• Murakkab tizimlar
  • Mavzu: Murakkab tizimlarni yaratishning asosiy tizimli yondashuvlari




    Download 205,55 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/4
    Sana11.10.2024
    Hajmi205,55 Kb.
    #274483
      1   2   3   4
    Bog'liq
    6-Mavzu MT



    Mavzu: Murakkab tizimlarni yaratishning asosiy tizimli yondashuvlari.
    Talaba ushbu mavzu orqali Murakkab tizimlarni yaratishning asosiy tizimli 
    yondashuvlari haqidagi kerakli ma’lumotlarga ega bo'ladilar. Bundan tashqari 
    tizimlarni yaratish uchun kerak bo'ladigan vositalar bilan tanishadilar. Yangi 
    tizimlarni yaratish uchun komyuterda dasturiy muhitini yaratishni o'rganishadi. 
    Reja
    1.
    Murakkab tizimlar haqida umumiy ma’lumot 
    2.
    Murakkab axborot tizimlarini loyihalash asoslari
    3.
    Murakkab tizimlarni loyihalashda strukturaviy yondashuv 
    4.
    Murakkab axborot tizimlarini loyihalash metodologiyalari 
    5.
    Foydalanilgan adabiyotlar 
    Murakkab tizimlar
     - loyihalash sharoiti yoki ko‘riladigan masalalarning 
    yuqori tartibliligi bilan, mumkin bo‘lgan variantlarning ko‘pligi bilan turli xil 
    faktorlarning hisobga olish kerakligi bilan xarakterlanadi. Murakkab tizimlarni 
    loyihalashda soddadan murakkabga yoki quyidan yuqoriga qarab loyihalash 
    bosqichlari bajariladi. Bunday loyihalash usuli blok-ierarx usuli deb ataladi. Blok-
    ierarx usuli biror ob'ektni abstrakt ravishda bir-nechta bosqichlarga bo‘lishni ko‘zda 
    tutadi. 
    Ob'ektlar yoritilishi quyidagilar bilan xarakterlanadi. 

    funksional (ob'ekt bajaradigan funksiya (ish nuqtai nazaridan); 

    konstruktiv (ob'ektning tuzilishi); 

    texnologik (ob'ektning ishlab chiqarilishi nuqtai nazaridan). 
    Ob’ektlarni funksional yoritilishini quyidagilarga bo‘lish mumkin: 

    tizimli; 

    mantiqiy; 

    sxemotexnik; 



    komponentli. 
    Ob'ektning funksional tizimli bosqichida yoritilishida tizim sifatida 
    komplekslar ko‘riladi. Masalan, kompleks sifatida avtomobilni olish mumkin. 
    Ob'ektni funksional mantiqiy darajada yoritilishida bloklarning elementlardan tarkib 
    topgan tizim deb ko‘riladi. Masalan, avtomobilda ishlatiladigan kuchaytirgichlar
    ventillar, taqsimlagichlar va boshqalar. Ob'ektni funksional sxematik darajada 
    yoritilishida funksional qismlar tizim sifatida ko‘riladi. Ob'ektni funksional 
    komponentli darajada yoritilishida sxema komponentlaridagi jarayonlar ko‘riladi. 
    Ob'ektlar konstruktiv nuqtai nazardan yoritilganda ular tizimning tuzilishi 
    darajasidan qaraladi. Texnologik nuqtai nazardan esa ob'ektning tayyorlanish 
    darajasidan qaraladi. Loyihalash jarayoni bir necha bosqichlarga bo‘linadi. 
    Loyihalash bosqichi bir yoki bir nechta loyiha protseduralardan iborat bo‘lgan 
    shartli ravishda ajratilgan loyihalash jarayonining qismidir. Odatda bosqichlar bir 
    yoki bir nechta darajadagi abstraktlashtirishga ega bo‘lgan bosqich protseduralarini 
    o‘z ichiga oladi, ba'zan loyihalash jarayonida u yoki bu protseduralar ketma-ketligi 
    ajratib olinadi va u loyihalash marshruti deb ataladi. Protsedura formallashtirilgan 
    harakatning yig‘indisi bo‘lib, ularning bajarilishi loyiha yechimi bilan yakunlanadi. 
    Loyiha yechimi loyihalash ob'ektini oraliq yoki yakuniy yoritilishi bo‘lib, u yakuniy 
    loyihalash yoki yo‘nalishini ko‘rib chiqish yoki aniqlash uchun zarur bo‘ladi. 
    Loyihalashda protsedura va bosqichlarning har xil ketma ketligi bo‘lishi mumkin. 
    Murakkab tizimni loyihalashning ikkita usuli mavjud: 
    1. Pastga qarab loyihalash 
    2. Yuqoriga qarab loyihalash. 
    Pastga qarab loyihalash shunday bosqichlarni o‘z ichiga oladiki, bunda 
    loyihalanayotgan elementlar yoki detallar bitta konkret tizimda ishlatiladi. 
    Loyihalash Iteratsion xossaga ega, ya'ni yangi ma'lumotni olish uchun bitta 
    ma'lumotdan ko‘p marta foydalaniladi. Yuqoriga qarab loyihalash aniq bir 


    ob'ektlarni loyihalashda, agar ular ierarxiyaning yuqori darajasida elementlar 
    sifatida foydalanilsa ishlatiladi. Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimining tizim 
    qismlari loyihalanayotgan ob'ektga nisbatan qo‘yidagilarga bo‘linadi. 
    1. Ob'ektga yo‘naltirilgan. 
    2. Ob'ektga bog‘liq bo‘lmagan. 
    Tizim qismlari loyihalovchi va xizmat qiluvchilarga bo‘linadi. Loyihalovchi 
    tizim qismlari loyihalash protseduralari va operatsiyalarini bajaradi. Xizmat qiluvchi 
    tizim qismlari ob'ektlarga yo‘naltirilgan tizim qismlarining ishlash qobiliyatini 
    saqlab turishini ta'minlaydi. Ob'ektga yo‘naltirilgan tizim qismlarida protsedura va 
    operatsiyalar bajariladi va ular loyihalanayotgan ob'ektning konkret turi bilan 
    bog‘liq bo‘ladi. Ob'ektga bog‘liq bo‘lmagan tizim qismlarida protsedura va 
    operatsiyalar bir xil shaklga ega bo‘ladi. 
    Loyihalovchi tizim qismlariga quyidagilar misol bo‘la oladi: 

    detal va yig‘ma bo‘laklarni loyhalash tizim qismlari; 

    katta integral sxemani loyihalashning tizim qismlari; 

    texnologik loyihalashning tizim qismlari. 
    Xizmat qiluvchilarga quyidagilar misol bo‘ladi: 

    loyihalash ob'ektlarini grafikaviy akslantiruvchi tizim qismi; 

    hujjatlashtirish tizim qismi; 

    axborotni qidirish tizim qismi 


    1-rasm. Axborot tizimlari. 

    Download 205,55 Kb.
      1   2   3   4




    Download 205,55 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Murakkab tizimlarni yaratishning asosiy tizimli yondashuvlari

    Download 205,55 Kb.
    Pdf ko'rish