• 1.Ayollar sport uslubidagi kiyim andozasini tayyorlash
  • 2.Amaliy ish Ayollar sport uslubidagi kiyimini bichish
  • Mavzu nomi Jami




    Download 35,01 Mb.
    bet133/169
    Sana28.12.2023
    Hajmi35,01 Mb.
    #128746
    1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   169
    Bog'liq
    AYOLLAR KIYIMINI TIKISH MA\'RUZA

    Tezkor savol javob
    1.Ayollar sport uslubidagi kiyim uchun qanday modellar tanlanadi;
    2.Ayollar sport uslubidagi yenglari qanday ishlanadi;
    3.Ayollar sport uslubidagi kiyimni shimiga fason tanlash;


    24-MAVZU: Аyollаr sport uslubidаgi kiyim аndozаsini tаyyorlаsh, bichish.
    Reja:
    1.Kirish. Ayollar sport uslubidagi kiyim andozasini tayyorlash
    2.Amaliy ish Ayollar sport uslubidagi kiyimini bichish
    3.Ayollar sport uslubidagi kiyimga qo’shimcha gazlamalarni qo’yish.
    1.Ayollar sport uslubidagi kiyim andozasini tayyorlash Ayollar sport uslubidagi kiyimi uchun asosiy astar oraliq va andozalar tayyorlanadi. Asosiy andozalar avra gazlamadan bichiladigan bo’laklar uchun ishlab chiqiladi: old bo’lak, ort bo’lak, yeng, yeng manjeti, yoqa, kapyushon, qoplama cho’ntak. Astar andozalar old, ort bo’lak, yeng, cho’ntak xalta uchun tayyorlanadi. Qotirma bo’laklar andozalari ostki yoqa, adip va cho’ntak qopqoq uchun tayyorlanadi. Sport uslubidagi kiyimi uchun tavsiya etiladigan gazlamalarning quyidagi xususiyatlariga ega bo’lish talab etiladi:

    • materiallarning shimish qobiliyatiga bog’liq xususiyatlar;

    • materiallarning havo o’tkazuvchanligi;

    • materialning suv o’tishiga qarshiligi;

    • materialning issiqlik saqlash xususiyatlari;

    • materiallarning kirishishi;

    • materiallarning ishqalanishga chidamliligi.

    2.Amaliy ish Ayollar sport uslubidagi kiyimini bichish.Sport uslubidagi kiyimi tikish uchun ishlatiluvchi gazlamalar sarja yoki polotno o’rilishida to’qiladi. Teskari tomonida suv o’tishiga qarshilik ko’rsatuvchi plyonkasi bo’ladi.Materiallarga issiqlik energiyasi ta’sir etganda ularda bir qator xususiyatlar yuz beradi: issiqni o’tkazish qobiliyati, issiqni yutish qobiliyati, issiqlik ta’sirida o’z xususiyatlarini o’zgartirish yoki saqlash qobiliyati. Bu xususiyatlar tikuvchilikda materiallarga namlab isitib ishlov berishda, tayyor buyumlarni turli xil iqlim sharoitida ishlatishda va asosan issiqni saqlaydigan kiyimlarni loyihalashda katta ahamiyatga ega. Materiallarning qalinligi qancha katta bo’lsa, issiqni saqlash xususiyati ham shuncha yaxshi bo’ladi. Shu sababli issiqni saqlaydigan kiyimlar ko’p qavatli qilib tikiladi. Agar materiallarning zichligi kam bo’lsa, havo o’tkazuvchanligi oshadi, issiqni saqlash xususiyatlari esa yomonlashadi. Materiallarning kirishishini kamaytirish uchun tolalar tarkibiga namni kam shimadigan tolalar qo’shiladi, kengaytirish, bug’lash, maxsus kirishtirish mashinalarida ishlov berish, kirishmaydigan yoki kam kirishadigan qilib maxsus pardozlash usullari qo’llaniladi.

    Download 35,01 Mb.
    1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   169




    Download 35,01 Mb.