|
I BOB. MOLIYAVIY NАTIJАLАR TO`G`RISIDАGI HISOBOTNING O`RNI, АHАMIYATI VА SHАKLLАNISH TАRIXI
|
bet | 2/10 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 78,4 Kb. | | #145059 |
Bog'liq Mavzu Moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobot tavsifi, uning I BOB. MOLIYAVIY NАTIJАLАR TO`G`RISIDАGI HISOBOTNING O`RNI, АHАMIYATI VА SHАKLLАNISH TАRIXI
Moliyaviy hisobotlar tizimi va unda moliyaviy natijalar to`g`risidagi hisobotning o`rni
O`zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritayotgan barcha xo`jalik yurituvchi subyektlar belgilangan tartib, shakl va muddatlarda o`zlarining moliyaviy hisobotlarini taqdim qilishga majbur. Yurtimizda moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar asosida tuzish, xalqaro standartlar miqyosiga yaqinlashtirish va yanada soddalashtirish ustida jiddiy ilmiy-amaliy ishlar olib borilmoqda. Moliyaviy hisobotlar xo`jalik yurituvchi subyektlarning ma’lum bir davrdagi moliyaviy faoliyat natijalari, asosiy vositalari harakati, ma’lum sanadagi aktivlar, majburiyatlari, pul oqimlari to`g`risidagi va xususiy kapitalining holati haqida axborot beradi.
Moliyaviy hisobotlarni tuzish, odatda uning konsaptual asoslariga tayangan holda amalga oshiriladi. Konseptual asos eng avvalo quyidagi muammolarni barchasini yechilishi uchun zarur:
Mavjud konsepsiya va tamoyillar asosida tizim tuzish;
Yuzaga kelgan qiyinchiliklarni bartaraf etish algoritm yaratish;
Moliyaviy axborotdan foydalanuvchilarning hisobotlarni tushunish saviyasini oshirish;
Turli korxona va XYuSlar moliayiv hisobotlari raqobatbardoshligini oshirish.
Moliyaviv hisobot konsepsiyalari tomonidan quyidagilar aniqlanishi zarur:
Ko`rinib turibdiki, moliyaviy hisobot konsepsiyasining bosh masalasi bo`lib moliyaviy hisobot taqdim etishning maqsadini aniqlash hisoblanadi. Buxgalteriya hisobining milliy standartlarida moliyaviy hisobotlarning maqsadi qilib quyidagicha belgilangan: “moliyaviy hisobotlarning maqsadi XYuSlarning moliyaviy holati, faoliyati natijalari va moliyaviy holatidagi o`zgarishlar haqida axborotlar taqdim qilish hisoblanadi”.
Moliyaviy hisobotning konseptual asoslari buxgalteriya axborotining qaror qabul qilish jarayonidagi foydalilik darajasini oshiruvchi xususiyatlarini belgilaydi va aniqlaydi. Moliyaviy hisobot axborotlarining to`rtta asosiy sifat xususiyatlari mavjud va ular quyidagilardan iborat:
Tushunarlilik;
Ahamiyatlilik;
Ishonchlilik;
Solishtirish imkonining mavjudligi.
|
| |