar va xarajatlar, bank, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysining va qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining xizmatlariga haq, zararlar, jarimalar, penyalar va operatsion faoliyat jarayonida yuzaga keladigan, ishlab chiqarish jarayoni, moliyaviy faoliyat bilan bog‘lanmagan va xarajatlarning favqulodda moddalari sifatlariga ega bo`lmagan boshqa xarajatlar aks ettiriladi.
“Assiy faoliyatning boshqa daromadlari” (090-satr) moddasi bo`yicha hisobi asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi hisoblarida (9300) amalga oshiriladigan asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda, undirilgan jarima va penyalar, o`tgan yillar foydasi, operativ ijaradan daromadlar, kreditorlik va deponentlik qarzini hisobdan chiqarishdan daromadlar, xizmat ko`rsatuvchi xo`jaliklarning daromadlari, tekin (bepul) moliyaviy yordam va boshqa operatsion daromadlar ko`rsatiladi.
“Asosiy faoliyatning foydasi (zarari)” (100-satr) moddasi bo`yicha mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni sotishning yalpi foydasi (zarari)dan (030-satr) davr xarajatlari summasini (040-satr) ayirish hamda asosiy faoliyatdan boshqa daromadlar summasini (090-satr) qo`shish yo`li bilan aniqlanadigan korxonani asosiy natijalari ko`rsatiladi.
“Moliyav faoliyatning daromadlari, jami” (110-satr) moddasi bo`yicha 120, 130, 140, 150, 160-satrlar bo`yicha jami summa aks ettiriladi.
“Dividendlar shaklidagi daromadlar” (120-satr) moddasi bo`yicha hisobi 9520 “Dividendlar ko`rinishida daromadlar”hisobida yuritiladigan: O`zbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida boshqa korxonalar faoliyatida ulushli ishtirok etishdan olingan daromadlar, korxona egaligida bo`lgan aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar bo`yicha dividendlar aks ettiriladi.
“Foizlar shaklidagi daromadlar” (130-satr) moddasi bo`yicha hisobi 9530 “Foizlar shaklidagi daromadlar”hisobida yuritiladigan, uzoq muddatli va joriy investitsiyalar bo`yicha foizlar ko`rinishida daromadlar ko`rsatiladi.
Asosiy faoliyati mol-mulkni moliyaviy ijaraga berish hisoblanmagan tashkilotlar “Moliyaviy ijaradan daromadlar” (140-satr) moddasi bo`yicha hisobi 9550 “Moliyaviy ijaradan daromadlar”hisobida yuritiladigan mol-mulkni moliyaviy ijaraga berishdan olgan daromadlarini aks ettiradilar.
“Valyuta kursi farqidan daromadlar” (150-satr) moddasi bo`yicha hisobi 9540 “Valyuta kursi farqidan daromadlar”hisobida amalga oshiriladigan, valyuta operatsiyalari bo`yicha ijobiy kurs farqlaridan, shu jumladan balansni tuzish sanasida balansning valyuta moddalarini qayta baholashdan daromadlar aks ettiriladi.
“Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari” (160-satr) moddasi bo`yicha hisobi 9510 “Royalti ko`rinishida daromadlar”, 9560 “Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan daromadlar”. 9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari” hisoblarida amalga oshiriladigan qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashlarni o`tkazishdan daromadlar, royalti ko`rinishida daromadlar va moliyaviy faoliyatdan boshqa daromadlar ko`rsatiladi.
“Moliyaviy faoliyat bo`yicha xarajatlar, jami” (170-satr) moddasi bo`yicha 180, 190, 200, 210-satrlar bo`yicha jami summa aks ettiriladi.
“Foizlar shaklidagi xarajatlar” (180-satr) moddasi bo`yicha hisobi 9610 “Foizlar shaklidagi xarajatlar”hisobida amalga oshiriladigan, bank kreditlari va qarzlar bo`yicha foizlarni to`lash xarajatlari ko`rsatiladi.
“Moliyaviy ijara bo`yicha foizlar shaklidagi xarajatlar” (190-satr) moddasi bo`yicha hisobi 9610 “Foizlar shaklidagi xarajatlar”hisobida yuritiladigan moliyaviy ijara bo`yicha foizlarni to`lash xarajatlari aks ettiriladi.
“Valyuta kursi farqidan zararlar” hisobida amalga oshiriladigan, valyuta operatsiyalari bo`yicha va balans tuzish sanasida balansning valyuta moddalarini qayta bahValyuta kursi farqidan zararlar” (200-satr) moddasi bo`yicha hisobi 9620 “Valyuta kolashdan salbiy kurs farqlari aks ettiriladi.
“Moliyaviy faoliyat bo`yicha boshqa xarajatlar” (210-satr) moddasi bo`yicha hisobi 9630 “Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish xarajatlari” va 9690 “Moliyaviy faoliyat bo`yicha boshqa xarajatlar” hisoblarida amalga oshiriladigan, qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish bilan bog‘liq xarajatlar hamda moliyaviy faoliyatga doir boshqa xarajatlar aks ettiriladi.
“Umumxo`jalik faoliyatining foydasi (zarari)” (220-satr) moddasi bo`yicha asosiy faoliyatning foydasi (zarari) summasiga (100-satr) moliyaviy faoliyatning daromadlari summasini (110-satr) qo`shish va moliyaviy faoliyat bo`yicha xarajatlar summasini (170-satr) ayirish yo`li bilan aniqlanadigan korxonaning umumxo`jalik faoliyatidan moliyaviy natijalari ko`rsatiladi.
“Favquloddagi foyda va zararlar” (230-satr) moddasi bo`yicha “Daromadlar (foyda)” ustuni 9710 “Favquloddagi foydalar”hisobining ma’lumotlari, “Xarajatlar (zararlar)” ustuni esa 9720 “Favquloddagi zararlar”hisobining ma’lumotlari bo`yicha to`ldirilib, favqulodda voqealar natijalari ko`rsatiladi.
“Foyda solig‘ini to`lagunga qadar foyda (zarar)” (240-satr) moddasi bo`yicha +/- belgisini hisobga olgan holda 220 va 230-satrlarni qo`shish natijalari aks ettiriladi.
“Foyda solig‘i” (250-satr) moddasi bo`yicha 9810 “Foyda solig‘i bo`yicha xarajatlar”hisobida hisobga olingan hisobot davri boshidan hisoblangan foyda solig‘i summasi ko`rsatiladi.
“Foydadan boshqa soliqlar va boshqa majburiy to`lovlar” (260-satr) moddasi bo`yicha qonunchilik hujjatlariga muvofiq tashkilot foydasi hisobidan to`lanayotgan soliqlar va boshqa majburiy to`lovlarni yil boshidan hisoblangan summasi aks ettiriladi.
Amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan korxonalar 260-satr bo`yicha hisoblangan yagona soliq to`lovi, yagona yer solig‘i, tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo`yicha qat’iy belgilangan soliq summasini aks ettiradilar.
“Hisobot davrining sof foydasi (zarari)” (270-satr) moddasi bo`yicha 240-250-260-satrlar ayirmasi sifatida aniqlangan hisobot davrining yakuniy moliyaviy natijasi ko`rsatiladi.
“Budjetga to`lovlar bo`yicha ma’lumotnoma”da (280-470-satrlar) korxonalar tomonidan soliq qonunchiligiga muvofiq budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to`lovlarni hisoblangan va to`lanadigan soliqlar va to`lovlar turlari bo`yicha ko`rsatiladi. Mazkur ma’lumotnomaning 480-satrida korxonalar tomonidan hisobot davri uchun budjetga soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga to`lovlarning hisoblangan va to`langan jami summasi ko`rsatiladi.
Agarda korxonalarda hisobot davri uchun hisob-kitoblar bo`yicha qonunchilik hujjatlari bilan o`rnatilgan tartibga muvofiq qo`shilgan qiymat solig‘i bo`yicha manfiy farq mavjud bo`lsa, “Hisobot davri uchun hisob-kitob bo`yicha to`lanadi” ustuni bo`yicha 310-satrda ushbu manfiy farq summasi “minus” belgi bilan ko`rsatiladi”6.

Xulosa
Xulosa o`rnida shuni aytish joizki, Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va buxgalteriya hisobining milliy standartlari asosida tayyorlangan moliyaviy natijalar to`g’risidagi hisobot shakli aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining moliyaviy natijalari ko`rsatkichlarini shakllantirishning muhim manbai hisoblanadi. Ushbu hisobot daromadlar manbalariga tayangan holda, tasniflanadigan daromad guruhlari va tegishli xarajatlar guruhlari o`rtasidagi nisbat tamoyillari asosida tuziladi.

Download 78,4 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 78,4 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobot mazmuni va uni tuzish

Download 78,4 Kb.