• Texnologiya asosida faoliyat turlari Tavsiya etiladigan moslama va uskunalar Chizma
  • YO’RIQLI TEXNOLOGIK XARITA




    Download 35,01 Mb.
    bet119/169
    Sana28.12.2023
    Hajmi35,01 Mb.
    #128746
    1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   169
    Bog'liq
    AYOLLAR KIYIMINI TIKISH MA\'RUZA

    YO’RIQLI TEXNOLOGIK XARITA
    Kasb kodi va nomi : 3.53.10.08 – Tikuvchi
    O’quv amaliyoti nomi: «Ayollar kiyimini tikish»
    Mavzu №:21. Milliy lozimni yig’ish vа oxirgi ishlov berish
    Maqsad: Milliy lozimni yig’ish vа oxirgi ishlov berish ko’nikmalarni shakllantirish

    Texnologiya asosida faoliyat turlari

    Tavsiya etiladigan moslama va uskunalar

    Chizma

    Standart asosida operatsiyani bajarish tartibi

    I

    II

    III

    IV

    Lozimning odim qirqimlarini ko’klash.

    Nina, ip angishovna.



    Lozimning chap va o’ng bo’laklarining o’nggini o’ngiga qo’yib, teskarisidan qirqimlarini to’g’rilab, sirma qaviq bilan ko’klab chiqiladi.

    Lozimning odim qirqimlarini biriktirib tikish.

    Universal mashina.



    Ko’klangan qaviqdan 0,1 sm ichkaridan biriktirma chok bilan, chok haqqi 1,0  1,5 sm tikiladi.

    Lozimni odim qirqimlarini yo’rmalash, odim qirqimlarini dazmollash.

    Maxsus mashina, dazmol.



    Ko’klangan iplar so’kib tashlanadi va maxsus mashinada qirqimlar yo’rmalanadi. Lozimning teskarisidan chok yotqizib dazmollanadi.

    Lozimning o’rta chizig’ini ko’klash.

    Ip, nina, angishvona.



    Lozimning bir bo’lagi o’ngiga ag’dariladi va ikkinchi bo’lagi ichiga ya’ni o’ngini o’ngiga qo’yib choklarni bir-biriga to’g’nab olamiz va o’rta chizig’ini qirqimlarini bir-biriga tekislab vaqtinchalik to’g’ri sirma qaviq bilan ko’klab olamiz. Chok haqqi 1,0  1,5 sm.

    Lozimni o’rta chizig’ini biriktirib tikish.

    Universal mashina.




    Ko’klangan qaviqdan 0,1 sm ichkarida biriktirma chok bilan tikamiz. Chok haqi 1,0  1,5 sm.

    Lozimni o’rta chizig’ini dazmollash.

    Universal mashina, dazmol.



    Lozim ko’klangan iplardan tozalab olinib, qoliplar yordamida choklar bir tomonga yotqizib dazmollanadi.

    Lozimni o’rta chizig’ini yo’rmash.

    Dazmol.





    Maxsus mashinada o’rta chok qirqimlari yo’rmalanadi.

    Yo’rmalangan chokni dazmollash.

    Dazmol.

    Yo’rmalangan choklar qoliblar yordamida bir tomonga yotqizib dazmollanadi.

    Lozimning pastki qirqimini burmaga tayyorlash.






    Lozim ikkala bo’lagining pastki ochiq qirqimlarini 2 ta parallel burmaga tayyorlaymiz. Pastki ochiq qirqimdan 0,5 sm chok bilan birinchi va bir lapka kenglikda ikkinchi choklarni tikiladi.
    Ikkala parallel chok ipi birdaniga tortilib bir tekis burma tayyorlaymiz. Tergan burmamiz manjet og’ziga teng bo’lishi kerak.

    Lozimga manjet o’rnatish.










    Ustki manjetni o’ngini lozimning o’ngiga qo’yib, qirqimlari to’g’ri sirma qaviq bilan ko’klab olamiz. Bunda lozim odim choki, manjet chokiga to’g’ri keltirishni unutmang!

    Ustki manjetni lozimga biriktirma chok bilan tikish.

    Universal mashina.



    Ko’klangan ipdan 0,1 sm ichkarida biriktirma chok bilan tikiladi. Chok haqqi 1,0  1,5 sm. 1-chok.

    Biriktirilgan chokni dazmollash.

    Dazmol.

    Biriktirilgan choklar pastga qaratib dazmollanadi.

    Ostki manjet ni lozimga ko’klash.

    Nina, ip angishovna.

    Ostki manjet 1 sm ga teskari tomonga bukib olib, to’g’ri sirma qaviq bilan ko’klanadi.

    Ostki manjetni bostirma chok bilan tikish.

    Universal mashina.

    Ko’klangan qaviqdan 0,1 sm ichkaridan bostirma chok bilan tikiladi. Ko’klangan iplar so’kib tashlanadi. 2-chok.

    Biriktirilgan manjetni dazmollash.

    Dazmol, qolip.

    Tayyor manjet, maxsus qoliplar yordamida dazmollanadi.

    Lozimning yuqori qismiga ulanmani tikish.

    Universal mashina.







    Lozimning yuqori ochiq qirqimiga maxsus paxta gazlamasidan bichilgan bo’lak qirqimlarini lozim ochiq qirqimlariga to’g’rilab biriktirib tikiladi.

    Biriktirilgan chokni yo’rmash.

    Maxsus mashina.

    Biriktirilgan choklar maxsus mashinada yo’rmalanadi.

    Yo’rmalangan chokni dazmollash.

    Dazmol.

    Yo’rmalangan choklarni lozim pastki tomoniga qaratib teskari tomondan dazmollanadi.

    Lozimni yuqori qirqimini bukib tikish.

    Universal mashina.



    Lozimga rezina tasma taqilladigan qirqimini avval 0,5 sm, so’ng 1,5 sm kenglikda bukib, bukma chok bilan tikiladi.

    Lozimni yuqori tikilgan chokini dazmollash.

    Dazmol.

    Lozimga tasma taqilishi uchun tikilgan bukma chokni dazmollaymiz.
    Bunda tasmani o’tkazish uchn ozgina joy ochiq qoldiriladi.

    Lozimga tasma o’tkazish.

    Tasma ip, igna, angishovna.







    Kerakligicha qirqib olingan cho’ziluvchan tasmani to’g’nog’ich yordamida o’tkazamiz va qaytarma chok bilan mustahkamlaymiz.

    Lozimga oxirgi ishlov berish.

    Dazmol.

    Lozim keraksiz iplardan tozalanadi va dazmollanadi.



    Download 35,01 Mb.
    1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   169




    Download 35,01 Mb.