• 6.6. Umumxo`jalik faoliyatining moliyaviy natijasi; 6.7. Favquloddagi foyda va zararlar;
  • Hisobot davrining sof daromadi yoki zarari quyidagi elementlar asosida aniqlanadi va ularning har biri moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobotda yoritib berilishi lozim
  • 3. Daromad (foyda) solig`i to`langunga qadar umumiy moliyaviy natija (foyda yoki zarar); 4. Daromad (foyda) solig`idan tashqari sof foyda” 2 .
  • Mavzu: Moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobot tavsifi, uning qo`llanilishi va kamchiliklari Reja Kirish I bob. Moliyaviy nаtijаlаr to`G`risidаgi hisobotning o`rni, аhаmiyati vа tartibga soluvchi me’yoriy huquqiy hujjatlar




    Download 78,4 Kb.
    bet6/10
    Sana24.01.2024
    Hajmi78,4 Kb.
    #145059
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Mavzu Moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobot tavsifi, uning

    6.2. Sotishdan yalpi moliyaviy natija;
    6.3. Аsosiy faoliyatdan boshqa operaцion daromadlar va xarajatlar;
    6.4. Аsosiy xo`jalik faoliyatining moliyaviy natijalari (foyda yoki zarar);
    6.5. Moliyaviy faoliyat bo`yicha boshqa daromadlar va xarajatlar;
    6.6. Umumxo`jalik faoliyatining moliyaviy natijasi;
    6.7. Favquloddagi foyda va zararlar;
    6.8. Daromad (foyda) solig'i to`langunga qadar umumiy moliyaviy natija (foyda yoki zarar);
    6.9. Hisobot davrining sof foydasi (zarari).
    Muayyan davrda tan olingan daromadlar va xarajatlarning barcha moddalari, agar Buxgalteriya hisobining milliy standartlarida (BHMS) boshqacha yondashuv nazarda tutilmagan bo`lsa, hisobot davrining sof daromadi yoki zararni aniqlashda hisobga olinishi shart.
    Hisobot davrining sof daromadi yoki zarari quyidagi elementlar asosida aniqlanadi va ularning har biri moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobotda yoritib berilishi lozim:
    1. Umumxo`jalik faoliyatidan olingan daromad yoki zararlar;
    2. Favquloddagi daromadlar (zararlar);
    3. Daromad (foyda) solig`i to`langunga qadar umumiy moliyaviy natija (foyda yoki zarar);
    4. Daromad (foyda) solig`idan tashqari sof foyda”2.


    II BOB. MOLIYAVIY NАTIJАLАR TO`G`RISIDАGI HISOBOTNI TUZISH АSOSLАRI.
    2.1. Moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobotning milliy va xalqaro standartlarda yoritilishi.
    O`zbekistonning xalqaro dunyo iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi milliy hisob siyosatimizda ham muhim yangilik va o`zgarishlarni amalga oshirishni talab qiladi. Shuning uchun ham, milliy standartlarning tuzilishini alohida qayd etish lozim. Hozirgi kunga qadar buxgalteriya hisobining 20 dan ortiq milliy standartlari qabul qilingan va amal qilib kelinmoqda. Moliyaviy holat va undagi o`zgarishlarni baholashda bu tartib albatta juda ko`p noaniqliklarga javob toppish uchun imkoni yaratadi. Jumladan, aktivlarni, daromad va xarajatlarni tan olish, mulkni haqiqiy qiymatini aniqlash va oqilona baholash, aktivlarni likvidligi bo`yicha tarkiblash va ularni moliyaviy hisobotlarda aks ettirish tartiblaridagi umumiy yondashuvlarga amal etishning tartiblarini belgilab beradi. Lekin shu bilan birgalikda buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotlarni tuzishda xorij amaliyotida qo`llaniladigan standartlarda (MHXS) umumiy talablarning sezilarli farqli tomonlarini ko`rish mumkin. Bu o`z navbatida albatta moliyaviy holat tahlili va uning mazmuniga o`zining sezilarli ta’sirni ko`rsatadi.
    “O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o`tish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g’risida”gi 4611-son qarori 2020-yil 24-fevralda joriy etildi”3. Qarordan asosiy maqsad qilib moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (MHXS) o`tishni yanada jadalroq va tezlashtirish orqali xorijiy investorlarni zarur axborot muhiti bilan ta’minlash va xalqaro moliya bozorlariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish, shu bilan birga, hisob va audit sohalari mutaxassislarini xalqaro standartlar bo`yicha tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlarda buxgalterlarning bosh vazifasi korxonaning davlat oldidagi axborot majburiyatlarini (moliyaviy, soliq, bojxona, statistik hisobotlar orqali) hal etishga emas balki birinchi navbatda mulk egasi va menejerlarning samarali boshqaruvini ta’minlashga qaratilgan vazifalarni hal etib berishga qaratilgan.
    “Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari (MHXS) - bu amaliyotchi buxgalterlarning faoliyatini murakkablashtiradigan ba’zi bir qoidalar to`plami emas, balki, mantiqan buxgalteriya hisobi tizimining oddiy tamoyillariga asoslanadi, uning maqsadi moliyaviy hisobotlarda korxona faoliyati to`g’risida haqqoniy moliyaviy ma’lumotlarni taqdim etishdan iboratdir.”4
    O`zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi amaliyotiga qaraydigan bo`lsak, hozirgi kunda “O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002-yil 7- fevraldagi 31-son buyrug’i bilan tasdiqlangan “Moliyaviy hisobot shakllarini to`ldirish bo`yicha ko`rsatmalar”ga binoan faqatgina “Moliyaviy natijalar to`g’risidagi hisobot” tuziladi”5. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga asosan, “Yalpi daromad to`g’risidagi hisobot”ni tuzish belgilab qo`yilgan bo`lsada, lekin uning aniq bir shakli keltirib o`tilmagan. Korxona ushbu hisobotni o`zi mustaqil tarzda tuzishi mumkinligi keltirib o`tilgan. Mazkur hisobotda ko`rsatilishi zarur bo`lgan minimum talablar quyidagilardan iborat:
    - Tushum;
    - Moliyalashtirish bo`yicha xarajatlar;
    - Uyushgan korxonalar yoki hamkor korxonalarning foydasi yoki zararidan tashkilotning ulushi;
    - Soliq bo`yicha xarajatlar;
    - To`xtatilgan faoliyatda soliq to`langanda keying foyda yoki zarar;
    - Umumiy yalpi daromad va boshqalar.
    Xalqaro standart talablariga muvofiq tuzilgan hisobotlarda xarajatlarni ikki xil shaklda tasniflash tavsiya etiladi: xarajatlar xarakteri va maqsadi bo`yicha. Xarajatlar xarakteriga ko`ra amortizatsiya, ish haqi, transport xarajatlari va boshqa xarajatlarga bo`linadi. Maqsadlari bo`yicha esa xarajatlar o`z vazifalariga ko`ra tasniflanadi va tannarxga, ma’muriy xarajatlarga, sotish xarajatlariga va boshqalarga bo`linadi. Milliy standartlarda bo`lsa bular faqat mo`ljallangan maqsadlar uchun tasniflanadi. Xalqaro standart talablariga muvofiq hisobotlarni tuzishda taklif etilayotgan ikkita muhim yondashuvlar mavjud bo`lib bular:
    - xalqaro standartlarning talablariga muvofiq, xarajatlarni turlari bo`yicha moliyaviy natijalarga aniqlik kiritish uchun ushbu qilingan xarajatlarning maqsadli tarzda foydalanganligi to`g`risida qo`shimcha ma’lumotlar oshkor qilinishi kerakligi;
    - analitik ishlarda biznesdagi jarayonlarini strategik boshqarish uchun prognozlashga yaxshiroq ahamiyat qaratishning lozimligi.
    Bizning mamlakatimizda qo`llanilayotgan buxgalteriya balansida aktivlar ularning ishlab chiqarish jarayonida ishtirokidan kelib chiqqan holda, eng avvalo, uzoq muddatli aktivlar va keyin joriy aktivlar joylashtirilgan bo`lsa, rivojlangan xorijiy mamlakatlarda qo`llanilayotgan buxgalteriya balansida aktivlar likvidlilik darajasiga qarab joylashtirilgan. Shuningdek, balansning passiv qismida majburiyatlar muddatlarini hisobga olgan holda joylashtirilgan.
    Moliyaviy natijalar to`g’risidagi hisobotning xorijiy mamlakatlar amaliyotida qo`llanilayotgan shakli ko`rsatkichlari bizning mamlakatimizdagidan farq qiladi. Ushbu hisobot shaklida moliyaviy natijalar faoliyat turlari – asosiy, moliyaviy va investitsion faoliyat bo`yicha aniqlanadi. Mamlakatimizda esa moliyaviy natija asosiy va moliyaviy faoliyat bo`yicha aniqlanadi. Shuningdek, rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ushbu hisobot shakli turli nomlar bilan ataladi. Jumladan, «Foyda va zararlar to`g’risida»gi hisobot deb ham nomlanadi. Ammo ular mazmun jihatdan bir-biriga juda ham yaqin.
    Тaqsimlanmagan foyda to`g’risidagi hisobot mamlakatimida qo`llanilmaydi. Ushbu hisobot shaklini tuzish juda oddiy, shu bilan birgalikda uning ko`rsatkichlari xo`jalik yurituvchi su’yektning moliyaviy mustahkamligini belgilab beradi. Chunki, bozor iqtisodiyoti sharoitida qaysi xo`jalik yurituvchi su’yektda taqsimlanmagan foyda mavjud bo`lsa va uning summasi uzluksiz ravishda o`sib borsa, bu har xil moliyaviy xarakterdagi risklar uchun mustahkam zaxira jamg’armasining mavjudligini ko`rsatadi.
    Хususiy kapital to`g’risidagi hisobot shaklida mamlakatimizdan farqli o`laroq xalqaro hisobotlarda uzoq muddatli moddiy aktivlar to`g’risida ham ma’lumotlar mavjud bo`ladi.
    Pul oqimlari to`g’risidagi hisobot shakli bizning mamlakatimizdagidan unchalik katta farq qilmaydi. Ammo xo`jalik yurituvchi subyekt faoliyati uchun juda muhim hisoblanadi.
    Hozirgi paytda aktsionerlar va bashqa foydalanuvchilar uchun tayyorlanayotgan moliyaviy hisobotlarda mamlakatdan boshqa bir mamlakatga o`tib borayotgan, ba’zi-bir holatlarda esa bir mamlakatdagina foydalaniladigan buxgalterlik prinsiplari va qoidalari ishlatilmoqda. Buning natijasida buxgalteriya hisobotlarida taqqoslash imkonini yetishmasligini uchratishimiz mumkin. Bu holatning noqulayligi shundaki, moliyaviy hisobotdan foydalanadigan investorlar va boshqa foydalanuvchilar hisobotni tahlil qilish jarayonida uning turli standartlarga binoan tuzilganligi tufayli qo`shimcha xarajatlar qilinishiga to`g’ri keladi. Natijada ushbu hisobotlarni tarjima qilishda chalkashliklarga duch kelishlari ham mumkin. Ushbu jarayon bilan bog’liq holda kapitalning jahon bozorida samarali raqobat yomonlashishi, kompaniyalar esa kapitalni saqlash bo`yicha yuqori sarf-xarajatlarni o`z zimmalariga olishlariga to`g’ri keladi. Eng asosiysi, turli mamlakatlar uchun turlicha foyda miqdori ko`rsatilishi oqibatida buxgalterlik hisobotlariga ishonch yo`qoladi. Rivojlangan mamlakatlar moliyaviy hisobotlari bilan O`zbekistondagi xo`jalik yurituvchi subyektlar tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobot shakllari soni va ularning nomlanishi yuzasidan sezilari katta farq kuzatilmaydi.



    Download 78,4 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 78,4 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobot tavsifi, uning qo`llanilishi va kamchiliklari Reja Kirish I bob. Moliyaviy nаtijаlаr to`G`risidаgi hisobotning o`rni, аhаmiyati vа tartibga soluvchi me’yoriy huquqiy hujjatlar

    Download 78,4 Kb.