• 25-MAVZU: Аyollаr sport uslubidаgi kiyimni old bo‘lаk relefidа joylаshgаn cho‘ntаkni tikish Reja
  • 1.Kiyim old bo’lagini tayyorlash
  • 2.Kiyim old bo’lagidagi cho’ntakni tayyorlash.
  • 3.Kiyim old bo‘lаk relefidа joylаshgаn cho‘ntаkni tikish
  • Mavzu nomi Jami




    Download 35,01 Mb.
    bet138/169
    Sana28.12.2023
    Hajmi35,01 Mb.
    #128746
    1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   169
    Bog'liq
    AYOLLAR KIYIMINI TIKISH MA\'RUZA

    Tezkor savol javob


    1.Ayollar sport uslubidagi relif chokdagi chontak detallarni ayting;
    2. Ayollar sport uslubidagi relif choklarni qanday chontaklar tayorlanadi;
    3. Ayollar sport uslubidagi relif chokdagi chontakdagi beriladigan chok turlari;

    25-MAVZU: Аyollаr sport uslubidаgi kiyimni old bo‘lаk relefidа joylаshgаn cho‘ntаkni tikish
    Reja:
    1.Kiyim old bo’lagini tayyorlash;
    2.Kiyim old bo’lagidagi cho’ntakni tayyorlash;
    3.Kiyim old bo‘lаk relefidа joylаshgаn cho‘ntаkni tikish

    1.Kiyim old bo’lagini tayyorlash. Cho’ntaklar uch guruhga bo’linadi: qirqma cho’ntaklar; chokdagi cho’ntaklar va qoplama cho’ntaklar.Asosiy bo’lakdan hosil qilingan cho’ntakni tikish. Bo’lak yuqori qismiga cho’ntak holatni o’ngini asosiy bo’lak o’ngiga qaratib qo’yib ag’darma chok bilan tikiladi. Burchaklarda chok haqi bahyaqatorga 0.1-0.2 sm yetkazmay kertib qo’yiladi yoki chok haqidan 0.2-0.3 sm qoldirib qirqib tashlanadi. Cho’ntak xaltani bo’lak teskarisiga qaytarib, asosiy bo’lakdan 0.1-0.2 sm kant chiqarib cho’ntak ziy ko’klanadi yoki ko’klanmay dazmollanadi.
    2.Kiyim old bo’lagidagi cho’ntakni tayyorlash. Cho’ntak ziyiga bezak bahyaqator yuritiladi. Cho’ntak xaltaning ikkinchi qismi asosiy bo’lak bilan yaxlit bichilgan bo’lakning ustiga, ziylari tikilgan bo’lakni kertimlarga yoki belgi chiziqlarga to’g’ri keltirib qo’yiladi. Cho’ntak og’zi uzunligiga teng masofada ko’ndalangiga puxta bahyaqator yuritiladi. Bo’lakning teskari tomonidan cho’ntak xaltaning uchta tomoni biriktirib tikiladi va maxsus mashinada yo’rmalanadi yoki tikish bilan bir vaqtda yo’rmalanadi. Cho’ntakning bir tomoni biriktirma chokka ulanadigan bo’lsa, cho’ntak xaltaning ikki tomoni biriktirib tikiladi, uchinchi tomoni biriktirma chok o’tayotganda qo’shib tikiladi.
    3.Kiyim old bo‘lаk relefidа joylаshgаn cho‘ntаkni tikish.Rel’ef qirqimli bichimdagi Asosiy bo’lakda joylashgan cho’ntakka tavsiv.Chok davomida joylashgan cho’ntaklarga ishlov berish. Bunday cho’ntaklar asosan shim yon choklarida, jaket va ko’ylaklarning rel’yef choklarida qo’llanadi. Shim yon chokida joylashgan cho’ntakda cho’ntak xalta ikki qismdan iborat bo’lib, dastlab yo’rmash mashinasida old va ort bo’lakka cho’ntak xaltalar biriktirib tikiladi. Keyin shim yon qirqimining yuqori qismi, cho’ntak xalta qirqimi va yon qirqimining qolgan pastki qismi biriktirib tikib-yo’rmaladi, bunda cho’ntak og’zining yuqori va pastki chegaralari mos kelishi kerak. Ko’ylak va jaket rel’yef chokida joylashgan cho’ntakda dastlab cho’ntak og’zi bo’ylab bukib bostirma bezak baxyaqator yuritiladi, so’ng bukilgan chok haqiga cho’ntak xaltaning old qismi biriktirib tikiladi, oxirida old bo’lak qismlarini biriktirish vaqtida cho’ntak xaltasi biriktirib tikib-yo’rmalanadi.


    Download 35,01 Mb.
    1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   169




    Download 35,01 Mb.