|
Mavzu nomi Jami
|
bet | 143/169 | Sana | 28.12.2023 | Hajmi | 35,01 Mb. | | #128746 |
Bog'liq AYOLLAR KIYIMINI TIKISH MA\'RUZATezkor savol javoblar
1..Ayollar sport uslubidagi kiyimlarning yenglari necha hil chok
tushurish mumkin;
2.Ayollar sport uslubidagi kiyimlarning yenglari qanday ishlanadi;
3. Ayollar sport uslubidagi kiyimlar yengiga qanday bezaklar ishlatiladi;
26-MAVZU: Аyollаr sport uslubidаgi kiyimni old, ort vа yeng bo‘lаklаrigа ishlov berish
Reja:
1.Kiyim old bo’lagini tayyorlash;
2.Kiyim ort bo’lagini tayyorlash;
3.Kiyim yeng bo’lagiga ishlov berish;
1.Kiyim old bo’lagini tayyorlash. Ayollar sport uslubidagi kiyimida yenglar bichimi va turli bezaklar juda xilma-xil bo’ladi. Reglan chokli o’tqazma yeng ko’p tarqalgan. Reglan yengga ishlov berish uchun yeng o’rta qirqimlari cho’zib dazmollanadi. Ayollar sport uslubidagi kiyimining yeng usti bo’lak ikkala qismining o’ngini ichkariga qaratib qo’yiladi, hamma qirqimlari tekislanadi, oldingi qirqimlarini ishlovchining qarshi tomoniga va qiyamasining orqa tomoniga qaratib qo’yiladi. Dazmol old, o’rta qirqim bo’ylab yeng uchidan yeng qiyamasi tomon yuritiladi. Oldingi qirqimdan 3-4 sm kenglikdagi qismi cho’zibroq dazmollanadi. Keyin yeng o’ngiga ag’dariladi va yana o’sha yo’l bilan tortib cho’zish operatsiyasi takrorlanadi.Ayollar yenglarining oldingi va tirsak qirqimlariga ishlov berib bo’lingan yeng uchi qirqimi bo’yicha manjetning yon chokiga kertim qo’yiladi. Ayollar sport uslubidagi kiyimida yeng uchi bukish chizig’i manjet ustida aniqlanadi. Bukish chizig’i bo’yicha to’g’ri sirma qaviqlar o’tkaziladi.
2.Kiyim ort bo’lagini tayyorlash. Ayollar sport uslubidagi kiyimida yeng bilan manjet astarining o’ng tomonlari ichkariga qaratib qo’yiladi, manjet astari pastki qirqimini yeng pastki qirqimiga to’g’rilab tekislanadi. Manjet astari yeng uchiga 6-9 mm kenglikdagi chok bilan va qaviqlar yordamida astar tomonidan ulab ko’klanadi. Ayollar sport uslubidagi kiyimi manjet astari yeng uchiga ko’klash qaviqqatoridan 1.0 mm oraliqda astar tomondan biriktirib tikiladi. Manjet astarining yeng uchiga ulama chokiga manjet bukish haqqini qayirib yirikligi 10-15 mm qaviqlar bilan manjetning pastki ziyidan bukib ko’klanadi. Yengni, uning ichiga maxsus yostiqcha qo’yib, namlangan dazmol mato bilan dazmollab yupqalashtiriladi. Yeng teskari tomonga ag’dariladi. Ichlaridagi manjetning bukish haqqi to’g’rilanadi. Yeng astari o’ng tomoni bilan manjet bukish haqqiga kiydiriladi. Qirqimlari tekislanadi. O’rta va yon choklari to’g’ri keltiriladi. Yeng astari yirikligi bilan chok kengligida manjet bukish haqqiga ulab ko’klanadi.Ayollar sport uslubidagi kiyimini tikish uchun har xil modelga qarab kapyushon modelini tanlash mumkin. Ayollar kapyushonidagi birinchi bo’lib vitochkalarining o’rnilarini belgilab tikiladi va astardagi vitochkalar tikilgandan so’ng ular nam mato yordamida dazmollanadi.
|
| |