|
Mavzu: Mutolaa jarayonida notiqlikka xos marom, ohangning retseptiv vazifa bajarilishi Reja
|
bet | 2/6 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 26,37 Kb. | | #125482 |
Bog'liq Mutolaa jarayonida notiqlikka xos marom, ohangning retseptiv vazifa bajarilishiRitorika va zamonaviy adabiyot.
Ritorika, mutolaa zamonaviy adabiyot rivojini ta’minlovchi, o‘quvchi va badiiy asar munosabatini mustahkamlovchi vosita ekanligi, badiiy asarni o‘qish, tushunish, tushuntirish jarayonida ritorika mezonlarining ulkan ahamiyat kasb etishi. Zamonaviy epik, dramatik, lirik janrlarga xos semantik-struktural mohiyat bevosita mutolaa san’ati va ritorika bilan bog‘liqligi.
Notiqlik san’ati tarixi
Mutolaa va voizlikning G‘arb madaniy tafakkurida tutgan o‘rni.
Ritorika tushunchasi asosida nutq, notiqlik degan mazmun yotishi, bunda asosan, nutqdagi marom e’tiborga olinishi. Va’z va voizlik esa sharqona pand-nasihat – didaktikaga asoslanishi.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.
Mutolaa va voizlikning SHarq madaniy tafakkurida tutgan o‘rni.
Mutolaa san’ati arabcha «mutolaa – o‘qish, o‘qib o‘rganish» ma’nolarni anglatishi, voizlik esa SHarq va G‘arbda boshqa-boshqa tushunchalar o‘laroq talqin qilinishi.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.
Lirik janrlarda marom va ohang.
Lirik janrlar asosida marom va ohang turishi, voiz nutqida ham maqom va ohang ishtirokiga alohida e’tibor qaratish. Ritor tanlagan mavzuga qarab lirik janrlarga xos tez, sekin, yuqori yoki past ohanglarning o‘rin almashinib turishi. She’r vaznlariga xos marom, nutq materiali semantikasiga bevosita ta’sir etishi.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.
Dramada ritm va ohang.
Dramatik asarda ritm va ohangning etakchi mavqeda turishi. Dramatik asardagi muallif nutqi asosiy ritm va ohang regulyatori vazifasini bajarishi. Qahramonlararo dialogda, monolog va ichki nutq talqinida notiqlik san’atiga xos marom o‘zgarishlarining muqarrarligi. Shu nuqtai nazardan voizlik va dramatik janrlar mustahkam aloqaga ega bo‘lishi.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.
Epik ijodda nutq va mutolaa masalasi.
Epik ijod namunalarining mutolaa san’ati bilan mushtarak holatda yashashi qonuniyligi. Mutolaa jarayonida notiqlikka xos marom, ohang, urg‘u, talaffuz va ifodaning muhim retseptiv vazifa bajarishi. Epik ijodda ham nutqning obrazlar, personajlar, ifoda shakllari, pafos bilan bog‘liq ko‘rinishlari uchrashi.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.
Mutolaa jarayonida jumla, so‘z va tovushning vazifasi.
Mutolaa jarayonida jumla, so‘z va tovushning vazifasi bir nechta bosqichlardan iborat ekanligi. Birinchi bosqichning psixologik funksiyaga yo‘naltirilishi. Bunda jumla va so‘zning psixologik ta’sir kuchiga ega bo‘lishi. Ikkinchidan, ayni matn bo‘laklarining semantik-struktural vazifalarini bajarishi. Uchinchidan, obraz mohiyatini ochishda va tushunib etishda jumla, so‘z va tovushning zarur retseptiv komponent vazifasini bajarishi.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.
Notiqlik san’atining shakllanish tarixi. Notiqlikning yuzaga kelish omillari. Yunon notiqligi. Qadimgi Yunoniston – notiqlik san’atining vatani. Qadimgi Gretsiyada notiqlar faoliyati. Xalq yig‘inlarining notiqlik san’atining shakllantirishdagi o‘rni. Ijtimoiy-siyosiy masalalarda omma e’tiborini tortishning muhimligi. Fikr va g‘oyalarni to‘g‘ri va ta’sirchan ifodalashning ahamiyati. Huquq tizimida notiqlikning o‘rni. Yunon ritorlarining og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalarini egallashdagi faoliyatlari. Falsafa maktablarining notiqlik san’atiga munosabatlari.
Aristotelning notiqlik san’ati taraqqiyotidagi xizmatlari.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis, munozara, o’z-o’zini nazorat.
|
| |