|
Operatsion tizim qurish printsiplari
|
bet | 5/49 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 0,91 Mb. | | #125486 |
Bog'liq Mavzu; Operatsion tizimlar haqida umumiy ma lumot
Reja:
1.Operatsion tizimni qurish asosiy printsiplari.
2.Modullilik printsipi.
3.Operatsion tizimni generatsiya qilish printsipi.
Operatsion tizim - bu maxsus dastur bo’lib, bu dasturning asosiy vazifasi - kompyuter
ishini boshqarish, kompyuter va foydalanuvchi o’rtasida muloqotni o’rnatish, tashqi
qurilmalar ishlash holatlarini sozlash va ular bilan muloqotni o’rnatish, har xil dasturlarni
ishga tushirish va ularning ishlash holatlarini ta‘minlash. Operatsion tizimlardan eng
taniqlilari bu Microsoft firmasining MS-DOS, Windows operatsion tizimlari, Apple
firmasining Macintosh - MacOS operatsion tizimi, Unix va Linux operatsion tizimlari.
Operatsion tizimlarning asosiy vazifalariga:
-fayl tizimini boshqarish (yozish, o’zgartish, fayllardan nusxa ko’chirish, erkin
foydalanishni nazorat qilish);
-dasturlar bajarilishini boshqarish (protsessor vaqtini taqsimlash, dasturlarni diskdan
tezkor xotiraga yuklash, yashirin xavfli ta‟sirni tutib olish va h.k.);
- xotirani boshqarish (keshlash, taqsimlash, ma’lumotlar butligi nazorati va h.k.);
-foydalanuvchi bilan muloqot (klaviaturadan, sichqonchadan buyruqlarni o’qish,
axborotni ekranga, printerga chiqarish va h.k.) kiradi.
Operatsion tizim funksiyalari.
Operatsion tizim (OT) tushunchasi qisqacha izohlanadigan bo‘lsa, bu boshqaruv
dasturidir. OS bu kompyuterning fizik va dasturiy resurslarini taqsimlash va ularni
boshqarish uchun ishlatiladigan dastur.
Kompyuter resurslari ikki xil: fizik va dasturiy resurslarga bo'linadi.
Fizik resurslarga:
- xotira;
- vinchester;
- monitor;
- tashqi qurilmalar;
- va shu kabilar kiradi.
Dasturiy resurslar bu:
- kiritish va chiqarishni boshqaruvchi dasturlar;
- kompyuter ishlashini ta’minlaydigan boshqaruvchi dasturlar;
- berilganlarni tahlil qiluvchi dasturlar;
- drayverlar;
- virtual ichki va tashqi xotirani tashkil qiluvchi va boshqaruvchi dasturlar va shu kabilardir.
Operatsion tizim quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi talab qilinadi:
1. Ishonchlilik. OS o‘zi ishlayotgan qurilmalar bilan birga ishonchli bo'lishi kerak. OS
foydalanuvchi aybi bilan vujudga kelgan xatoni aniqlash, uni tahlil qilish va tiklash holatida
bo'lishi kerak. OS foydalanuvchini o‘zi tomonidan qilingan xatodan himoyalashi, hech
bo‘lmaganda dasturiy muhitga keltiriladigan zarami minimumga olib kelishi kerak.
2. Himoya. OS bajarilayotgan masalalami o'zaro bir-biriga ta’siridan himoyalashi kerak.
3. Bashorat. OS foydalanuvchi so‘roviga bashoratchilik bilan javob berishi kerak.
Foydalanuvchi buyruqlari tizimda qabul qilingan qoidalar asosida yozilgan bo‘lsa, ularning
ketma-ketligi qanday bo‘lishidan qat'iy nazar natija bir xil bo‘lishi kerak.
4. Qulaylilik. Foydalanuvchiga OS ni taklif qilishdan maqsad resurslarni aniqlash va bu
resurslarni boshqarish masalalarini yechishdan ozod qilishdir. Tizimni inson
psixologiyasini hisobga olgan holda loyihalash kerak.
5. Samaradorlik. Resurslar taqsimotida OS foydalanuvchi uchun tizim resurslaridan
foydalanish darajasini maksimal oshirishi kerak. Tizimning o ‘zi esa iloji boricha kamroq
resurslardan foydalanishi zarur. Resurslaming OS tomonidan band qilinishi foydalanuvchi
imkoniyatlarini kamaytirishga olib keladi.
6. Moslanuvchanlik. Tizim amallari foydalanuvchiga qarab sozlanishi mumkin. Resurslar
majmuasi OS samaradorligini oshirish maqsadida ko’paytirilishi yoki kamaytirilishi
mumkin.
7. Kengaytiruvchanlik. Evolyutsiya jarayonida OS ga yangi fizik va dasturiy resurslar
qo‘shilishi mumkin.
8. Aniqlik. Foydalanuvchi tizim interfeys darajasidan pastda sodir bo'ladigan jarayondan
bexabar qolishi mumkin. Shu bilan birga foydalanuvchi tizim haqida qancha bilgisi kelsa,
shuncha bilish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
OT ni qurish asosiy printsiplari.
Chastota printsipi.
Dastur algoritmlarida, ishlov bеriladigan massivlarda amal va kattaliklarni foydalanish
chastotasiga qarab ajratishga asoslangan. Ko’p marta ishlatiladigan amal va
ma'lumotlarga tеzroq murojaat qilishni ta'minlash uchun, ularni opеrativ xotiraga
joylashtiriladi. Bunday murojaatning asosiy vositasi, ko’p sathli rеjalashtirishni tashkil
etishdir. Uzoq muddatli rеjalashtirishga tizim faoliyatining kamyob va uzun amallari
ajratilsa, qisqa muddatli rеjalashtirishga esa ko’p ishlatiladigan va qisqa amallar ajratiladi.
Tizim dasturlash bajarilishini initsializatsiya qiladi yoki uzadi, dinamik tarzda talab
qilinadigan rеsurslarni bеradi va qaytib oladi, eng birinchi navbatda bu rеsrslar – xotira va
protsеssordir.
Modullilik printsipi.
Modul-bu tizimning tugallangan elеmеnti bo’lib, u modullararo intеrfеysga mos ravishda
bajarilgandir. Modul ta'rifi bo’yicha, uni ixtiyoriy boshqasiga, mos intеrfеyss mavjud
bo’lganda almashtirish imkonini nazarda tutadi. Ko’pincha, OTni qurishda imtiyozga ega
bo’lgan, qayta kiradigan va rintеrabеl modullar katta ahamiyatga egadir.
|
| |