|
Mavzu: Muhandislik-geologik qidiruv ishlarining turlari va usullari
|
Sana | 21.06.2024 | Hajmi | 20,18 Kb. | | #264960 |
Bog'liq 8-mavzu
Mavzu: Muhandislik-geologik qidiruv ishlarining turlari va usullari.
Muhandislik - geologik qidiruv ishlari:
1. Tayyorgarlik;
2. Dala;
3. Laboratoriya;
4. Kameral bosqichlarga bo’linadi.
Tayyorgarlik ishlari TIL bosqichi davrida bajariladi. Ular vazifasiga qurilish loyihalanayotgan rayonning tabiiy sharoiti to’g’risida material yig’ish, bu ma’lumotlar asosida TIL bosqichi uchun axborotli hisobot tuzish va loyihalashni keyingi bosqichini asoslash uchun muhandislik - geologik qidiruv ishlarini dasturini tuzishdan iborat. Rayonning tabiiy sharoiti to’g’risidagi ma’lumotning birinchi manbalari, chop etilgan maqola va monografiyalar, turli ishlab chiqarish tashkilotlari va ilmiy - tekshirish institutlarining arxivlaridagi va fondlaridagi hisobotlari hisoblanadi. Bu materiallarni o’rganish chog’ida tanlangan maydonning muhandislik - geologik xususiyatini xarakterlovchi materiallar to’planadi (yozuv ishlar, xarita, grafiklar, qirqimlar). Ushbu rayonda qurilgan va ekspluatatsiya qilinayotgan inshootlarni to’g’risidagi ma’lumotlar ham muhim ahamiyatga ega bo’lishi mumkin. To’plangan materiallar asosida TIL uchun hisobot tuziladi va muhandislik - geologik qidiruv ishlari dasturi ishlab chiqiladi.
Dala ishlari.
Dala ishlari deb xududda yoki loyiha qilinayotgan qurilish maydonida bevosita olib borilayotgan hamma ish turlari kiradi. Ular kompleks muhandislik - geologik s’yomka qidiruv (razvedka), geofizikaviy va statsionar ishlardan iborat. Kompleks muhandislik - geologik s’yomka (tasvirlash), geologik tuzilishni, fizikaviy - geografik va gidrogeologik sharoitlarni, geodinamik jarayonlarni va jinslarning fizikaviy - mexaniqaviy xususiyatlarini kompleks tadqiqot qilishni qamrab oladi.
Dala materiallarini, laboratoriya tekshirishlar natijalarini umumlashtirish kameral davri jarayonida o’tkaziladi va muhandislik- geologik hisobot xaritalari, geologik qirqimlar tuziladi. Muhandislik-geologik s’yomkaga shu joyning geologik xaritasi asos qilib olinadi.
Muhandislik - geologik s’yomkaning masshtabi maydonning katta-kichikligiga, inshootning konstruktsiyasi va joylarning muhandislik - geologik sharoitiga bog’liq. Shu sababli s’yomkaning masshtabi, asosan 3 xil bo’ladi:
1. Mayda masshtabli s’yomka (1:500000-1:1000000);
2.O’rta masshtabli s’yomka (1:200000-1:50000);
3. Yirik masshtabli s’yomka ( 1:50000-1:5000).
Muhandislik-geologik s’yomka ishlarining natijalari muhandislik- geologik xaritalarda o’z ifodasini topadi. Muhandislik - geologik tadqiqotlar oxirida muhandislik - geologik xaritalari tuziladi.
Qurilish rayonlarining muhandislik - geologik sharoiti quyidagilarga bog’liq bo’ladi: geologik tuzilish, geomorfologik tuzilish, gidrogeologik sharoit va fizikaviy - geologik jarayonlar, qurilish materiallari, seysmik sharoit.
Muhandislik – geologik xaritalar o’z joyiga qarab, quyidagi turlarga bo’linadi:
Umumiy masshtabdagi (1:500000 va undan mayda);
Obzorniy (sharhli) masshtabdagi (1:500000 - 1:200000); Sxematik masshtabdagi (1:10000 - 1:25000);
Mukammal masshtabdagi (1:2000 - 1:5000) muhandislik - geologik xaritalar.
Bu masshtabdagi muhandislik - geologik xaritalardan loyihalash ishlarida, har xil maqsadlarda foydalaniladi.
Ilg'or xorijiy tajribani o'rganish asosida geologiya-qidiruv jarayoniga aerogeofizik usul va uskunalar joriy etilmoqda. Bu istiqbolli geologik resurslarni yuqori aniqlikda belgilash imkonini beryapti.
— Noan'anaviy geologiya ishlari, yangi texnika, texnologiyalarni qo'llagan holda ayni paytda zamonaviy modernizasiya hisobiga olgan aerogeofizika uskunasini vertolyotda uchirib, maydon anomaliyasini ko'tarib, yer ustida qiladigan uch yillik ishini qariyb bir-ikki oyda bajariladi.
Davlatimiz rahbarining “Respublika qurilish materiallari sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga ko'ra, “O'zqurilishmateriallari” aktsiyadorlik jamiyati qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish, tarmoq korxonalarini modernizatsiya qilish, texnologik va texnik qayta jihozlash uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, eksport potentsialini oshirish, xalqaro talab va standartlarga muvofiq zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini joriy etish maqsadida qayta tashkil etildi.
Mamlakatimizning barcha hududlarida qurilish materiallari xomashyo zaxirasi mavjud. Bu boradagi tahlillarga ko'ra, yurtimizda 924 ta qurilish materiallari xomashyo zaxirasi mavjud konlar aniqlangan. Bugungi kunda ularning 392 tasi, yoki 42,4 foizidan foydalanilayotganiga e'tibor beradigan bo'lsak, mahalliy va xorijiy investorlar uchun bu sohada katta imkoniyatlar mavjudligi tasdiqlanadi. Asosiy qurilish materiallaridan biri bo'lgan sementga to'xtalib o'tadigan bo'lsak, bugungi kunda respublikada 14 ta sement ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan yiliga 9,1 million tonna mahsulot ishlab chiqarilmoqda.
Tarmoqni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash uchun investitsiyalarni, ayniqsa, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, ushbu sohadagi etakchi chet el kompaniyalari bilan yuqori sifatli zamonaviy qurilish materiallarini keng turda ishlab chiqarish bo'yicha qo'shma korxonalar tashkil etilmoqda.
Respublikada qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida 2019 yil 20 fevralda O'zbekiston Prezidentining “Qurilish materiallari sanoatini tubdan takomillashtirish va kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi hamda 2019 yil 23 mayda “Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori qabul qilindi, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilish bo'yicha barqaror o'sish sur'atlarini ta'minlash, shuningdek, korxonalarni modernizasiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan qurilish materiallari sanoatidagi tarkibiy o'zgartirishlarni yanada chuqurlashtirish uchun “O'zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tashkil etildi. Ignasimon, yoysimon, plastinasimon shakldagi o`lchamlari (gidravlik diametri) 0,005 mm dan kichik gil zarrachalari asosan tog` jinslarning kimyoviy va qisman biologik yemirilishi natijasida hosil bo`lgan.
Tarkibidagi gil zarrachalari miqdoriga ko`ra gilli gruntlar quyidagi turlarga bo`linadi: Qumok tuproq (gil zarrachalarining miqdori grunt massasi bo`yicha 3...10% ni tashkil etadi); 2. Sog` tuproq (gil zarrachalari 10...30% ni tashkil etadi); 3. Gil tuproq (gil zarrachalari 30% dan ko`p ).
Grunt tarkibida gil zarrachalari qanchalik ko`p bo`lsa, suv ta`sirida ularning xossalari shunchalik o`zgaruvchan bo`ladi. Tarkibidagi suvning miqdoriga qarab, ular qattiq, plastik yoki oquvchan holatlarda bo`lishi mumkin.
Hosil bo`lish sharoiti, tarkibi, suv ta`siridagi holati va boshqa xususiyatlariga qarab, gilli gruntlar guruhida muzlik davri gili (morena), tasmasimon gil, lyoss, sho`rlangan gilli grunt va boshqalar bir-biridan farqlanadi. O`zbekistonda, ayniqsa uning janubiy hududlarida lyoss va lyossimon gruntlar ko`p uchraydi.
Tarkibiga ko`ra lyoss yoki lyossimon gruntlar qumoq tuproq, sog` tuproq yoki gil tuproq guruhlariga kirishi mumkin. Ularning tarkibi deyarli bir jinsli bo`lib, 50...80 % massasini changsimon zarrachalar (0,005...0,05 mm) tashkil etadi. Lyosslar tarkibida shuningdek, gumus, ohak, gips va boshqa suvda oson eriydigan tuzlar ham mavjud bo`ladi.
Lyossli gruntlarning o`ziga xos tomonlaridan biri, ularning tuzilishida vertikal yo`nalishda joylashgan va ko`z ilg`aydigan yirik tutash g`ovaklarning mavjudligidir. G`ovaklarning joylashuvi suv sizishining asosan vertikal yo`nalishda sodir bo`lishiga sabab bo`ladi. Lyossli gruntning qattiq zarrachalari o`zaro kuchsiz bog`langanligi uchun, suv ta`sirida bog`lanish kuchlari keskin kamayib, katta miqdordagi cho`kish hodisasi ruy beradi. Shu sababli, lyosslar o`ta cho`kuvchan gruntlar turiga kiradi.
O`zbekiston sharoitida shuningdek sho`rlangan gilli gruntlar ham keng tarqalgan bo`lib, ularning tarkibi va xossalari odatdagi gruntlarnikidan birmuncha farq qiladi. Ularning tarkibida har xil suvda oson eruvchan tuzlar mavjud bo`ladi. Bunday gruntlar zarrachalarining zichligini aniqlashda inert suyuqliklardan (masalan, kerosindan) foydalaniladi. Ularning granulometrik tarkibini o`rganishda esa, grunt namunasini oldindan suv bilan yuvish, ya`ni tuzlarni grunt tarkibidan butunlay chiqazib tashlash lozim.
XULOSA
2019-2025 yillarda geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, qazib olish va qayta ishlash asosida qurilish industriyasi xomashyo bazasi hajmlarini oshirish - 13,1 million tonna ohaktosh, 1,8 million tonna gips, 1 million tonna loysimon komponent, g'isht xomashyosi, 0,1 million tonna kvarts qumi, 5,6 million kub metr ko'chgan tog' jinslari (bazal`t), tosh-shag'al ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Respublikada qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida 2019 yil 20 fevralda O'zbekiston Prezidentining “Qurilish materiallari sanoatini tubdan takomillashtirish va kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi hamda 2019 yil 23 mayda “Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori qabul qilindi, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilish bo'yicha barqaror o'sish sur'atlarini ta'minlash, shuningdek, korxonalarni modernizasiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan qurilish materiallari sanoatidagi tarkibiy o'zgartirishlarni yanada chuqurlashtirish uchun “O'zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tashkil etildi. Ignasimon, yoysimon, plastinasimon shakldagi o`lchamlari (gidravlik diametri) 0,005 mm dan kichik gil zarrachalari asosan tog` jinslarning kimyoviy va qisman biologik yemirilishi natijasida hosil bo`lgan.
ADABIYOT
1.Karimov I.A. O`zbekiston XX1 asrga intilmoqda. – T., O`zbekiston, 1999.
2.Karimov I.A. O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlash-tirish yo`lida. – T., O`zbekiston, 1999.
3.Karimov I.A. O`zbekiston XX1 asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. – T., O`zbekiston, 1997.
4.QMQ 2.02.01-98. Bino va inshootlar zaminlari. – Toshkent, 1999.
5.QMQ 2.01.07-97. Yuklar va ta`sirlar. – Toshkent, 1998.
6.Frolov N.N. Proektirovanie osnovaniy i fundamentov gidromeliorativnx soorujeniy. M.: Kolos, 1985.
|
| |