• Kirish
  • Mavzu: Operatsion tizimlarning jarayonni rejalashtirish algoritmlari




    Download 31,98 Kb.
    bet1/14
    Sana16.05.2024
    Hajmi31,98 Kb.
    #238757
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    Operatsion tizimlarning jarayonni rejalashtirish algoritmlari


    Mavzu: Operatsion tizimlarning jarayonni rejalashtirish algoritmlari

    Reja:

    I. Kirish
    II. Asosiy qism: Operatsion tizimlarning jarayonni rejalashtirish algoritmlari.

    2.1. Protsesslar bilan bog'liq jarayonni boshlash.


    2.2. Protsesslarni boshqarish.
    2.3. Resurslarni boshqarish.

    III. Xulosa


    IV.Foydalanilgan adabiyotlar.

    Kirish


    Yangi XXI asrda mamlakatlarning milliy iqtisodi globallashib, axbo­rotlashgan iqtisod shakliga aylanmoqda. Yaʻni milliy iqtisoddagi axborot va bilimlarning tutgan oʻrni tobora yuksalmoqda va ular strategik resursga aylangan. Dunyoda jamgʻarilgan axborot va bilimlarning 90 % soʻnggi 30 yil mobaynida yaratilgan. Axborot va bilimlar hajmining kundan-kunga ortib borishi milliy iqtisodning barcha sohalarida, jumladan, taʻlimda ham axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalaridan keng koʻlamda samarali foydalanishni talab etmoqda. Axborot, kompyuterlashtirish, hisoblash texnikasi, zamonaviy ax­borot texnologiyasi, modellash, maʻlumotlar manbayi, dasturlashtirish, shaxsiy kompyuterlar, dastur bilan taʻminlash va boshqa shu kabi ilmiy tushunchalar jamiyatni axborotlashtirishning eng muhim xususiyatlarini ifoda etadi.
    Oʻzbekistonda yuritilayotgan raqamli iqtisodiyot siyosati zamirida ham yangi texnologiyalarni rivojlantirish maqsadi koʻzda tutilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy yetish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi qaroriga muvofiq, raqamli iqtisodiyot bilan shugʻullanadigan yaxlit tizim yaratildi. “Elektron hukumat”, iqtisodiyot tarmoqlari va qishloq xoʻjaligini raqamlashtirish, IT parklarini tashkil yetish va boshqarish kabi vazifalar toʻliq Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi vakolatiga oʻtdi.
    Bugun Yangi Oʻzbekiston hayotining barcha sohalari chuqur islohotlar maydoniga aylangan. Bu jarayonda ijtimoiy sohaning asosi hisoblangan ta'lim tizimidagi oʻzgarishlar haqida toʻlqinlanib soʻzlamaslikning iloji yoʻq. Mamlakatimizda soʻnggi yillarda ta'lim tizimining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish boʻyicha amaliy ishlar hal qiluvchi bosqichga kirdi.
    Prezidentimiz ta'kidlaganidek: “Farzandlarimiz maktabdan qanchalik bilimli boʻlib chiqsa, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari shuncha tez rivojlanadi, koʻplab ijtimoiy muammolarni echish imkoni tugʻiladi. Shunday ekan, Yangi Oʻzbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi desam, oʻylaymanki, butun xalqimiz bu fikrni qoʻllab-quvvatlaydi”.
    Axborot - ijtimoiy, iqtisodiy, tabiiy fanlarning, tafakkur ilmining taraqqiyoti natijasida yuzaga kelgan bilim va maʻlumotlar, kishilarning amaliy faoliyati davomida toʻplagan tajribalari majmuyi demakdir. Inson axborot oqimi ichra yashar ekan, turli-tuman voqea, hodisalar va jarayonlarning bir-biriga aloqadorligini, oʻzaro munosabati mohiyatini tahlil etish, mushohada va mulohaza qilib koʻrish maqsadida koʻpdan koʻp dalil va raqamlarga murojaat qiladi. Axborot tufayli nazariy bilimlar amaliyot bilan birlashadi.
    Operatsion tizimlarning ishini o`rganishda asosiy tushunchalardan biri bo`lib, ustida tizim aniq amallar bajaradigan asosiy dinamik ob’ektlar sifatida olinadigan jarayonlar xisoblanadi.
    Jarayon tushunchasi.
    OT tushunchasini qarab o`tganimizda, biz Ko`pincha “dastur” va “topshiriq” so`zlarini Ko`p ishlatdik. Masalan, xisoblash tizimi bitta yoki bir nechta dasturni bajaradi, OT topshiriqni rejalashtiradi, dasturlar ma’lumotlar almashadi va xokazo. Biz bu so`zlarni umumiy xolda ishlatdik va siz xar bir aniq xolda nimani tushunayatganingizni taxminan tasavvur qilar edik. Ammo bir xil so`zlar xar xil xolatda masalan, xisoblash tizimi ishlov bermaydigan statik xolatdagi ob’ektlarni xam (masalan, diskdagi fayllar) va ijro jarayonidagi bo`lgan dinamik xolatdagi ob’ektlarni xam bildirar edi. Bu xolat OT lar umumiy xossalari to`g`risida gapirganimizda, ya’ni uning ichki qurilmalari va o`zini tutishiga e’tibor berilmagan xolatda mumkin edi. Ammo endi zamonaviy kompyuter tizimlari ishini detallashgan xolda o`rganganimizda biz amallarni(terminologiyani) aniqlashttirishimizga to`g`ri keladi.
    “Dastur” va “topshiriq” terminallari statik, faol bo`lmagan(neaktivniy) ob’ektlarni tavsiflash uchun ishlatiladi. Dastur esa, bajarilish jarayonida dinamik, faol ob’ektga aylanadi. Uning ishlashi borasida kompyuter turli komandalarga ishlov beradi va o`zgaruvchilar qiymatlarini o`zgartiradi. Dastur bajarilishi uchun, OT ma’lum son operativ xotira ajratishi, unga kiritish chiqarish qurilmalarni va fayllarni bog`lashi, ya’ni butun xisoblash tizimi resurslari xisobidan ma’lum qismini rezervlab qo`yishi kerak. Ularning soni va konfiguratsiyasi vaqt o`tishi bilan o`zgarishi mumkin. Bunday kompyuter tizimlari ichidagi faol ob’ektlarni tavsiflash uchun “dastur” va “topshiriq” terminlari o`rnmga yangi “jarayon” terminini ishlatamiz.

    Download 31,98 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 31,98 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Operatsion tizimlarning jarayonni rejalashtirish algoritmlari

    Download 31,98 Kb.