|
Mavzu nomi Jami
|
bet | 118/169 | Sana | 28.12.2023 | Hajmi | 35,01 Mb. | | #128746 |
Bog'liq AYOLLAR KIYIMINI TIKISH MA\'RUZATezkor savol javoblar
1.Lozim necha chokli bo’ladi;
2.Lozimni turlarni sanab bering;
3.Lozimga oxirgi ishlovni qanday berasiz;
21-MAVZU:Milliy lozimni yig’ish vа oxirgi ishlov berish
Reja:
1.Lozimni odim qirqimlarini tikish texnologiyasi;
2.Lozimni o’rta qirqimini biriktirib tikish ketma-ketligi;
3.Lozimni pastki qismiga bo’rlama tayyorlash usullari;
1.Lozimni odim qirqimlarini tikish texnologiyasi. Lozim – ayollar milliy libosining zarur elementidir. Lozimning figuraga taxminan moslashtirib bichiladigan turli xillari mavjud: uzun, kaltaroq, manjetli, jiyakli, kengroq, shim usulida bichiladigan. Lozim klassik uslubda, uzunligi to’piqqacha, manjetli, xishtaksiz, bo’ksa chizig’idan yuqorisiga paxta gazlamasidan ulanma ulangan. Model tasvirlangan va uni bichish texnologiyasi keltirilgan. Tikishni boshlashdan avval lozim bo’laklarini tekshirib olamiz. (lozim o’ng va chap bo’laklari, 2 ta manjet bo’lagi, paxta gazlamasidan bichilgan ulanma)
2.Lozimni o’rta qirqimini biriktirib tikish ketma-ketligi; Avval odim qirqimini tikib olamiz so’ngra lozim o’rta chizig’i bo’yicha biriktirib olinadi. Avval tayyorlab olingan manjetni lozim pastki qirqimiga ulanadi. Kishi sog’lig’iga zarar yetkazmaslik maqsadida, gigienik sabablarga ko’ra lozim bo’ksa chizig’iga paxta gazlamadan bichilgan ulanmani ulaymiz. Cho’ziladigan tasma o’tkaziladigan qirqimi yopiq qirqim bukma chok bilan tikiladi va tasma o’tqaziladi.
3.Lozimni pastki qismiga bo’rlama tayyorlash usullari.
Lozimni pastki qirqimiga ishlov berishda bukma chok manjet rezina usullari bilan tayorlanadi.Manjetli usulni majetning teskari tomoniga yelimli filizilen yopishtirib olamiz.Majetni o’ngini o’ngiga qo’yib birlashtiruvchi chok yordamida tikamiz tayor majetni o’ngiga og’darib belgilangan kertimga to’g’rilab birlashtiruvchi chok yordamida tikmiz agar gazlama tituluvchi bo’lsa maxsus mashinalar yordmida yormalaymiz.Lozimni pastki qismini bukma chok yordamida bukush ham mumkin ochiq qirqimli,yopiq qirqimli qilib tayyorlash mumkin.Ochiq qirrimli tayyorlashda titiluvchan gazlama bo’lsa oldin yormab olamiz kyin esa bukma chok yordamida bukamiz agar titilmaydigan gazlama bo’lsa 0.5 santimetr ichkariga bukub 1sm kenglikda bukma chok bilan tikamiz.tayor bo;lgan lozimni pastki qismiga namlik issiqlik ishlovi beramiz.
|
| |