• YO’RIQLI TEXNOLOGIK XARITA Kasb kodi va nomi : 3.53.10.08 – Tikuvchi O’quv amaliyoti nomi: «Ayollar kiyimini tikish»
  • Bajariladigan ishlar mazmuni Moslamalar, asboblar va hom – ashyolar Eskizlar, chizmalar, rasmlar
  • Kiyim yeng bo’lagiga ishlov berish




    Download 35,01 Mb.
    bet144/169
    Sana28.12.2023
    Hajmi35,01 Mb.
    #128746
    1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   169
    Bog'liq
    AYOLLAR KIYIMINI TIKISH MA\'RUZA

    3.Kiyim yeng bo’lagiga ishlov berish.Ayollar kapyushonining bo’laklarini o’ngini o’ngiga qo’yib o’rta qirqimi biriktirib tikiladi. Astar bo’laklari ham shu jarayonda tikiladi. So’ngra kapyushon tashqi qirqimiga obtachka astarning o’ngiga o’ngini qo’yib biriktirib tikiladi va choklar astar tomonga yotqizib 0.1-0.2 sm da bostirib tikiladi. Kapyushonning avra va astari o’ngini o’ngiga qo’yib 0.5-0.7 sm da ag’darma chok bilan tikiladi va o’ngiga ag’darish uchun 7-9 sm kpyushon pastki qirqimidan tikmay joy qoldiriladi. So’ngra kapyushon burchaklari chokka 0.1-0.2 sm ga yetkazmay qaychida qirqiladi, o’ngiga ag’dariladi. Kapyushon burchaklari dukcha yordamida chiqarib to’g’rilanadi va dazmollanadi. Kapyushon tashqi qirqimiga modelga muvofiq bezak baxyaqator yuritiladi.

    YO’RIQLI TEXNOLOGIK XARITA
    Kasb kodi va nomi : 3.53.10.08 – Tikuvchi
    O’quv amaliyoti nomi: «Ayollar kiyimini tikish»
    Mavzu №:26. Аyollаr sport uslubidаgi kiyimni old, ort vа yeng bo‘lаklаrigа ishlov berish
    Maqsad: Аyollаr sport uslubidаgi kiyimni old, ort vа yeng bo‘lаklаrigа ishlov berish bo’yicha ko’nikmalarni shakllantirish



    Bajariladigan ishlar mazmuni

    Moslamalar, asboblar va hom – ashyolar

    Eskizlar, chizmalar, rasmlar

    Bajarish tartibi

    I

    II

    III

    IV

    V




    I. Yengga ishlov berish

    1.1.

    Yengni o’rta qirqimini biriktirib tikish

    UM



    Yeng qirqimlarining o’ngiga ichkariga qaratib qo’yiladi va kertimlari bir-biriga to’g’rilanib, ziylari tekislanib 1 sm chok kengligida biriktirib tikiladi.

    1.2.

    Yeng chokini dazmollash

    Dazmol




    Tikilgan choklarni bir tomonga qaratib, yengning teskari tomonidan namlangan mato orqali yeng o’rtasidan yelka tomonga va o’rtasidan uchiga qarab dazmollanadi.

    1.3.

    Yeng astarining o’rta qirqimini tikish

    UM



    Yeng astari qirqimlarini o’ngini ichkariga qaratib, qo’yiladi, ziylari tekislanib 1 sm chok kengligikda biriktirib tikiladi.

    1.4.

    Yeng astari chokini dazmollash

    Dazmol






    Tikilgan choklarni bir tomonga qaratib, yengning teskari tomonidan namlangan mato orqali dazmollanadi.

    1.5.

    Yeng o’rta qirqimidan bezak baxyaqator yuritish.

    UM






    Ustki qirqimning ustidan 0.1-0.2 sm kenglikda bezak baxyaqator yuritiladi.



    1.6.

    Yengning yon qirqimini biriktirib tikish

    UM



    Yeng qirqimlarining o’ngini ichkariga qaratib qo’yiladi va qirqimlari to’g’rilanib, ziyidan 1.0 sm kenglikda biriktirib tikiladi. Biriktirib tikish vaqtida 10-15 sm joy tikilmay qoldiriladi. O’ngiga ag’darish va to’g’rilash uchun.

    1.7.

    Yengning yon chokini dazmollash

    Dazmol



    Tikilgan chokni orasini yorib teskari tomonidan namlangan mato yordamida dazmollanadi.

    1.8.

    Yeng uchiga manjetni ulash

    UM



    Avra uchining o’ng tomoniga manjetning o’ng tomon ziylari to’g’rilanib to’g’nog’ich to’g’nab olinadi. Manjet ustiga astarlikni o’ngini qo’yib astar o’rtasi va yon choklarini avra choklariga to’g’rilab to’g’nog’ich to’g’naladi. Avra, astar, manjet ziylari to’g’rilanib, tekislanib ziylaridan 1.0 sm kenglikda manjetni cho’zgan holatda tikiladi.




    II. Kapyushonga ishlov berish

    2.1.

    Kapyushon vitochkalarini tikish.

    UM






    Kapyushon vitochkalarini bo’r bilan belgilab, uchi bilan o’rtadan o’ngi ichkariga qayiriladi. Yuqoridan uchiga qaratib burchak qilib kelib uchi yo’qotib tikiladi.

    2.2.

    Kapyushon vitochkalarini dazmollash

    Dazmol



    Kapyushon vitochkalari o’rta tarafga qaratilib nam mato yordamida dazmollanadi.

    2.3.

    Kapyushon o’rta qirqimini tikish

    UM



    Kapyushon bo’laklarining o’ngini o’ngiga qo’yib ziylarini tekislab 1 sm chok haqqida biriktirib tikiladi.




    III. Kapyushon astariga ishlov berish

    3.1.

    Kapyushon astari vitochkalarini tikish

    UM






    Kapyushon vitochkalarini bo’r bilan belgilab, biriktirma chokda tikiladi.

    3.2.

    Kapyushon astari vitochkasini dazmollash

    Dazmol






    Vitochkalarni o’rta tarafga qaratib nam mato yordamida dazmollanadi.

    3.3.

    Kapyushon astari o’rta qirqimini tikish

    UM



    Kapyushon bo’laklarini o’ngini o’ngiga qo’yib 1 sm chok haqqida biriktirib tikiladi.

    3.4.

    Kapyushon astarini obtachka bilan biriktirib tikish

    UM



    Astar kapyushon tashqi qirqimiga obtachkani o’ngini o’ngiga qo’yib, ziylarini tekislab, 0.5-0.7 sm kenglikda biriktirib tikiladi. (2-chok). Tikilgan chokni astar tomon yotqizib astar ziyidan 0.1 sm kenglikda bostirib tikiladi. (3-chok)

    3.5.

    Kapyushon tashqi qirqimini tikish

    UM



    Kapyushon bilan astar kapyushonni o’ngini o’ngiga qo’yib tashqi qirqimlarini tekislab, to’g’rilab qo’yib, ziylaridan 0.5-0.7 sm kenglikda ag’darma chokda tikiladi.

    3.6.

    Kapyushon tashqi qirqimini dazmollash

    Dazmol



    Tikilgan chok burchaklarining ortiqchalari kesilib kapyushon o’ngiga ag’dariladi. Burchaklari dukcha yordamida to’g’rilanadi. Burchaklari dukcha yordamida to’g’rilanadi, ziylari tekislanib nam mato yordamida dazmollanadi.

    3.7.

    Kapyushonga bezak baxyaqator yuritish

    UM



    Kapyushon tashqi qirqimining ustidan modelga muvofiq 1 sm chok kenglikda bezak baxyaqator yuritiladi.

    3.8.

    Kapyushonni astarga mahkamlash

    UM



    Kapyushon astari asosiy gazlamaga orqa miya qismida 10 sm chokda mahkamlanadi.

    3.9.

    Kapyushon oraliq qirqimini tikish

    Qo’lda



    Kapyushonni ag’darib o’ngidan qoldirilgan oraliqni yashirin chok bilan tikiladi.



    Download 35,01 Mb.
    1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   169




    Download 35,01 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kiyim yeng bo’lagiga ishlov berish

    Download 35,01 Mb.