Naqshli trikotaj to’qimalarini to’qishda halqa hosil qilish jarayonining o’ziga xos xususiyatlari




Download 240.69 Kb.
bet2/4
Sana10.03.2024
Hajmi240.69 Kb.
#169625
1   2   3   4
Bog'liq
Naqshli trikotaj to’qimasi
A.To\'ychiyev(3), 1232, 4 класс конспект надомное обучение, Bolalar sahnalashtirish, ona tili va bolalar adabiyoti, [23.01.2023 15 52] ЭЛЛИКАЛА ТАШКЕНТ ЮЖНЫЙ, Nazariy meхanikadan misol va masalalarda 2-qism Kinematika, Аралаш функциали бирикмалар Аминокислоталар оқсиллар, prezentatsiya po distsipline hayot faoliyati xavfsizligi na temu, 1 Устоз билан маслахатлашиш, 0 GANO TEAM Royal mushroom КИРИШ, 4 номлар рўйхати, 3 ИШОНЧ, Mustaqil ish, 1-amaliy mashg`ulot
Naqshli trikotaj to’qimalarini to’qishda halqa hosil qilish jarayonining o’ziga xos xususiyatlari
Ma’lumki, barcha trikotaj to’qimalari ikki turkumga bo’linadi: bular asosiy va naqshli to’qimalardir.
Naqshli to’qimalar deb, negizi bosh yoki hosilali to’qimalardan iborat va tarkibiga qo’shimcha elementlar (ochiq halqa, protyajka va qo’shimcha iplar) kiritish yo’li bilan olingan to’qimalarga aytiladi.
Darslikning bu qismida naqshli trikotaj to’qimalarining tuzilishi, xususiyatlari, to’qish jarayonining murakkabligi, ishlab chiqarishda qo’llanish darajasi va muallif tomonidan ko’p yillar davomida olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalaridan foydalanib, tukli trikotaj to’qimalarini to’qishda halqa hosil qilish jarayonining o’ziga xos xususiyatlari keltirilgan. Ma’lumki, tukli trikotaj to’qimalarining tasnifiga asosan tukli trikotaj qoplama, futerli, arqoqli, qayta to’qilgan va aralash, ya’ni qoplama futerli, qoplama-arqoqli, futer-arqoqli va hokazo bo’lishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan trikotaj to’qimalarini to’qishda halqa hosil qilish jarayonining tahlili shuni ko’rsatadiki, qoplama to’qimali tukli trikotajni to’qishda halqa hosil qilish jarayonining faqat shu trikotaj turiga taalluqli bo’lgan o’ziga xos xususiyatlari mavjud.
Qoplama to’qimali tukli trikotajda tukli ipdan hosil qilingan halqa (tukli halqa) asos halqasi bilan birga shakllanadi, tukli halqaning uzaytirilgan protyajkalarini hosil qilish uchun esa, tukli ip asos ipiga nisbatan kattaroq chuqurlikda egiladi. Futer to’qimali tukli trikotajda ip ignalarga tanlov asosida qo’yiladi va asos halqasi bilan birga qo’shib to’qilmaydi, arqoq ipi esa ignaga
qo’yilmasdan to’qimaga kiritiladi. Buning natijasida halqa hosil qilish jarayonida tukli ipning tarangligi futer yoki arqoq iplarining tarangligidan ancha yuqori bo’ladi. Shuning uchun futer va arqoq to’qimali tukli trikotajni to’qish jarayoni qoplama to’qimali tukli trikotajni to’qish jarayoniga nisbatan yengilroq bajariladi.
Tukli trikotajni turli mashinalarda to’qishda halqa hosil qilish jarayonining tahlili shuni ko’rsatadiki, tukli trikotajni to’qishdagi halqa hosil qilish jarayoni odatdagi trikotaj to’qimalarini to’qishdagi halqa hosil jarayoni asosida bajariladi, lekin trikotaj to’qimasi tarkibiga qo’shimcha tukli ipning kiritilishi halqa hosil qilish jarayonining o’ziga xos ravishda bajarilishiga olib keladi. Bunda halqa hosil qilish jarayoni bajarilishining ketma-ketligi o’zgarishsiz saqlanib qoladi, lekin halqa hosil qilish jarayonidagi operatsiyalar soni bittaga ko’payadi. Bu qo’shimcha operatsiyani ba’zi mualliflar tukli halqa protyajkalarini yechish, ba’zilar tukli halqa protyajkalarini tashlash, yana ba’zilar - bo’shatish deb atashadi. Atalishidan qat’i nazar, bu operatsiyani bajarishdan maqsad tukli halqa protyajkalarini qo’shimcha elementlardan tashlab, ularni yangi tukli ipni qo’yish uchun bo’shatishdan iboratdir.
Tukli halqa protyajkalarini qo’shimcha elementlardan tashlash operatsiyasining qay vaqtda bajarilishi, mashina va tukli ipni egish uchun ishlatiladigan qo’shimcha elementlar turiga bog’liqdir.
Qoplama to’qimali tukli trikotajni to’qishda halqa hosil qilish jarayoni yassi va aylana ignadonli oborot mashinasi misolida ko’rilgan.






Download 240.69 Kb.
1   2   3   4




Download 240.69 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Naqshli trikotaj to’qimalarini to’qishda halqa hosil qilish jarayonining o’ziga xos xususiyatlari

Download 240.69 Kb.