• YO’RIQLI TEXNOLOGIK XARITA Kasb kodi va nomi : 3.53.10.08 – Tikuvchi O’quv amaliyoti nomi: «Ayollar kiyimini tikish»
  • Bajariladigan ishlar mazmuni Moslamalar, asboblar va hom – ashyolar Eskizlar, chizmalar, rasmlar
  • Ayollar sport uslubidagi kiyimga qo’shimcha gazlamalarni qo’yish




    Download 35,01 Mb.
    bet134/169
    Sana28.12.2023
    Hajmi35,01 Mb.
    #128746
    1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   169
    Bog'liq
    AYOLLAR KIYIMINI TIKISH MA\'RUZA

    3.Ayollar sport uslubidagi kiyimga qo’shimcha gazlamalarni qo’yish.Kiyimlarning astari ichki qismiga qat va choklariga xalta sifatida ishlatiladi. Bu gazlamalarga qattiq appret ishlov beriladi. Shu sababli ularning sirti tekis va silliq, ishlanishga chidamli bo’ladi. Bu guruhga kalenkor-sidirg’a rangli yoki oqartirilgan gazlama kiradi. Appret miqdori katta – 8-10%. U qat yoki bo’ylamalar sifatida ishlatiladi. Cho’ntak xaltalari uchun ishlatiluvchi gazlamalar mustahkam ishlatishga chidamli sidirg’a rangli surib grinsbon, tik-lastik kabilardan tayyorlanadi. Ular ham qattiq appretlanadi. Bu guruhga yana yenglar astariga ishlatiluvchi sarja ham kiradi. Bu gazlamaning pardozlanishi- oqartirilgan gazlama sirtiga yo’l-yo’l shaklli gul bosilgan bo’ladi. Bu gazlama sarja o’rilishida ishlab chiqariladi.Tikuvchilik buyumlarining ayrim qismlarida avra va astar gazlamalari orasiga oraliq materiallar qo’yiladi. Ularning asosiy vazifasi buyumning qismlariga qattiqlik va ma’lum shakl berish va kiyilganda buyumning ko’p vaqt davomida shaklini saqlashdir. Asosiy oraliq materiallar jumlasiga zig’ir tolali bartofka, flizilin va proklamilin nomli matolarni kiritish mumkin.

    YO’RIQLI TEXNOLOGIK XARITA
    Kasb kodi va nomi : 3.53.10.08 – Tikuvchi
    O’quv amaliyoti nomi: «Ayollar kiyimini tikish»
    Mavzu №:24. Аyollаr sport uslubidаgi kiyim аndozаsini tаyyorlаsh, bichish.
    Maqsad: Аyollаr sport uslubidаgi kiyim аndozаsini tаyyorlаsh, bichish.bo’yicha ko’nikmalarni shakllantirish



    Bajariladigan ishlar mazmuni

    Moslamalar, asboblar va hom – ashyolar

    Eskizlar, chizmalar, rasmlar

    Bajarish tartibi

    I

    II

    III

    IV

    V

    1.

    Reglan yengli sport uslubidagi kiyimi old bo’lak andozasi

    Kalka qog’oz, chizg’ich, shakldor chizg’ich, o’chirg’ich, qalam



    Bo’lak qirqimlari:

    • yoqa o’miz qirqimi 0,7 sm;

    • o’rta qirqim 1,0 sm;

    • reglan yeng ulash qirqimi 1,0 sm;

    • yon qirqim 1,0 sm;

    - etak qirqimi 3,0 sm chok haqqi qoldirib chizib chiqiladi. Chizilgan chiziqlar bo’ylab andoza kesiladi, andozada 5-jadvalga asosan tanda ipi yo’nalishi 4-jadvalga asosan bo’lak raqami qo’yiladi.

    2.

    Reglan yengli sport uslubidagi kiyimi ort bo’lak andozasi

    Kalka qog’oz, chizg’ich, shakldor chizg’ich, o’chirg’ich, qalam



    Bo’lak qirqimlari:

    • yoqa o’miz qirqimi 0,7;

    • reglan yeng ulash qirqimi 1,0;

    • yon qirqim 1,0;

    - etak qirqimi -3,0 chok haqqi qoldirib chizib chiqiladi. Chizilgan chiziqlar bo’ylab andoza kesiladi, andozada 5-jadvalga asosan tanda ipi yo’nalishi va 4-jadvalga asosan bo’lak raqami qo’yiladi.

    3.

    Reglan yeng old bo’lak andozasi

    Kalka qog’oz, chizg’ich, shakldor chizg’ich, o’chirg’ich, qalam



    Bo’lak qirqimlari:

    • chok haqqi asos chizmasini chizishda hisobga olingan. Shunga ko’ra:

    • etak qirqimi-3.0:

    - qirqimlar-1.0 chok haqqi qoldirib chizib chiqiladi. Chizilgan chiziqlar bo’ylab andoza kesiladi, andozada 5-jadvalga asosan tanda ipi yo’nalishi va 4-jadvalga asosan bo’lak raqami qo’yiladi.

    4.

    Reglan yeng ort bo’lagi

    Kalka qog’oz, chizg’ich, shakldor chizg’ich, o’chirg’ich, qalam



    Bo’lak qirqimlari:

    • chok haqqi asos chizmasini chizishda hisobga olingan. Shunga ko’ra:

    • etak qirqimi-3.0:

    - qirqimlar-1.0 chok haqqi qoldirib chizib chiqiladi. Chizilgan chiziqlar bo’ylab andoza kesiladi, andozada 5-jadvalga asosan tanda ipi yo’nalishi va 4-jadvalga asosan bo’lak raqami qo’yiladi.

    5.

    Cho’ntak

    Kalka qog’oz, chizg’ich, shakldor chizg’ich, o’chirg’ich, qalam





    Bo’lak qirqimlari:
    Chekka qirqimi 0.5 chok haqqi qoldirib chizib chiqiladi. Chizilgan chiziqlar bo’ylab andoza kesiladi, andozada 5-jadvalga asosan tanda ipi yo’nalishi va 4-jadvalga asosan bo’lak raqami qo’yiladi.

    6.

    Ustki va ostki cho’ntak qopqoq

    Kalka qog’oz, chizg’ich, shakldor chizg’ich, o’chirg’ich, qalam






    Bo’lak qirqimlari:
    Chekka qirqimi 0.7 chok haqqi qoldirib chizib chiqiladi. Chizilgan chiziqlar bo’ylab andoza kesiladi, andozada 5-jadvalga asosan tanda ipi yo’nalishi va 4-jadvalga asosan bo’lak raqami qo’yiladi.

    7.

    Kapyushon

    Kalka qog’oz, chizg’ich, shakldor chizg’ich, o’chirg’ich, qalam



    Konstruktsiya chizmasida qirqimlardan 1.0 sm chok haqqi hisobga olingan Chizilgan chiziqlar bo’ylab andoza kesiladi, andozada 5-jadvalga asosan tanda ipi yo’nalishi va 4-jadvalga asosan bo’lak raqami qo’yiladi.

    8.

    Manjet

    Kalka qog’oz, chizg’ich, shakldor chizg’ich, o’chirg’ich, qalam



    Bo’lak qirqimlari:
    - Yeng etagiga ulash qirqimi 1,0;
    - Yon qirqim 0,7 chok haqqi qoldirib chizib chiqiladi. Chizilgan chiziqlar bo’ylab andoza kesiladi, andozada 5-jadvalga asosan tanda ipi yo’nalishi va 4-jadvalga asosan bo’lak raqami qo’yiladi.

    9.

    Ustki yoqa

    Kalka qog’oz, chizg’ich, shakldor chizg’ich, o’chirg’ich, qalam.



    Konstruktsiya chizmasida chok haqqi hisobga olingan. Chizilgan chiziqlar bo’ylab andoza kesiladi, andozada 5-jadvalga asosan tanda ipi yo’nalishi va 4-jadvalga asosan bo’lak raqami qo’yiladi.

    10.

    Ostki yoqa

    Kalka qog’oz, chizg’ich, shakldor chizg’ich, o’chirg’ich, qalam.



    Ustki yoqadan 0,5 sm kichik qilib chiziladi. Chizilgan chiziqlar bo’ylab andoza kesiladi, andozada 5-jadvalga asosan tanda ipi yo’nalishi va 4-jadvalga asosan bo’lak raqami qo’yiladi.

    11.

    Yon cho’ntak ko’rinmasi

    Kalka qog’oz, chizg’ich, shakldor chizg’ich, o’chirg’ich



    Old bo’lak asos chizmasida belgilangan yon cho’ntak o’rnidan o’lchab olinadi. Chizilgan chiziqlar bo’ylab andoza kesiladi, andozada 5-jadvalga asosan tanda ipi yo’nalishi va 4-jadvalga asosan bo’lak raqami qo’yiladi



    Download 35,01 Mb.
    1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   169




    Download 35,01 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ayollar sport uslubidagi kiyimga qo’shimcha gazlamalarni qo’yish

    Download 35,01 Mb.