• Chizma
  • I. Ko’ylak old bo’lagiga ishlov berish
  • Ort bo’lak o’rta qirqimini shlitsaga tikish texnologiyasi




    Download 35,01 Mb.
    bet52/169
    Sana28.12.2023
    Hajmi35,01 Mb.
    #128746
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   169
    Bog'liq
    AYOLLAR KIYIMINI TIKISH MA\'RUZA

    3.Ort bo’lak o’rta qirqimini shlitsaga tikish texnologiyasi; Ort o’rta bo’lak qirqimini shlitsa kertimigacha biriktirib tikiladi, choklar bir tomonga yotqizib dazmollanadi. Shlitsa qismiga yelimli qotirma namlangan mato yordamida dazmollanib yopishtiriladi. Shlitsa qismi qirqimlari alohida-alohida maxsus mashinada yo’rmalanadi. Orqa bo’lak relef qirqimlari, koketkasi old bo’lak relef qirqimlari koketkasi kabi tikiladi.

    YO’RIQLI TEXNOLOGIK XARITA
    Kasb kodi va nomi : 3.53.10.08 – Tikuvchi
    O’quv amaliyoti nomi: «Ayollar kiyimini tikish»
    Mavzu №:9. Аyollаr ko‘ylаgining old vа orqа bo‘lаklаrini tаyyorlаsh
    Maqsad: Аyollаr ko‘ylаgining old vа orqа bo‘lаklаrini tаyyorlаsh bo’yicha ko’nikmalarni shakllantirish

    Texnologiya asosida faoliyat turlari

    Tavsiya etiladigan moslama va uskunalar

    Chizma


    Standart asosida operatsiyani bajarish tartibi

    I

    II

    III

    IV

    I. Ko’ylak old bo’lagiga ishlov berish


    1.1. Old bo’lak relef qirqimlari-ni biriktirib tikish

    UM



    Stol ustida old, o’rta va yon qismi o’ngini o’ngiga qo’yib, qirqimlarni bir-biriga to’g’rilab, kerakli kertimlarni to’g’nog’ich bilan to’g’nab olinadi. Yon qism tomondan ko’klanadi. So’ngra universal mashinada qirqimdan 1.0 sm kenglikda biriktirib tikiladi.

    1.2. Relef choklarini dazmollash

    Dazmol



    Tikilgan relef choklardagi biriktirib ko’klangan iplar olib tashlanadi. Teskari tomondan namlangan mato orqali bir tomonga yotqizib dazmollanadi.


    1.3. Relef choklarini yo’rmalash

    MM



    Old bo’lak relef choklari dazmoldan so’ng chok haqi qirqimlari maxsus mashinada bitta qilib yo’rmalanadi.


    1.4. Old bo’lakka bezak bahyaqator yuritish

    UM



    Old bo’lak o’ng tomondan relef ustidan modelga muvofiq bezak bahyaqator yuritiladi. Relef ziyidan 0.5 sm kenglikda

    1.5. Old bo’lakka koketkani biriktirib tikish

    UM



    Relef qirqimlari tikib tayyor qilingan old bo’lakka koketka o’ngini o’ngiga qo’yib kertimlariga to’g’rilab to’g’nog’ich bilan to’g’nab qirqimlarini bir-biriga tenglashtirib ko’klanadi. So’ngra universal mashinada qirqimdan 1.0 sm kenglikda biriktirib tikiladi.

    1.6. Koketka choklarini dazmollash

    Dazmol



    Tikilgan koketka choklardagi ko’klangan iplar olib tashlanadi. So’ngra teskari tomondan namlangan mato orqali bir tomonga koketkaga qaratib dazmollanadi.

    1.7. Koketka choklarini yo’rmalash

    MM



    Dazmol qilingandan so’ng koketka chok haqi qirqimlari maxsus mashinada yo’rmalanadi.

    1.8. Koketka ustidan bezak bahyaqator yuritish






    Koketka old bo’lakka biriktirib tikib tayyor qilingandan so’ngra o’ng tomondan modelga muvofiq bezak bahyaqator yuritiladi. 0.5 sm kenglikda.

    1.9. Old bo’lak o’rta qirqimini yo’rmalash

    MM



    Old bo’lak o’rta qirqimini belgilangan kertimgacha maxsus mashinada alohida-alohida yo’rmalanadi.

    1.10. Old o’rta bo’lagini biriktirib tikish

    UM



    O’rta qirqimlari yo’rmalangan old bo’lak o’ngini o’ngiga qo’yib belgilangan kertimgacha qirqimlar bir-biriga to’g’rilanib ko’klanadi. So’ngra universal mashinada biriktirib tikiladi.

    1.11. Old bo’lak o’rta chokini dazmollash.

    Dazmol



    Old bo’lak o’rta biriktirib tikilgan chok haqilari teskari tomondan namlangan mato yordamida orasini yorib dazmollanadi. Ko’klangan iplar olib tashlanadi.

    Download 35,01 Mb.
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   169




    Download 35,01 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ort bo’lak o’rta qirqimini shlitsaga tikish texnologiyasi

    Download 35,01 Mb.