|
Mavzu: ms accessda shakllar bilan ishlash reja I. Kirish II. Asosiy qism
|
bet | 3/15 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 280 Kb. | | #137393 |
Bog'liq Mavzu ms accessda shakllar bilan ishlash reja I. Kirish II. AsoSonli maydon (числовое поле)-haqiqiy sonlarni saqlashga mo،ljallangan.
Sana/vaqt maydoni (поле дата/время) - kalendar, sana va joriy vaqtni saqlovchi maydon.
Pulli maydon (денежное поле)- pul mablag’larning sonlardagi qiymati saqlanadigan maydon, undagi ma’lumotlar sonli maydon ma’lumotlaridan pullarga xos xususiyatlari borligi bilan farq qiladi va pulga oid amallarni bajarishda foydalanuvchiga yanada qulaylik tug’diradi.
Hisobchi maydon (счетчик)- qaydlarni tartib bilan raqamlash uchun ishlatiladigan sonlar maydoni.
OLE ob’ekti maydoni (поле объекта OLE)- bog’lash va joriy etish (L&E) texnologiyasi bilan o’rnatiluvchi ob’ektlarning yorliq yoki ko’rsatgichlarini saqlashga mo’ljallangan tabiiy maydon. Tabiiyki, bunday ob’ektlar MB fayli tarkibida, biroq baza jadvalidan boshqa joyda saqlanadi.
Gipermurojaat maydoni (поле “гиперссылка”) – Internet Web-ob’ektlarining URL manzillarini saklashga mo’ljallangan maxsus maydon. Undagi kaydlar gipermurojaatlardan iborat.
Urniga kuyish ustasi (мастер подстановок) – bu ob’ektni sozlash tufayli klaviaturadan emas, sichkoncha yordamida ma'lumotlarni yoyiluvchi ro’yxatdan tanlab olish yo’li bilan maydonga ma’lumotlar kiritishni avtomatlashtirish mumkin.
MBBT (Ma’lumotlar bazalarini boshkarish tizimi)ga murojaat etuvchilarni shartli ravishda ikki guruhga bo’lish mumkin: bu-foydalanuvchilar guruhi va loyihalovchilar guruhi. Loyihalovchilar MBga ehtiyojmand foydalanuvchilarning talablarini inobatga olgan holda MB jadvalining tuzilmasini yaratish va yahshilash ustida ishlaydi.
MBBTga murojaat etuvchilarning foydalanuvchilar guruhi vakillari loyihalanib bo’lgan MBni to’ldirish va ularni istifoda qilish bilan band bo’ladilar. Umuman olganda, foydalanuvchilar MB tuzilmasini boshqarishga, o’zgartirishga haqli emaslar, ular, odatda, faqat o’z funksional vazifalariga taalluqli ma’lumotlarga kirish huquqiga egadirlar xolos.
|
| |