Mavzu: ms accessda shakllar bilan ishlash reja I. Kirish II. Asosiy qism




Download 280 Kb.
bet7/25
Sana24.03.2017
Hajmi280 Kb.
#1978
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
So’rovlar kerakli ma’lumotlarni MB jadvallaridan foydalanuvchiga qulay tarzda tanlab beruvchi vositadir. So’rovlar yordamida MB jadvallari ustida ko’pgina amallar bajariladi, ya’ni so’rovlar orqali ma’lumotlarni saralash, ya’ni filtrlash, ma’lumotlarni berilgan tartibda o’zgartirish, ma’lumotlar ustida hisob-kitoblar, jadvallarni boshqa manbalardan avtomatik tarzda chaqirib olingan ma’lumotlar bilan to’ldirish kabilar amalga oshiriladi. Aytilgan amallarning aksariyatini bevosita MB jadvallarining o’zida ham bajarish mumkin. Lekin bunda ko’proq mehnat, ko’proq vaqt sarf bo’ladi. So’rovlar esa ishlash tezligi va MB xafsizligi nuqtai nazaridan ham qulaydir.

Shakllar MBga yangi ma’lumotlarni kiritish xamda mavjudlarini ko’rib chikishga mo’ljallangan vositadir. Foydalanuvchi shakllar vositasida ruxsat etilgan maydonlargagina ma’lumot kirita oladi. Loyixachilar esa ma’lumot kiritishni tezlatish, avtomatlashtirish maksadida shaklga maxsus boshkaruv elementlarini (schetchiklarni, doirachalar, kvadratchalar, yoyiluvchi ro’yxatlar va boshqalarni joylashtiradi. Shaklarning avzalliklari ma’lumotlarni to’ldirilgan blanklar orqali kiritish amalga oshirilganda yanada yakkol nomoyon bo’ladi. Bu xolda tayyor blankdagi barcha narsalar (bezaklar va boqalar) grafik vositalar ko’magi bilan shaklda mutloqo aynan aks etiriladi. Demak shakllar yordamida nafaqat ma’lumotlar kiritilar ekan, balki ularda MB dagi mavjud qoydalar ko’rgazmali tarzda aks etirilar xam ekan.

Xisobotlar – o’zlarining xossalari va tuzilishiga ko’ra ko’proq shakllarga o’xshab ketadi. Xisobotlar bazadagi ma’lumotlarni qog’ozga chiqarish uchun xizmat qiladi. Shu boyisdan, ular boshqa ob’ektlardan, chop etiluvchi ma’lumotlarni turkumlash imkoniyatlari borligi bilan, shuningdek, boshqa xujjatlarga xos bo’lgan yuqori va quyi kalontitullar, saxifa raqamlari, xisobot tuzilgan sana xamda vaqt kabi maxsus rasmiylashtirish elementlarini xam asosiy ma’lumotlar qatori kogozga chiqarish uchun mo’ljalangan aloxida jixatlari mavjudligi bilan ajralib turadi.

Saxifalar – aslida “ma’lumotlarga kirish saxifalari” deb atalivchi bu ob’ekt Internetda WWW xizmatining juda xam tez omaviylashuvi natijasida xosil bo’lgan desak yanglishmaymiz. Bu ob’ekt Web – saxifada joylashadi va u bilan birga foydalanuvchiga uzatiladi.



Download 280 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Download 280 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: ms accessda shakllar bilan ishlash reja I. Kirish II. Asosiy qism

Download 280 Kb.