• Texnologiya asosida faoliyat turlari Tavsiya etiladigan moslama va uskunalar Chizma
  • YO’RIQLI TEXNOLOGIK XARITA




    Download 35,01 Mb.
    bet139/169
    Sana28.12.2023
    Hajmi35,01 Mb.
    #128746
    1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   169
    Bog'liq
    AYOLLAR KIYIMINI TIKISH MA\'RUZA

    YO’RIQLI TEXNOLOGIK XARITA
    Kasb kodi va nomi : 3.53.10.08 – Tikuvchi
    O’quv amaliyoti nomi: «Ayollar kiyimini tikish»
    Mavzu №:25. Аyollаr sport uslubidаgi kiyimni old bo‘lаk relefidа joylаshgаn cho‘ntаkni tikish
    Maqsad: Аyollаr sport uslubidаgi kiyimni old bo‘lаk relefidа joylаshgаn cho‘ntаkni tikish bo’yicha ko’nikmalarni shakllantirish

    Texnologiya asosida faoliyat turlari

    Tavsiya etiladigan moslama va uskunalar

    Chizma

    Standart asosida operatsiyani bajarish tartibi

    I

    II

    III

    IV

    1. Bichiq bo’laklari






    1-asosiy bo’lak (old bo’lak –bitta bo’lak)
    2-old bo’lak yon qismi-1ta bo’lak
    3-cho’ntak qotirmasi
    4-ko’rinma
    5-cho’ntak xalta

    2. Cho’ntak o’rnini belgilash

    Sm lenta, chizg’ich, bo’r



    Cho’ntak o’rni 2ta chiziq bilan belgilanadi.
    1-2 chiziqlar cho’ntak uzunligini belgilaydi.

    3. Cho’ntak og’ziga qotirma yopishtirish

    Dazmol, dazmolmato



    Old bo’lakni bukulgan joylari (belgilangan joy) cho’zilmasligi uchun (old va yon bo’laklarni biriktirib tikiladigan joyning davomi) va old bo’lak yon qismiga yelimli qotirma belgilangan chiziqdan 0.1 sm chiqarib yopishtiriladi.

    4. Cho’ntak xaltani cho’ntak ishlov haqqiga ulash.

    Universal, maxsus mashina



    Cho’ntak xaltani cho’ntak ishlov haqqiga, ularni o’ngi ichkariga qaratib, qirqimlarni to’g’ri keltirib cho’ntak xalta tomonidan biriktirib ulanadi. Chok haqqi 0.2-0.1 sm bahyaqator uchlari puxtalanadi.

    5 Rel’ef qirqimlari-ni biriktirib ko’klash.

    Nina, ip



    Old bo’lak bilan uning yon qismi o’ngi tomonidan ichkariga qaratib, qirqimlarni to’g’ri keltirib va belgi chiziqlarini to’g’rilab yirikligi 0.7-0.1 sm to’g’ri sirma qaviq bilan biriktirib ko’klanadi, cho’ntak og’zi ochiq qoladi. Chok kengligi (ko’klangan) 0.8-0.9 mm

    6 Rel’ef qirqimlari ni biriktirib tikish

    Universal mashina



    Biriktirib ko’klangan qaviq qatordan cho’ntak qo’yimi tomoniga 1mm o’tkazib, mashinada biriktirib tikiladi. Chok kengligi –0.1 sm baxyaqator ichlar puxtalanadi.

    7. Biriktirib ko’klangan iplarni so’kib tashlanadi.

    Qaychi, dukcha




    Qaviqqator iplarni 150-200 mm oraliqda kertib, keyin ular so’kib tashlanadi

    8. Bo’rtma chokni bir tomonga o’tkazib dazmollash

    Dazmol, dazmolmato




    Bo’rtma chokni oldin o’ngi tomonidan, burishib qolgan joylari bo’lmasligi uchun teskari tomonidan yorib dazmollanadi, keyin chok xaqqini, bort tomonidan o’tkazib dazmollanadi.

    9. Bezak baxyaqator yuritish

    Universal maxsus mashina



    Cho’ntak og’ziga bezak baxyaqator yuritiladi. Baxyaqator ipning rangi asosiy gazlamaga mos keladigan ipak ip bo’lishi shart.Agar bo’rtma chok bezak baxyaqator bo’lsa, bu holda tikish tartibi o’zgaradi, bo’rtma chok qirqimlari biriktirib ko’klanadi, cho’ntak og’zi ochiq qoldirib biriktirib tikiladi. Cho’ntak ishlov xaqqini ustki tomoni bo’rtma chok xaqqi bir vaqtda old bo’lak tomonga bukib ko’klanadi, dazmollanadi va o’ngi tomonidan bezakdan yuritiladi. Biriktirib ko’klangan qaviq iplari so’kib tashlanadi. Namlangan mato qo’yib chok teskari va o’ngi tomonidan dazmollanadi.



    10 Cho’ntak xaltani biriktirib tikish.

    Universal maxsus mashina



    Cho’ntak xalta bo’laklarini qirqimlarini to’g’rilab, biriktirib tikiladi. Chok kengligi 10 mm.

    11 Cho’ntak uchlarini puxtalash.

    Universal maxsus mashina



    Cho’ntak uchlar o’ngi tomoni puxtalanadi

    12 Cho’ntak xalta qirqimlarini yo’rmalash.

    Universal maxsus mashina



    Cho’ntak maxsus mashinada yo’rmalanadi.


    Download 35,01 Mb.
    1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   169




    Download 35,01 Mb.