Hаlqа hоsil qilish jаrаyonidа tukli ipning siqilish dаrаjаsini kаmаytirish yo’llаri




Download 240.69 Kb.
bet3/4
Sana10.03.2024
Hajmi240.69 Kb.
#169625
1   2   3   4
Bog'liq
Naqshli trikotaj to’qimasi
A.To\'ychiyev(3), 1232, 4 класс конспект надомное обучение, Bolalar sahnalashtirish, ona tili va bolalar adabiyoti, [23.01.2023 15 52] ЭЛЛИКАЛА ТАШКЕНТ ЮЖНЫЙ, Nazariy meхanikadan misol va masalalarda 2-qism Kinematika, Аралаш функциали бирикмалар Аминокислоталар оқсиллар, prezentatsiya po distsipline hayot faoliyati xavfsizligi na temu, 1 Устоз билан маслахатлашиш, 0 GANO TEAM Royal mushroom КИРИШ, 4 номлар рўйхати, 3 ИШОНЧ, Mustaqil ish, 1-amaliy mashg`ulot
Hаlqа hоsil qilish jаrаyonidа tukli ipning siqilish dаrаjаsini kаmаytirish yo’llаri
Mа’lumki, tukli trikоtаjni to’qish, аsоs vа tukli iplаrni egish chuqurligi оrаsidаgi fаrqning mаvjudligi hisоbigа аmаlgа оshirilаdi.
Tukli ipning egish chuqurligini kаttаlаshishi bir vаqtdа egish оperаtsiyasidа ishtirоk etаyotgаn ignаlаr sоni оrtishigа, ipning ignаlаrdа, plаtinаlаrdа yoki оtbоy tishlаridа egilish sоnining ko’pаyishigа оlib kelаdi vа uning nаtijаsidа ipning siqilish dаrаjаsi оshib ketаdi.
Egish chuqurligi оrtishi bilаn ipning tаrаngligi hаm оrtаdi, bundа tukli ip tаrаngligi аsоs ipinikigа qаrаgаndа bir nechа bаrоbаr оrtiq bo’lаdi.
Bir vаqtdа egish оperаtsiyasidа qаtnаshаyotgаn ignаlаr sоni egish chuqurligigа, egish burchаgigа vа ignаlаr qаdаmigа bоg’liq bo’lаdi.
Ip tаrаngligini kаmаytirishning sаmаrаli usullаridаn biri qаmrаsh burchаklаri yig’indisini kаmаytirish bo’lib, uni ikki usul bilаn: egish burchаgini yoki ignа qаdаmini оshirish hisоbigа аmаlgа оshirish mumkin.
Egish burchаgini оshirish eguvchi klin ishchi prоfilining og’ish burchаgini оshirish yoki оrаliq zvenоlаr (richaglar, shvinglar vа h.k.) qo’llаsh hisоbigа bаjаrilishi mumkin. Lekin eguvchi klin og’ish burchаgini оshirish hisоbigа egish burchаgini kаttаlаshtirish 60-65° gаchа chegаrаlаngаn, оrаliq, zvenоlаrni qo’llаsh esа mаshinа kоnstruksiyasini murаkkаblаshtirib yubоrаdi.
Igna qadamini oshirish hisobiga qamrash burchaklari yig’indisini kamaytirish mavjud mashinalarda, ignalarni halqa hosil qilish jarayonida oralatib ishlatish hisobiga amalga oshirilishi mumkin. Bunda ignalarning yarmi ishda qatnashadi, asos va tukli halqalar bitta igna oralab egiladi, bu esa olinayotgan to’qima eni qisqarib, cho’ziluvchanligi kamayib ketishiga sabab bo’ladi.
Tukli trikotajni igna oralab to’qilgan lastik to’qimasi asosida olish hisobiga qamrash burchaklari yig’indisini kamaytirish mumkin. Taklif qilingan tukli trikotaj to’qimasini to’qishda hamma ignalar qatnashadi, faqat tukli halqani egish jarayonida ignalar bitta oralab ishlaydi, natijada trikotaj asos to’qimasining eni va cho’ziluvchanligi kamaymaydi.
O’tkazilgan tajribalar natijasida shu narsa aniqlandiki, 10 klass aylana ignadonli oborot mashinasida tukli ip sifatida chiziqli zichligi 62 teks bo’lgan paxta kalava ipidan foydalanib tukli trikotaj to’qilganda, tukli ipning maksimal egish chuqurligi ht=8,5 mm bo’lishi mumkin ekan, agarda egish chuqurligi bu miqdordan oshib ketsa ip tarangligi oshib, ip uzilib ketishi mumkin.
Egish operatsiyasida harakatlanuvchi otboy tishlaridan foydalanish usuli
Rasmdan ko’rinib turibdiki, tukli ipni olgach, otboy tishlari I, II, III, IV ignalar 1, 2, 3 bilan bir vaqtda ularga qarama-qarshi tomonga harakatlanadi. Bunda tukli ip egish operatsiyasida qatnashayotgan mashina ishchi a’zolarining soni ortmasdan turib, chuqurroq egilishi mumkin, bu esa qamrash burchaklari yig’indisini va shu bilan birga tukli ip tarangligining oshmasligiga sabab bo’ladi.

Aylana ignadonli oborot mashinalarida tukli trikotaj to’qishda, harakatlanuvchi otboy tishlaridan foydalanish, egish operatsiyasida ip tarangligining uch barobar kamayishiga olib kelishi mumkin.


Harakatlanuvchi otboy tishlaridan foydalanilganda tukli ip tarangligining kamayishi otboy tishlarining egish burchaklari miqdoriga bog’liq bo’ladi. Bu burchak miqdorining tukli ip tarangligiga ta’sirini o’rganish maqsadida otboy
o
tishlarining egish burchagi β=9; 18; 24 va 30
bo’lganida tukli ip tarangligi hisoblash yo’li bilan aniqlandi. Olingan natijalar Jadvalda keltirilgan. Har bir holatda ignalarning egish burchagi va olinayotgan halqadagi ip uzunligi doimiy qolgan.



Tukli ipni otboy tishlari bilan egish burchagi, β grad

Tukli ip otboy tishlarini qamrash burchagining yig’indisi

Tukli ipning maksimal tarangligi Тк, sN

grad

rad

9

1187

20,70

822

18

962

16,76

373

24

941

16,40

349

30

845

14,72

248

Tukli ipni ignalar bilan egish burchagi α = 48°; maksimal egish chuqurligi hk = 10,5mm; tukli ipning boshlang`ich tarangligi T0 = 12,5sN.
Olingan natijalar tahlili shuni ko’rsatadiki, aylana ignadonli oborot mashinasida tukli trikotaj to’qishda tukli halqa protyajkalari uzunligini oshirish, mashinada harakatlanuvchan otboy tishlaridan foydalanish hisobiga amalga oshirilishi mumkin.

Bu muammoni boshqa usulni qo’llab ham yechish mumkin. Bu usulda otboy tishlarining tukli ip egiladigan qismiga o’z o’qi atrofida tukli ip ta’sirida aylanadigan g’altakcha o’rnatish taklif etiladi.


Tukli trikotajni olishda tukli ip aylanuvchan g’altakchali 5 otboy tishlari I, II, III ga qo’yiladi va 1, 2, 3 ignalar bilan egiladi, egish chuqurligi ortishi bilan ipning tarangligi ham ortib boradi.


Egish operatsiyasida o’z o’qi atrofida aylanuvchi g’altakchali otboy tishlaridan foydalanish usuli


Bunday g’altakchali otboy tishlarini aylana ignadonli oborot mashinalarida tukli trikotajni to’qishda qo’llanilishi tukli ip tarangligini ancha kamaytiradi chunki tukli ipning aylanuvchan g’altakchalardagi ishqalanish kuchi miqdori juda kam.
Bunday usulning tukli trikotajni to’qishda qo’llanilishi, egish operatsiyasida ipning siqilib qolish darajasini kamaytiradi, tukli halqa protyajkalari uzunligini oshirishga imkon yaratadi.



Download 240.69 Kb.
1   2   3   4




Download 240.69 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Hаlqа hоsil qilish jаrаyonidа tukli ipning siqilish dаrаjаsini kаmаytirish yo’llаri

Download 240.69 Kb.